Reja: Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar. Xalqaro Krishnani anglash jamiyati


Download 27.83 Kb.
bet6/7
Sana12.10.2023
Hajmi27.83 Kb.
#1700698
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yangi diniy

Shohidiylar” jamoasiga 1990-yillarning boshida diniy ma'lumotga ega bo‘lmagan andijonlik Karimov Xabib (1944 y.t.) asos solgan. Jamoa tarafdorlari 52 nafarni tashkil qilib, Andijon shahri va Andijon tumanidagi fuqarolar yig‘inlarida faol harakat qilganlar. Oqim tarafdorlari navbati bilan davriy ravishda (15 kunda bir) o‘z xonadonlarida yig‘ilishlar tashkil qilib, oqimning “Qur'ondan ma'ruf” nomli kitobi asosida diniy darslar o‘tkazganlar. Ushbu jamoa diniy qarashlarida islom ta'limotiga zid quyidagi tamoyillar mavjud:
- Qur'on tafsirlari va hadislar inkor qilinadi;
namoz besh mahal emas, istalgan vaqtda ikki rakat o‘qiladi, go‘yoki soliq amallar namoz hisobiga o‘tadi deb hisoblanadi;
- Makka shahridagi “Masjidul Harom”dan boshqa masjidlar tan olinmaydi, imom-xatiblar go‘yoki sof islomdan qaytgan hisoblanib, jamoa a'zolariga namoz uchun masjidga borish man etilgan, juma namozi faqat Makka ahliga farz etilgan deb da'vo qilinadi;
- islomiy marosimlar o‘tkazilmaydi. Jumladan, 2001 yilning sentyabrida X.Karimov onasi vafot etganda mayyitni kechasi yashirincha, “janoza” o‘qimay ko‘mib kelgan;
- jamoa a'zolariga to‘y va boshqa dunyoviy marosimlarni o‘tkazish yoki ishtirok etish ta'qiqlangan;
- quda-andachilik munosabatlari faqat oqim a'zolari o‘rtasida o‘rnatiladi;
- spirtli ichimliklarni ma'lum bir me'yorda (mast holatga keltirmaydigan) iste'mol qilish harom sanalmaydi.
“Shohidiylar” jamoaga yangi a'zolarni asosan o‘zlarining yaqin qarindoshlari ichidan jalb qiladilar. Quda bo‘lish ham odatda faqat jamoa doirasida amalga oshiriladi. Yangi a'zolarga oq matoga o‘ng qo‘lini qo‘ygan holda qasamyod qilishi va 70 kun ro‘za tutishi yoki kuniga 800-1000 so‘m (jami 56-70 ming so‘m) miqdorida a'zolik badali to‘lashi buyuriladi.
Jamoa a'zolariga diniy tushunchalar “Qur'ondan ma'ruf” nomli kitob asosida beriladi. Ushbu kitob 1960-yillarda Toshkent shahri va viloyatida vujudga kelib, hozir faoliyati kuzatilmayotgan, hadislarning muqaddasligini va mazhablarga ergashishni rad etgan “Ahli Qur'on” norasmiy diniy jamoasi a'zolari tomonidan tayyorlangan.
Ma'lumki, islomda harom qilingan amal yoki narsani halol hisoblash e'tiqodiy shirk hisoblanadi. “Ma'rifatchilar” va “Shohidiylar” jamoasiga a'zo bo‘lgan shaxslar shariat hukmiga ko‘ra dindan chiqqan hisoblanadi.
“Shohidiylar” hozirda Andijon shahri va Andijon tumani hududida istiqomat qiladilar.

Download 27.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling