Reja: Islom dinining paydo bo‘lishi va ma’naviy hayotning yangilanishi
Download 61.38 Kb.
|
13-mavzu
Shialik. Guruh, partiya, tarafdorlari degan ma’nolarni beradigan arabcha «shia» so‘zidan kelib chiqqan. Shialik o‘z ahamiyati va tarafdorlari soniga ko‘ra islomdagi ikkinchi yo‘nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning to‘rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U juda ko‘p sektalarga bo‘linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdorga ega bo‘lib, ogahonlar boshchiligida hozir ham islom doirasida katta rol o‘ynamoqda.
Shialar Arabistonda paydo bo‘lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan boshlab quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan xalifa Usmon boshliq makkalik oqsuyaklar-muhojirlar qo‘liga o‘tgan. Islomda jabr-zulm qoralansa-da, baribir, ular islomga bo‘ysundirilgan boshqa xalqlardan tashqari musulmon arablarning o‘zlarini ham qattiq ekspluatatsiya qilishaveradi. Bundan norozi bo‘lgan arablar Xalifa Usmonga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarib, uni Madinada o‘ldirishgan. Xalifalik lavozimiga Ali ko‘tarilgan. Biroq, u o‘z hokimiyatini quraysh oqsuyaklaridan himoya qilishga majbur edi. Ali tarafdorlari u payg‘ambarning amakivachchasi va kuyovi bo‘lganligi uchun musulmonlarning boshlig‘i bo‘lishi kerak, uning vafotidan keyin esa bu lavozim uning avlodlariga meros bo‘lib o‘tishi kerak, deb chiqishgan. Biroq taxt uchun kurashda Suriya hokimi Muoviya boshliq quraysh zodagonlari g‘olib chiqqan. Ali tiriklik chog‘idayoq Muoviya xalifa deb e’lon qilingan. Shialar Alidan boshqa barcha sunniy xalifalarning uzurpatorlar, ya’ni siyosiy hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lgan olgan kishilar deb hisoblaydilar. Bular Alining avlodi bo‘lgan 12 imomdan iborat o‘z sulolalarini ularga qarshi qo‘yganlar. Ular Alini, uning o‘g‘illari-Hasan va Husaynni hamda ularning avlodlarini shahid, deb hisoblashgan. Islom tarqalgan mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar natijasida turli davrlarda musulmonlarning har xil guruhlari, ayniqsa ko‘proq sektalar paydo bo‘la boshlagan. Bular sunniy va shia yo‘nalishlaridan ajralib chiqqan bo‘lib, musulmon sektalari deyiladi. Bularning islomdagi hanafiya, hanbaliya, shofi’iya, molikiya kabi mazhablar bilan aralashtirmaslik kerak. Islom sektalari musulmonlarning diniy uyushmalari bo‘lib, ularning soni juda ko‘p, islom mamlakatlarining deyarli hammasida mavjud. Chunonchi, ahmadiy, alaviy, ibodiy, idrisiy, qodiriy, muridiy, rashidiy, tijoniy, hamoliy, shodiliy va boshqalar sunniylar yo‘nalishidan ajralib chiqqan sektalardir. Xorijiy, ismoiliy, zaydiy, nizoriy, ionaashariy, druz, bahoniy va boshqa mazhablar esa shialar oqimidan ajralib chiqqan. Ularning ko‘plari tarqab ketgan. Islom sektalaridan ba’zilariga qisqacha to‘xtalamiz. Download 61.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling