Reja: Islom dinining paydo bo`lgan ijtimoiy-tarixiy va g`oyaviy muhit


Download 90 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi90 Kb.
#1347304
  1   2
Bog'liq
Islom dini va tarixi


Islom dini va tarixi

Reja:
1. Islom dinining paydo bo`lgan ijtimoiy-tarixiy va g`oyaviy muhit.


2. Muhammad Ibn Abdulloh-islom dini da`vatchisi va davlat arbobi.
3. Islom dinining paydo bulishi va tarqalishi.

Islom-dunyoda nisbatan keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Osiyo qit`asidagi Arabiston yarimoroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg`oniston, Pokiston, Afrika qit`asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi, Somali sin-gari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, /arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma`lum bir qismi. Yevropa qit`asida esa Bolqon yarimorolida yashovchi xalqlarning bir bO`lagi islomga e`tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, VolgabO`yi, /arbiy Sibir va boshqa ayrim hududlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjuddir. Bu xalqlarning turmush tarziga O`z ta`sirini kO`rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga e`tiqod qiluvchilar, ya`ni musulmonlar bir milliard 200 mln.dan oshdi.z


Yevropa, Amerika va Rossiyada islom, uning tarixi va manbalarini O`rganish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan. Lekin islom tarixi, ta`limoti, muqaddas yozuvlarini tahlil, tadqiq qilish Rossiyada ayniqsa O`zbekiston, Qozog`iston, Tojikiston, Shimoliy Kavkazda keng kO`lamda ancha oldin amalga oshirilgan. Bu ish endi yanada kengroq miqyoslarda olib borilmoqda.
Yevropalik olimlar islomshunoslik fanini yaratish, islom tarixi va manbalarini O`rganish yO`lida kO`p xizmat qilganlar. Jumladan, M.Myuller, E.Taylor, K.Tile, Sh. dela Sosse, J.Freyzer va boshqalar. Ularning xulosalarida ayrim cheklanishlar bO`lishiga qaramay, ular bu fanning rivojlanishiga muhim hissa qO`shganlar.
Rus sharqshunosligida ham islom tarixi, diniy manbalarni tadqiq qilish sohasida barakali ishlar olib borilgan V.R.Rozen asos solgan mashhur “Rus akademik sharqshunosligi” ning vakillari N.A.Mednikov, L.E.Shmidt, A.YE.Krimskiy, V.V.Bartold, I.Y.Krach-kovskiy, YE.E.Bertels, A.A.Semenov va boshqalar islomshunoslik sohasida qimmatli asarlar yaratganlar. Bu asarlar hozir ham islomshunos olimlar uchun boy manba bO`lib xizmat qilmoqda.
Islomning paydo bO`lishi va uning ta`limotini ilmiy nuqtai nazardan O`rganish masalasi O`tgan asrning 30-yillariga kelib jid-diy ravishda O`rtaga qO`yildi. Bu sharqshunoslik va umuman tarix fanining tiklanish davri edi. Asrlar davomida tarix fani va sharqshunoslik erishgan yutuqlar va yuzaga keltirgan xulosalarni ilmiy nuqtai nazaridan qayta kO`rib chiqish va baholashdek juda mas`uliyatli va murakkab muammo hali ham tO`la yechilgani yO`q. Bunday sharoitda har bir muhim ilmiy masala bO`yicha xilma-xil fikrlarning mavjud bO`lishi tabiiy edi. Islomning paydo bO`lishi va ta`limoti yuzasidan ham juda kO`p fikr va mulohazalar O`rtaga tashlangan hamda muhokama qilinib, muayyan yechimini topgan. Mazkur darslikda ana shu fikr-mulohazalarning obyektiv, nisbatanasosli, aksariyat islomshunoslar tan olgan nuqtai nazarlaridan foydala-nilgan. I.Karimov asarlarida bu din haqida olg`a surilgan fikr-mulohaza va dasturlar asos qilib olingan.

1.Islom dinining paydo bO`lgan ijtimoiy-tarixiy va g`oyaviy muhit.


Islomning vujudga kelishini tahlil etish O`sha tarixiy davr-VI-VII asrlarga xos xususiyatlar, arab qabilalari O`rtasida hukmron bO`lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va ularning diniy-g`oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi.
Arabiston yarimoroli iqlim sharoiti noqulay qumli sahrolar va tog`lardan iborat bO`lib, kO`chmanchi aholisi badavlat V-VII asrlarda chorvachilik bilan shug`ullanar edi.
Yarimorolning nisbatan yaxshi iqlim sharoitiga ega bO`lgan qismida joylashgan Yaman nomli kichik bir viloyat, qadimdan rivojlangan qishloq xO`jalik va madaniyat markazlaridan biri bO`lgan. U yerda quldorlik tuzumi taraqqiy etgan, sO`nggi quldorlik davlati bO`lgan Xim`yariylar podsholigi eramizning II asrida tashkil topgan va VI asr boshlarida tanazzulga yuz tutgan. Lekin yarimorolning boshqa hududlari-suvsiz sahrolardan iborat bO`lganligi sababli O`troq dehqonchilik faqat va ayrim joylarda sahrolar O`rtasidagi onda-sonda uchraydigan kichik vohalardagina birmuncha taraqqiy etgan edi. Bu yerlarda dehqonchilik ham noqulay iqlim sharoiti tufayli har tomonlama cheklangan edi, asosan xurmo va arpa yetishtirilardi.
Yarimorolning cheksiz sahrolarida yashovchi, chorvachilik bilan shug`ullanuvchi arab qabilalari-badaviylar bundan ham og`ir sharo-itda yashar edilar. Ular ijtimoiy taraqqiyot jihatidan ancha orqada qolgan, taraqqiyotning urug`-qabilachilik bosqichida edilar. VI asr oxiri-VII asr boshlarida, ya`ni islom vujudga kelishi arafasida turli arab qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi.
Qadimiy taraqqiyot markazi bO`lgan Yamanda rivojlangan quldorlik tuzumi hukmron bO`lib, yarim orolning shimoliy qismida joylashgan va Vizantiya hamda Eron kabi qadimiy imperiyalar ta`siri ostida bO`lgan hududlarda savdo munosabatlari endigina rivojlana boshlagan, sahrolarda kO`chmanchi chorvachilik bilan shug`ul-langan arab qabilalari O`rtasida patriarxal, urug`-qabilachilik tartibi hukmron edi. Bu tartibning yemirilishi va sinfiy munosabatlarning tarkib topishi davri endigina boshlangan edi.
Og`ir iqlim sharoiti va ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif rivojlanganligi sababli Arabiston yarimorolida yashagan kO`pchilik qabilalar taraqqiyot jihatidan Misr, Vizantiya, Eron, Mesopotomiya kabi qadimiy madaniyat markazlari aholisiga nisbatan ancha orqada qolib ketgan edi. Yarimorolning g`arbiy qismida Qizil dengiz qirg`oqlari bO`ylab chO`zilgan va Hijoz deb nom olgan hudud bu davrda iqtisodiy jihatdan birmuncha rivojlangandi. Buning sababi suvli vohalarda dehqonchilik bilan shug`ullanish imkoniyati mavjud bO`lganligidan va janubdan shimolga tomon qadimiy karvon yO`li O`tganligida edi. Tarixiy manbalarga kO`ra, VI asr O`rtalarida bu yO`l janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston bilan, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eron bilan bog`langan. O`z davri uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega bO`lgan Hijozdagi ayrim aholi manzillari, shaharlar, xususan yO`l ustida joylashgan Yasrib (Toif) shahri, VI asrda ancha kengaygan va gavjum savdo markazlariga aylangan edi.
Makka savdo markazi sifatida katta ahamiyatga ega bO`lib, atrofdagi qabilalarga boshqalarga nisbatan kuchliroq ta`sir kO`rsatar edi. Makkada Ukaz nomli katta bozor joylashgan edi. Arab qabilalari O`rtasida Makkaning diniy markaz sifatida roli ham ancha oshgan edi. Makkada Ka`batilloh ibodatxonasi turli arab qabilalarining 360 xudosining sanam, ya`ni butchalari mavjud bO`lgani tufayli bu shahar O`z atrofida yashovchi kO`p qabilalar uchun e`tiqod markazi - ziyoratgohga aylangan edi. Arablarda ham tijorat, ham ziyorat deb bejiz aytmaganlar.
V-VII asrlarda Makkada arablarning quraysh qabilasi hukmron bO`lib, bularning yuqori tabaqalari savdo-sotiq avj olishi natijasida ancha boyib ketgan; pul muomalasi, sudxO`rlik rivojlangan, shuningdek, qul savdosi va qullarning mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan.
Sharqshunos olimlarning tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, qadimiy Yamanni istisno qilganda, Arabiston yarimorolida yashovchi qabilalar uchun V-VI asrlarni iqtisodiy urug`-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan va quldorlik munosabatlari vujudga kela boshlagan davr, deb tavsiflash mumkin va lozim. O`sha davrda kuchli imperiyalar bO`lgan Vizantiya va Eron O`rtasida Yamanni qO`lga kiritish va karvon yO`llarida O`z hukmronligini O`rnatish uchun kurash davom etgan.
Yaman sosoniylar hukmronligiga O`tgan davrlarda (572-628 yillar) Eron kO`rfazi orqali Hindistonga boradigan yO`l tez rivojlana boshlagan va shu munosabat bilan Hijoz orqali O`tgan karvon yO`li inqirozga uchragan. Bu hol faqat Hijoz shaharlarigagina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta`sir kO`rsatgan va Arabistonda ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning boshlanishiga sabab bO`lgan.
Savdodan keladigan daromad kamayib ketishi natijasida quraysh zodagonlari O`rtasida sudxO`rlik avjga chiqqan; qullar, kambag`allarni ezish kuchaygan Makka va Hijozning boshqa shaharlarida mazlumlar bilan zolimlar orasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashgan. Bir tomondan, qul egalari bilan qullar O`rtasida, ikkinchi tomondan, qabila zodoganlari bilan oddiy mehnatkashlar O`rtasida sinfiy qarama-qarshiliklar kuchaygan. Qabilalarning yuqori tabaqalari, ayniqsa, Makka zodagonlari qO`shni mamlakatlarni bosib olib katta boylik, O`ljani qO`lga kiritish va shu orqali hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiy inqirozdan qutilish haqida tez-tez O`ylay boshlaganlar.
Ammo tarqoqlik va kelishmovchiliklarga barham berish, barcha arab qabilalarini, ularning iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona davlatga birlashtirish zarur edi.
Arab xalqi hayotni VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqelar arab qabilalarining ijtimoiy hayot taqozasi bilan vujudga kelgan markazlashishga intilishga undagan. Islom ayni shu intilishni O`zida aks ettirgan g`oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan arab davlatining vujudga kelishi, qO`shni malakatlarning bosib olinishi, arab xalifaligining kengayishi jarayonida kuchli g`oyaviy qurol sifatida xizmat qilgan.
Markaziy va Sharqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari O`rtasida ibtidoiy tuzumga xos bO`lgan politeistik ma`jusiylik diniy tasavvurlari hukmron edi.
V-VI asrlarda bu qabilalarning diniy e`tiqodlari totemizm, fetishizm va animizm kabi diniy tasavvurlarning qorishig`idan iborat edi. KO`p qabilalar alohida toshlarga e`tiqod qilar, insonga yordam beradigan ezgu ruhlar, yovuz jinlar va ayyor shaytonlar tO`g`risidagi tasavvurlar keng tarqalgan edi.
Har bir qabila O`z xudosining sanamiga sig`inar, topinar edi. Bu hol dinshunoslikda kO`p xudolilikning arablarga xos kO`rinishi, deb tavsiflangan. Qur`onda bunday e`tiqod shirk deb nom olgan. Bundan tashqari arab qabilalari O`rtasida Quyosh va Oyga topinish ham mavjud edi.
V-VI asrlarda arab qabilalari urug`-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar tanazzulga yuz tutgan edi. Qabilalar O`rtasida markazlashishga bO`lgan intilishning g`oyaviy in`ikosi sifatida yakka xudolikka xos diniy aqidalarning kurtaklari shakllana boshlagan. Yakka xudolilik tO`g`risidagi bunday diniy ta`limot islomdagina emas, balki u paydo bO`lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim joylarida targ`ib qilina boshlagan edi. Islom esa ana shu targ`ibotlarning galdagi shakllanishi va tarkib topishining natijasi sifatida vujudga kelgan.
Islomdan ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik tO`g`risida targ`ibot yuritgan, O`zini payg`ambar deb e`lon qilgan shaxslar tarixiy manbalarda “xaniflar”, ya`ni xaq-haqiqat izlovchilar nomi bilan ma`lumdir. Islomning paydo bO`lishi arab qabilalari O`rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan bosqichi bilan bog`liq bO`lgan.
Hijozda “xaniflar” deb atalgan yagona xudoga e`tiqodning bir necha tarafdorlari Muhammad payg`ambargacha ham bO`lgan va ular xristian yoki yahudiy bO`lmaganlari holda yakka xudoga va oxirat kuniga ishonganlar. Ulardan Musaylima, Sajjoh, Tulayx, Asvod kabilarning nomlari rivoyatlarda saqlanib qolgan.
Muhammad payg`ambar hijriy 11-yilning rabi-al-avval (632 yil iyun) oyida Madinada 63 yoshida vafot etgan. Bu davrda anchagina mustahkam musulmon davlati vujudga kelgan; u Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizildengiz sohillaridan markaziy qum sahrolari-Sahroi Kabirgacha chO`zilgan katta hududni O`z ichiga olgan edi. Muhammad vafotidan keyin uning O`rinbosarlari-xalifalar davlatni boshqara boshlaganlar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati O`zining bundan keyingi tarixida “Arab xalifaligi” deb nom olgan. Muhammad vafot etgan birinchi kunlardanoq musulmonlar jamoasining yO`lboshchilari O`rtasida hokimiyat uchun kurash va O`zaro ixtiloflar boshlangan. Bu kurashda muhojirlar guruhi g`olib chiqqan va Muhammadning ilk safdoshlaridan biri Abu Bakr xalifa deb e`lon qilingan.
Abu Bakr hukmronligining (632-634 yillar) dastlabki yilla-ridanoq bir qator arab qabilalari O`rtasida Madina hukmronligiga qarshi O`z mustaqilligi uchun harakat boshlangan. Bundan tashqari ayrim joylarda O`zini payg`ambar deb e`lon qilgan mahalliy targ`ibotchilar rahbarligi ostida islomga qarshi diniy-g`oyaviy mustaqillik uchun kurash boshlangan. Vizantiyaning kuchsiz qO`shinlari jiddiy qarshilik kO`rsatishga ojizlik qilganlar. Xalifa Umar zamonida istilolar yanada kchaygan; 634 yili Basra, 640 yili Quddusi Sharif olingan va Falastin, Suriya yerlari tO`la ravishda xalifalik qO`liga O`tgan. Shu vaqtning O`zida Mesopotamiya va Eronga ham yurishlar boshlangan. 637 yili arab qO`shinlari sosoniylar poytaxti Ktesifonga bostirib kirganlar, 644-645 yillarda Hindiston chegaralariga yaqinlashganlar. 639 yilda Misrga qarshi hujum boshlangan, shimoliy va shimoli-sharqiy tomonga yurish boshlagan arab qO`shinlari 640 yilda Armanistonni bosib olganlar, 647 yilgacha arablar Shimoliy Afrika qirg`oqlarini Tunisgacha bosib olganlar.
Ulardan keyingi xalifalar-Usmon (644-656) va Ali (656-661) zamonlarida ham istilolar davom etgan. Kavkaz va Markaziy Osiyo tomoniga harbiy yurishlar kuchaygan. Qisqa vaqt ichida Gruziya, Ozarbayjon, Eronning shimoliy qismi, Xuroson, Marv yerlari arablar qO`l ostiga O`tgan va xalifalik qO`shinlari Amudaryo sohilla-riga chiqqan. Shunday qilib, 30 yildan ozroq muddat ichida arab xalifaligi yuqorida eslatilgan yurtlarni, O`sha zamondagi eng katta imperiya bO`lgan Vizantiyaga qarashli katta territoriyani ham bosib olgan, sosoniylar imperiyasini tamomila yiqitgan.
Natijada Amudaryo sohillaridan Shimoliy Afrikagacha, Tbilisi va Darbanddan Yaman hamda Ummongacha chO`zilgan yangi imperiya vujudga kelgan. Arab qO`shinlari badaviylar va boshqa har xil qabilalardan yollab olib tuzilgan bO`lib, O`z zamonining harbiy san`at va texnika darajasidan ham ancha orqada edi. Osonlik bilan erishilgan g`alabalarning asosiy sababi ularga jiddiy qarshilik kO`rsatadigan kuchning yO`qligida, borlarining ham tarqoqligida edi. Qadimiy imperiyalar-Vizantiya va Eron O`zaro urushlar tufayli holdan toygan, ularning qudrati sO`nib, chiriy boshlagan edi. Shimoliy Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkazda ham yirik davlatlar yO`q edi; mayda feodal davlatlar O`zaro urushlar natijasida kuchsizlangan va tarqoq holda edi. Shuning uchun ham arab qO`shinlari nisbatan qisqa davr ichida ana shunday katta hududlarni bosib olishga muvaffaq bO`lgan edilar.
2.Muhammad Ibn Abdulloh-islom dini da`vatchi va davlat arbobi.
Islomda payg`ambar sifatida e`tirof etilgan, quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan bO`lgan Muhammad ibn Abdullo islom da`vatida tarqalishida va ta`limotini shakllanti-rishda yetakchi rol O`ynagan.
Payg`ambar forscha sO`z bO`lib, xabarchi, darakchi demakdir. Arabcha nabiy deyiladi. Rasul sO`zi arabcha bO`lib, ma`nosi elchidir. Binobarin, payg`ambarlar ilohiy ta`limot va din aqidalarini O`z ummatlariga yetkazuvchi xabarchidir, Ollohning elchisidir.
Payg`ambarlarning adadi Qur`on, Hadis va boshqa manbalarda qat`iy belgilanmagan. Ba`zi manbalarda ularning soni 124 ming deyiladi. Qur`oni Karimda 25 nafar payg`ambarning nomi tilga olingan. Ular Odam, Idris, Nuh, Xut, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zi-l-Kifl, Yunus, Muso, Xorun, Shuayb, Ilyos, al-Yasa`, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammaddir. Islom ta`limotiga kO`ra barcha payg`ambarlarga barobar iymon keltiriladi.
Tarixiy manbalardagi va Qur`on oyatlaridagi ayrim ishoralarga kO`ra, Muhammad payg`ambar 570(71 yilda Makkada tug`ilgan, yoshligida yetim qolgan, avval bobosi qO`lida, u vafot etgach, amakisi qO`lida tarbiyalangan, balog`atga yetgach, savdogarlar qO`lida xizmat qilgan. 25 yoshida beva boy xotin Xadichaga uylangan va uning mablag`lari bilan mustaqil savdogarlik qila boshlagan. Savdo karvonlari bilan Suriya, Falastin va Mesopotamiyaning ayrim shaharlarida bO`lgan; u yerlardagi diniy e`tiqodlar bilan tanishgan, ruhoniylar bilan suhbat qilgan. U taxminan 39-40 yoshlarga kirganda Makkada yakka xudo - Ollohga e`tiqod qilish tO`g`risidagi targ`ibotni boshlagan.
Diniy nazariyada islom Olloh yuborgan sO`nggi mujassam din ekanligi, Qur`on Ollohning mO`jiza kalomi bO`lib, Muhammad payg`ambarga vahiy tarzida tushgan, tilovati ibodat hisoblanuvchi kitob deb talqin qilingan. Ilk vahiy-diniy ta`limotga kO`ra ramazon oyining yigirma yettinchi kuniga O`tar kechasi, milodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga O`tar kechasi boshlangan va 23 yil davom etgan. Vahiy tusha boshlagan tun “Laylatul qadr” deb atala boshlagan. Bu hodisa Qur`onning 97- “al-Qadr” surasida ifodalangan. Muhammad payg`ambar targ`iboti boshlangan dastlabki yillarda juda oz kishi uning izidan borgan. Shu bilan birga qurayshiylarning ummaviylar xonadoniga mansub bO`lgan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida turgan zodagonlar O`sha davrdayoq uning targ`ibotiga qarshilik kO`rsata boshlaganlar. Badaviylar ham uni avval boshqa qO`llab-quvvatlamaganlar. Makkada ahvoli jiddiylash-gach, Muhammad Makka hukmdorlari bilan raqobatlashib kelgan qabilalarning vakillari bilan muzokaralar olib borgan va 622 yili ularning yordamida Madinaga hijrat qilgan, keyin butunlay kO`chib ketgan.
Musulmonlarning hijriy yili hisobi shu kO`chish arabcha “hijra” dan boshlangan. Makkadan kO`chib borganlar islom tarixida “muhojir” (kO`chib kelgan) lar, madinalik qabilalardan islomni qabul qilganlar esa “ansor” (yordamchi) lar deb nom olganlar. Oradan 2 yil O`tgach xat qilishga uning O`zi ham Makkaga kelgan. Bu haqda “Muhammadning nutqi” degan ma`lumot saqlangan.
Makka zodagonlari manfaatiga zid targ`ibot olib borgan Muhammadni ta`qib etish kuchaygan. Ayniqsa, O`zi ma`jusiy bO`lsa-da, unga homiylik qilgan amakisi Abu Tolibning vafotidan keyin Muhammad payg`ambarning hayoti xavf ostida qolgan. U O`ziga sodiq barcha kishilar bilan Hijozning shimolida joylashgan, uning davrida “Madina”, ya`ni shahar deb qayta nomlangan Yasrib shahriga kO`chib ketishga majbur bO`lgan. Qur`on oyatlarining mazmuniga qaraganda, bu kO`chish ancha vaqt davom etgan. Muhammad orqasidan odamlar birmuncha vaqt davomida guruh-guruh bO`lib kelib turganlar. Makkadan kO`chib kelganlarning kO`pchiligi-muhojirlar deb tavsif-langan kambag`allar va nochor kishilar edi. Shuning uchun ham dastlabki davrlarda ansorlar ularga yordam kO`rsatganlar.
Madina shahrida Muhammad targ`ibotini qO`llab-quvvatlagan va unga ergashgan muhojir va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (umma) vujudga kelgan. Bu jamoaga Madina arablarining a`zo bO`lib kirishi hijriydan keyingi yillarda davom etgan. Muhammad katta kuchga aylangan jamoaga rahbarlik qilar ekan, O`z tarafdorlariga rasul-Ollohning elchisi, odamlarga ilohiy yO`l-yO`riq va qonunlarni yetkazuvchi payg`ambar bO`lib tanila boshlagan.
Muhammad boshchiligidagi Madina shahri arablari makkalik-larni ham islomga bO`ysundirishni, bu ikki shahar O`rtasidagi kelishmovchilikka chek qO`yishni asosiy maqsadlaridan biri qilib qO`ygan edilar. Shu munosabat bilan 624 yilda Badr quduqlari oldida, 625 yilda Uxud tog`i etagida janglar bO`lgan.
626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida Madina jamoasiga qarshi yirik safarga otlanishgan. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorlagan, shahar atrofiga chuqur handaqlar qazilgan va u yerlarga kamonchi O`qchilar joylashtirilgan. Ammo Madinani qamal qilish uzoqqa bormagan, chunki bosqinchilarning kO`pgina otlari handaqlarga tushib ketgan, qishning sovug`i, izg`irin shamoliga qamalchilar bardosh berolmadilar, aksincha, ularning O`zlari O`rtasida nizolar chiqa boshlagan. Madina qamalining bekor qilinishi, Madina jamoasini yanada jipslash-tirgan, unga yangidan-yangi badavlat qabilalar kelib qO`shilgan. Natijada musulmonlar jamoasi tez kengayib va kuchayib borgan, u yerda qabilalar birin-ketin islom dinini qabul qila boshlaganlar. Madinadagi musulmonlar jamoasi qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylana borgan.Muhojir va ansorlar orasidan bir guruhi Muhammad payg`ambarga yaqin turar, uning maslahatchilari hisoblanar edi. Bular islom tarixida “sahobalar” yoki “as`hoblar” deb nom olgan.
628 yili musulmonlar jamoasi uchun ayniqsa muhim bO`lgan bir voqea yuz bergan. Muhammad hali ham Ka`bani muqaddas deb e`tirof etishini namoyish qilish maqsadida bir guruh musulmonlar bilan birga, barcha qabilalar hajga boradigan mavsumda Makkaga jO`nagan. Ammo uning kelishidan shubhaga tushgan ummaviylar Makkadan ancha narida-Xudaybiya vodiysida uni tO`xtatganlar. Muzokaralar boshla-nib, O`rtada shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan madinaliklarga kelasi yildan boshlab hajga kelishga ijozat berilgan. Shartnoma tuzilgan vaqtda Muhamad va uning hamrohlari orqaga qaytib ketishni, makkaliklar esa, O`z navbatida, kelasi yildan boshlab madinaliklarnin hajga kelishi uchun sharoit yaratib berishni O`z zimmalariga olganlar. Shunday qilib, “Xudaybiya sulhi” deb nom olgan bu hujjatda Makka zodagonlari Madina musulmonlar jamoa-sini mustaqil davlat sifatida birinchi marta e`tirof etishga majbur bO`lganlar.
Bundan keyingi davr mobaynida Madina davlati yanada kuchaygan, atrofdagi arab qabilalariga qarshi yurishlar qilinib, ularning kO`pchiligi bO`ysundirilgan. Bu davlatning mavqei Makkaga nisbatan jiddiy ravishda kuchaya borgan. Natijada Makka zodagonlari Muhammad payg`ambar bilan kelishish yO`llarini izlay boshlaganlar.
629 yil oxirlarida makkaliklar rahbari Abu Sufyon maxfiy ravishda Madinaga kelgan va Muhammad payg`ambar bilan muzokara olib borib, agar u Makkaning diniy markaz bO`lib qolishiga rozi bO`lsa, shaharni musulmonlarga jangsiz topshirishga rozi ekanligini bildirgan. Muhammad payg`ambar bunga rozi bO`lgan va O`rtada hufyona shartnoma tuzilgan.
630 yil bahorida Madina qO`shinlari Makkaga yaqinlashganlar va hech qanday qarshiliksiz shaharga kirib borganlar. Zodagonlar Muhammad payg`ambarni peshvoz chiqib kutib olganlar. Shu vaqtdan boshlab u bilan Makka hukmronlari O`rtasidagi raqobat va qarama-qarshiliklar tugagan. Ular Muhammad payg`ambarning yaqin yordamchi-lariga aylanib, musulmonlar davlatida yuksak lavozimlarni egallay boshlaganlar.



Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling