Reja: Islom oqimlari va yo’nalishlari. Suniylik va shialik o’rtasidagi farqlar. Mazhablarning paydo bo’lishi. Hanafiylik mo’tadil mazhab. Tayanch tushunchalar
Download 39.66 Kb.
|
8-mavzu. Islomdagi mazhablar va yo’nalishlar-fayllar.org
Molikiy mazhabi. Molikiy mazhabining asoschisi Imom Molik ibn Anasdir. Abu Abdulloh Molik ibn Anas al-Asbaxiy (r.h.) hijriy 93-179, milodiy 713-795 yillarda hayot kechirgan. Madina shahrida tug‘ilib, shu erda vafot etgan. Uning nasabi YAmanlik Ziy Asbaxga boradi. Bobosining ismi Horis Ziy Asbax bo‘lgani uchun Imom Molik Asbaxiy deya nisba olgan. Molik ibn Anasning Abu Omir ismli bobosi Payg‘ambar (a.c.)ning sahobalar, boshqa bobosi Abu Anas tobeinlardan bo‘lib, Usmon (r.a.)ni g‘usl qildirib, dafn qilishda ishtirok etganlarning biri edi. Imom Molik (r.h.) Madinai Munavvaradagi yirik ulamo va muhaddislar huzurlarida ta’lim oldi. Nofe’, Al-Maqbariy, Na’im al-Mujmir, Zuhriy, Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr, Abdulloh ibn Dinor, Ibn Munkadir, Ato ibn Raboh, Abdulloh ibn Ahmad kabilardan ilm o‘rgandi. Molik ibn Anas butun umri davomida faqat bir martaba Makkai Mukarramaga haj qilish munosabati bilangina Madinai Munavvarani tark qilgan. Hadis ilmi bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan. Hadis rivoyat qiluvchi eng siqa (ishonchli) roviylardan hisoblanadi. Imom Molikning ustozi Nofe’dan, Nofe’ning esa Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilgan hadislar silsilasi muhaddislar o‘rtalarida “oltin sanad” deb yuritiladi.
Molik ibn Anas ham muhaddis va ham faqih bo‘lgan. U Hijoz o‘lkasi (Arabiston yarim orolining g‘arbiy sohillari)dagi e’tirof etilgan olim sifatida tanilib, “Imomul-Madina”, “Imomu doril-hijra”, ya’ni Madina shahrining imomi degan unvonga musharraf bo‘lgan. Imom Molik (r.h.) Imom Abu Hanifa va uning shogirdi Abu YUsuf bilan muloqotda bo‘lgan. U Arabiston zaminida zohir bo‘lgan molikiy mazhabining asoschisi bo‘lib tanildi. Zotan, Molik ibn Anas asos solgan bu ta’limot Arabiston yarim oroli va Afrika mintaqasi aholisi uchun muvofiq keldi. Imom Molik umrining 40 yilini sarflab, “Muvatto” nomli ulkan kitobni yozdi. Bu kitobda u fiqhiy masalalarga doir o‘z echimlarini bayon qilgan va ularning isboti sifatida Payg‘ambar (a.s.)ning juda ko‘plab hadislarini rivoyat qilgan. Bu kitobda nafaqat hadislar balki, o‘sha zamondagi sahobalarning fikrlari va so‘zlari ham rivoyat qilingan. Undagi hadislar adadining ko‘pligi sabab ba’zi ulamolar tarafidan “Muvatto” fiqhga emas balki, hadisga doir kitob deb qabul qilinishiga sabab bo‘ldi. Molik ibn Anas (r.h.) o‘z zamonining yirik muhaddisi bo‘lgan. O‘sha vaqtda hadislarni jamlash harakati endi taraqqiy qila boshlagan bir paytda “Muvatto” ko‘plab hadislarni o‘zida jamlagan yagona kitob edi. Imom Molik madrasalarida asosan hadisdan dars berilgan, bu madrasa tinglovchilari ham muhaddislar bo‘lishgan. Bu inkor etilmagan haqiqatdir. Lekin, Molik ibn Anasning boshqa faoliyati, ya’ni ijtihodini nazarga olmaslik mumkin emas. U har bir hadisni taxqiq etishda mulohaza bilan, hadisning tarixini, maqsadini mukammal o‘rgangan va shundan keyin o‘z nuqtai nazarini bayon qilgan. Shu tariqa molikiy mazhabi fiqhiy qoidalari shakllangan. Boshqa mujtahidlar istifoda qilganlaridek, Imom Molik ham molikiy mazhabi ta’limotiga islom fiqhining to‘rt asosiy manbalari Qur’oni karim, sunnat, qiyos va ijmo’dan foydalangan holda asos solgan. Imom Molikdan o‘sha davrning yirik ulamolari Imom Avzo’iy, Imom Shofeiy, Imom Abu Hanifaning maslakdoshi va shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan va boshqalar ta’lim olganlar. Imom Molik ko‘plab asarlar yozdi. Ularning ichida eng mashhuri va muhimi “Muvatto” kitobidir. Bundan tashqari Imom Molikning Horun ar-Rashidga yozgan 23 sahifa risolasi, Ibn Vahbga yozilgan “Qadariya firqasiga taqdir masalasida raddiya haqidagi risola”, shuningdek, ba’zi bir qozilar uchun yozilgan 10 juzlik “Qozilik haqidagi kitob”, G‘asson Muhammadga yozilgan “Fatvo haqidagi risola” kabi asarlari bo‘lgani haqida manbalarda ma’lumot beriladi. Download 39.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling