Reja: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari Qishloq xo jaligida mahsulot tannarxini hisoblash boyicha xarajat moddalari Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati


Xarajatlar Turkumlash mezonlari 1


Download 36.92 Kb.
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi36.92 Kb.
#1164390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
suxrob kichik biznes

Xarajatlar
Turkumlash mezonlari
1

Ishlab
chiqarish
jarayonidagi
ishtirokiga
ko'ra




Ishjiab
chiqarish
resyrslarining
Manbaiga
ko'ra




Ishlab
chiqarish
hajmining
o'zgarishira
nisbatan




Mahsylot
tannarxiga
olib borilishi
jihatidan




Korxonaning umumiy
xo'jalik-moliyaviy
faoliyati natijasida
yuzaga keladigan
xarajaTlar



Ishlab
chiqatish
xaraxcatlari




Ichki xarajatlari




O'zgaruvchi xarajatlari




Bevosita xarajatlar




Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar



Noishlab chiqarish xarajatlari




Tashqi xarajatlar




Doimiy xarajatlar




Bilvosita xarajatlar

bo'vicha xarajatlar
1.1-rasm. Xarajatlarning turkumlanishi
Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning o'ziga tegishli resurslar sarfi (masalan, fermer xo'jaligida asosiy vositalar eskirishi, xo'jalikning o'zida ishlab chiqarilgan yem-xashak, organik o'g'itlar, asosiy podaga o'tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) korxonaning ichki xarajatlarini, tashqi mol yetkazib beruvchilar va boshqa subyektlardan sotib olingan resurslar uchun to'lovlar korxonaning tashqi xarajatlarini tashkil qiladi.
Qisqa muddatli davrda mahsulot hajmining o'sishiga nisbatan xarajatlar doimiy va o'zgaruvchi xarajatlarga boMinadi.
Doimiy xarajatlar mahsulot hajmining o'zgarishiga bog'liq bo'lmay, korxonaning ma’lum bir vaqt oralig'ida sarflashi qat’iy belgilab qo'yilgan o'zgarmas xarajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning amortizatsiyasi, boshqaruv xodimlarining ish haqi, sug urta to'lovlari,
telefon uchun abonentlik to'lovi va ijara tolovlarini misol qilib keltirish mumkin. Doimiy xarajatlarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bilan bir birlik mahsulotga to'g'ri keluvchi o'rtacha doimiy xarajatlar kamayib boradi.
O'zgaruvchi xarajatlar miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'sishi yoki kamayishiga qarab o'zgarib turadi, ya’ni mahsulot hajmi o'zgarishiga mutanosib bo'ladi. O'zgaruvchan xarajatlar tarkibiga ishchilarning ish haqi va unga nisbatan ajratmalar, xomashyo, yonilgi-moylash materially yoqilg'i va energiya, transport xarajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. O'zgaruvchan xarajatlarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bir birlik mahsulotga to'g'ri keluvchi o'rtacha o'zgaruvchi xarajatlarning o'zgarishiga uncha ta’sirko'rsatmaydi.
Doimiy va o zgaruvchi xarajatlar yig'indisi korxonaning umumiy xarajatlarini (TS=G'S+US) tashkil qiladi. Bundan tashqari mahsulot ishlab chiqarishning (Q) bir birligiga sarflangan o^acha umumiy xarajatlar tushunchasi ham mavjud. Umumiy xarajatlar summasini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bo'lish orqali topish mumkin.
Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, moddiy resurslar va asosiy vositalar to'la bandlik darajasiga erishmagan davrda, o'rtacha doimiy xarajatlar qiymati yuqori bo'ladi va ishlab chiqarish hajmining oshib borishi bilan u kamayib borish xususiyatiga ega. O'rtacha o'zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqarish hajmi optimal chegaraga etguncha kamayib boradi, ammo undan keyin ishlab chiqarishga jalb etilgan ortiqcha resurslar samarasiz bolishi tufayli, o'rtacha o'zgaruvchi xarajatlar ortib boradi.
Keyingi har bir qo'shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlar chegaraviy xarajatlar deb yuritiladi. Uni umumiy xarajatlar summasining o'sgan qismini mahsulot hajmining o'sgan qismiga bo'lish orqali topish mumkin. Chegaraviy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan har bir qo'shimcha mahsulot birligi korxonaga qanchaga tushishini ko rsatadi. Bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan moddiy, mehnat va boshqa xarajatlar sarfi optimallashib borgan sari chegaraviy xarajatlar kamayib boradi. Ammo, korxonaning ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish imkoniyatlari to'liq bandlikka erishgach, keyingi birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari borgan sari qimmatlashib boradi.
Natijada yuzaga keladigan xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'gTisidagi Nizom”ga muvofiq quyidagicha turkumlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarx hosil qiluvchi xarajatlar:
- ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari;
-ishlab chiqarish xususiyatiga ega;

  • ishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.

2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatidan olingan foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr xarajatlari:
-mahsulotni sotish xarajatlari; -boshqaruv xarajatlari;
- boshqa operatsion xarajatlar.
3. Korxonaning umumxo'jalik faoliyatidan olingan foydasini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar:
-foizlarboyichato'lovlar;

  • mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga (lizingga) olish to'lovlari;

  • xorijiy valyuta bilan operatsiya bo'yicha salbiy kurs tafovutlari;

  • qimmatli qog'ozlarga qo'yilgan mablag larni qayta baholash;

  • moliyaviy faoliyatga oid boshqa xarajatlar.

4. Korxonaning odatdagi faoliyatiga mos kelmaydigan, bir necha
yillar davomida takrorlanib turmaydigan va kichik tadbirkorlik korxonasi
boshlig ining (mulk egasining) qabul qilgan boshqaruv qarorlariga bog'liq
bo'lmagan holda vujudga keladigan voqea va hodisalar (suv toshqini,
yong'in, jala, do'l kabi tabiiy ofatlar va mamlakat qonunchiligida
o'zgarish) natijasida ko'rilgan favqulodda zararlar.

Download 36.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling