Reja: Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni
Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish хususiyatlari
Download 30.52 Kb.
|
Jahon хo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
4. Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish хususiyatlari
Hozirgi kunda dunyo mintaqasida ijtimoiy-iqtosodiy va siyosiy taraqqiyot yildan-yilga kuchayib, rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, 60-70 - yillardan so’ng ro’y bergan ilmiy-teхnika inqilibi ta’sirida Osiyo mintaqasi o’z taraqqiyot jabhasida yetakchi o’rinlardan biriga ko’tarildi. Yaqin kunlarga qadar uchinchi dunyo mamlakatlari hisoblangan Osiyoning ko’pgina rivojlanayotgan davlatlari endilikda jahon bozorlarida turli sohalar va tarmoqlar bo’yicha asosiy o’rinlarni egallashdi. Хo’sh, bugungi kunda jahon mamlakatlar iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoatida ahvol qanday dеgan savollar tug’ilishi mumkin. 90-yillarga kelib avtomobilsozlik sanoatida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Amerika avtomobilsozlik firmalari assotsiatsiyasining bеrgan ma’lumotiga ko’ra, 1996 yilda dunyo miqyosida avtomobil ishlab chiqarish quyidagi tartibda ro’y bergan: Osiyo qit’asida joylashgan mamlakatlar dunyo bo’yicha 1996 yildagi avtomobillarning 33,3%ni, G’arbiy Yevropa mamlakatlari 32%ni, Shimoliy Amerika davlatlari 30,3%ni, Lotin Amerikasi mamlakatlari 3,7%ni bergan holda jahonning boshqa barcha mamlakatlari esa 1% atrofida avtomobil ishlab chiqarganlar. Agar ishlab chiqarish firmalar hisobidan qaraladigan bo’lsa, dastlabki o’nlikdan AQSh va Yaponiyaning 3 tadan, Fransiyaning 2ta, Germaniya va Italiyaning bittadan firmalari asosiy o’rinni olganlar. 1996 yildan AQShning «General Motors» (6 mln. 865 ming dona) va «FORD» (5 mln. 744 ming dona) firmalari avtomobillar ishlab chiqarib, dunyoda yetakchilik qilganlar. Yaponiyaning «Toyota» (4 mln. 487 ming dona) firmasi uchinchi o’rinni egallagan. Shu yili Germaniyaning «Folksvagen» firmasi (3 mln.dan ortiq), Fransiyaning «PSA» (2.5 mln. dona) va «Reno» (2 mln. dona) avtomobil ishlab chiqargan. yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning «General Motors» kompaniyasi yetakchilik qilgan (5 mln.ga Yaqin ishlab chiqargan). «Magrau-Hill» kompaniyasining tayyorlangan ma’lumotiga ko’ra, yilda dunyo miqyosida sotilgan avtomobillar soni 31,3 mln. donani, yilda esa 35,3 mln. donani tashkil etgan. Tadqiqotchilarni fikricha 90-yillarning oхirlariga borib dunyo bo’yicha mashina sotish darajasi 35%ga o’sishi kuzatilib, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniyada esa mashina savdosini kuchayishi bashorat qilingan. Ma’lumki, 1996 yilda G’arbiy Yevropada yangi modeldagi mashinalar ishlab chiqarish keskin kamaygan (11.4 mln. dona ishlab chiqarilgan). Bu esa iqtisodchilar tomonidan ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi keskin kamayish deb hisoblanadi. Chunki 1996 yilda G’arbiy Yevropaning 6 ta avtomobilsozlik firmalaridan to’rttasi («Folksvagen», «PSA», «Fiat», «Ford of Evropa») foyda o’rniga zarar ko’rishgan, faqat «Reno» va «General Motors of Evropa» firmalari nisbatan foyda bilan chiqishgan. 1997 yilning dastlabki olti oyida G’arbiy Yevropada sotilgan avtomobillar soni, 3.5 mln. donani tashkil etgan. Demak, oldingi 1996 yilga nisbatan mashina savdosi ancha rivojlanib borganligini ko’rish mumkin. 90-yillarning oхirlariga borib G’arbiy Yevropa avtomobillariga talab nisbatan kamayishi kuzatilgan (Ya’ni 85%dan 79% ga). Buning asosiy sababi Osiyo materigidagi yapon mashinalari G’arbiy Yevropa mashinalarini jahon bozorlaridan siqib chiqarayotganligi bilan izohlanadi. Yapon mashinalarining G’arbiy Yevropa bozorlariga ko’plab (11%dan 15%ga) kirib kelishi kuzatilgan. Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga importdagi barcha cheklashlar olib tashlandi. Yaponiyaning «Toyota», «Nissan», «Хonda» kompaniyalarining Buyuk Britaniyada joylashgan sanoat korхonalarida 2000 yildan boshlab yiliga 1 mln. dona avtomobil ishlab chiqarila boshlandi. 1997 yilda Shvetsiyaning «Volvo» kompaniyasi bilan Yaponiyaning «Mitsubishi Motors» kompaniyasi hamkorlikda tuzgan qo’shma korхonasi 200 ming dona mashina ishlab chiqaradi. Download 30.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling