Reja: Islom oqimlari va yo’nalishlari. Suniylik va shialik o’rtasidagi farqlar. Mazhablarning paydo bo’lishi. Hanafiylik mo’tadil mazhab. Tayanch tushunchalar
Download 39.66 Kb.
|
8-mavzu. Islomdagi mazhablar va yo’nalishlar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shofeiy mazhabi
Molikiy mazhabi ta’limoti.
Imom Molik ikki harami sharif orasida Makkai mukarrama va Madinai munavvarada hayot kechirdi. Alalxusus, umrining ko‘proq qismi Madinada o‘tdi. U yashagan davrda ilm boblarga bo‘linmagan va yagona tartibga keltirilmagan edi. SHuning uchun ham Imom Molik (r.h.) o‘z mazhabiga asos solishda qanday fiqhiy usuldan foydalanganining bayoni tarixiy kitoblardan topa olmaymiz. Faqat keyingi davrda faoliyat ko‘rsatgan molikiy ulamolar bu mazhabning usul qoidalarini shakllantirdilar. Lekin ularda Imom Molikdan tashqari bu mazhabdagi boshqa mujtahidlarning fikrlari ham aralash holda bayon qilingan edi. SHunday bo‘lsada, Imom Molikning asosiy asari bo‘lmish “Muvatto”ga qaraganda molikiy mazhabining asoslari quyidagilardir: Qur’oni karim Sunnat nabaviya Sahobalar so‘zlari Ijtihod va qiyos Istehson Al-maslaha al-mursala Urf
E’tiborli jihati, Imom Molik ijmoni asos qilib olishda, asosan, Madina ahlining ijmosini nazarda tutgan. Negaki, Molik ibn Anas ushbu shahar ahlini payg‘ambar va sahobalar yo‘l - yo‘riqlarini bilib olgan va unga asoslanib kelgan deb hisoblardi. Shofeiy mazhabi. Shofeiy mazhabi asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon SHofeiydur. U 150/767 - 204/ 820 yillar davomida hayot kechirdi. Nasabi payg‘ambarning amakisi bo‘lmish Hoshim ibn Muttalibga borib taqaladi. Shofeiy nomi bobosi Shofi’ ismi bilan bog‘liqdir. Zahabiy aytishicha, Imom Shofeiy (r.h.) Falastinning G‘azo mintaqasida tug‘ilgan. Ikki yoshligida otasi vafot etadi va onasi uning oliyjanob naslini saqlab qolish niyatida Makkaga qarindoshlar oldiga olib ketadi va u erda to Qur’onni yod olib, arab tili va she’rlarini mukammal o‘rgangunicha yashab qoladi. SHundan so‘ng u sahroga - Huzayl qabilasiga yuboriladi. Bu qabila esa o‘zining suxanzabonligi va she’riy an’anasi bilan mashhur edi. Keyinchalik Madinaga borib Imom Molik davrasida fiqhni o‘rgandi. Imom Shofeiy (r.h.) ilm o‘rganishga judayam qiziquvchan edi. O‘z davridagi taniqli olimlarning so‘zlarini rivoyat qilgan. Molik ibn Anas, Muhammad ibn SHayboniy, Muhammad ibn Xolid al-Jundiy, Muslim ibn Xolid az-Zanjiy, Marvon ibn Muoviya, ulug‘ imomlardan biri bo‘lmish Vake’ ibn Jaroh kabi ko‘plab olimlar SHofeiyga ustozlik qildilar. Makka qorisi Ismoil ibn Qustantindan Qur’onni tajvid bilan o‘qishni o‘rgandi. Ilm talabida ko‘p safar qilar edi. Yosh paytlarida mashhur olim So‘fyon bin Uyayna majlisida o‘tirar edi. Undan tafsir yoki fatvo haqida biror masala so‘rab kelishsa, Shofeiyga o‘girilib: “Mana shu yigitdan so‘ranglar! ”, der edi. Shofeiy Imom Molik vafotidan so‘ng Yamanda faoliyat olib boradi. “Aliychi”larga xayrixohlikda ayblanib, Iroqqa xalifa Horun ar-Rashid saroyiga olib kelinib so‘roqqa tutiladi. U o‘zini mohirona himoya qilishi va Imom A’zam shogirdi Muhammad ibn Hasan SHayboniy homiyligiga olgani tufayli omon qoladi. Shofeiy hadis va fiqh borasida ulkan darajalarga erishdi. Ilm izlab juda ko‘p marta safar qildi. Hamidiy aytadi: “Bir gal SHofeiy YAmandan kelganida yonida 20 ming dinor bor edi va Makka tashqarisiga chodir qurib, to ana shu 20 ming dinorni ehson qilib, sarflagunlaricha o‘sha erda yashadi”. U tilamchini yoki u kishidan biron narsani so‘raganni rad qilishdan hayo etardi. Rabi’ aytadi: “Imom Shofeiy (r.h.) undan biron narsa so‘ragan kishidan hayo qilar edi va u so‘ragan narsasini berib yuborishga shoshilardi. Ul zotni kishilar haqini biladigan, ularga husni xulq bilan muomala qiladigan judayam odobli kishi sifatida bilar edik”. Shofeiy o‘zining ilm olishi haqida shunday degan: “Men Qur’ondan, hadisdan, nahvdan yoki shunga o‘xshash boshqa ilmlardan biror narsani o‘rganadigan bo‘lsam, bu o‘rganish jarayonida hamisha odob - axloqqa rioya qilar edim, Madinaga kelgunimcha bu mening odatim edi. Unda men Imom Molikni ko‘rdim. Ul zotdek ilmni ulug‘laydigan, haybatli kishini uchratmagan edim. Odob - axloqqa bo‘lgan ahamiyatim shu darajada oshdiki, Imom Molik darslarida ul kishi varaq shitirlashini eshitmasliklari uchun kitobni nihoyatda muloyimlik bilan varaqlar edim”. Imom Shofeiyning ustozlari ko‘p bo‘lgani kabi shogirdlari ham ko‘pdir. Undan Imom ibn Hanbal, Imom Hamidiy, Abu Ubayd, Abu Savr, Robi’ al-Murodiy, Imom Za’faroniy kabi ko‘plab ilm peshvolari ta’lim olganlar. Ishoq ibn Rohavayh aytadilar: “Makkada Ahmad ibn Hanbal menga: “Bu yoqqa kel, men senga hali ko‘zlaring o‘xshashini umuman ko‘rmagan bir kishini ko‘rsataman”- deb, meni Imom SHof’eiyni oldiga olib bordi. Demak, Ishoq ibn Rohavayh SHofeiydan ta’lim olgan, Ahmad ibn Hanbal esa uning eng ulug‘ shogirdlaridandir. Shofeiy mazhabi ta’limoti. Imom SHofeiy hijriy ikkinchi asrning o‘rtalarida hayot kechirdi. Madinada imomi Molik ibn Anasdan ta’lim olib “Muvatto” kitobini yodladi. So‘ng Iroqda istiqomat qilgan chog‘ida Abu Hanifaning shogirdi Muhammad ibni Hasan SHayboniydan fiqh ilmi bo‘yicha Iroq ahli yo‘nalishini o‘rgandi. Bu orqali imomi Abu Hanifaning ilmini va fiqhiy usulini yod oldi. Natijada imom SHofeiy (r.h.) hijozliklar ilmi bilan iroqliklar ilmini jamlashga muvaffaq bo‘ldi. Ilmda yuksak martabaga erishgan SHofeiy birinchi bo‘lib fiqhiy usullarni tartibga soldi va bu borada uning ilk kitobi aynan shu edi. Imom SHofeiy bu kitobda shunday deydi: “Ilm ikki xildir: taqlid va istinbot (ya’ni mustaqil fatvo chiqarish). Taqlid - hukm olishda Qur’oni karimga, agar undan topilmasa sunnatga, agar undan ham topilmasa, solih olimlarning ko‘pchiligiga ergashishdir. Agar undan ham topilmasa, Qur’oni karim oyatlariga qiyos qilinadi. Undan ham topilmasa, ko‘pchilik salaflarning so‘zlariga qiyos qilinadi. Agar qiyos qilishda ixtilof qilishgacha borilsa, har kim o‘zicha ijtihod qiladi”. Shofeiy mazhabining manbalari quyidagilardir: 1.Qur’oni karim. 2.Sunnati mutohhara. 3.Sahobalar qavllari. 4.Qiyos. 5.Ijtihod. “Islomda huquq” kitobi mualliflari fikricha, uning davrida huquqiy istidlol, ya’ni fatvolarni dalillar bilan asoslash nihoyat darajada rivojlanadi. Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislarga bo‘lgan chuqur ishonch ul zotga boshqa biror hadisni ochiq shaklda rad kilish imkonini bermaydi. Imom SHofeiy faqat rivoyatga qarshi rivoyat topilgandagina bunday imkoniyatga ega bo‘lardi. Download 39.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling