Qo’qon davlat pedagogika instituti
Maktab menejment yo’nalishi 102-guruh talabisi
Rustamova Zubaydaxonning iqtisodiyot nazariyasidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu: Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy
qismlari va harakat shakllari
Reja:
1.Jamiyat miqiyosidagi ishlab chiqarish.
2. Milliy maxsulot ( YaMM).
3. Yalpi ichki mahsulot (YaIM).
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan o’zgarib, yangilanib, miqdoran ko’payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari ham to’xtovsiz yangilanib, va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarining o’zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi. Odatda bunday ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ko’proq o’z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan natural xo’jalik va oddiy tovar xo’jaligi davri uchun xos bo’lgan
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib borgan holdagi takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi
Milliy mahsulot – mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qo’llayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YAIM) deb yuritiladi. Milliy mahsulot ko’rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyotida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) deb, boshqa ko’pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot (YAMM) deb yuritilar edi.
Yalpi milliy mahsulot – bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko’rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi davrda ko’pgina mamlakatlarda bu ko’rsatkichdan foydalaniladi.
Yalpi ichki mahsulot – ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir.
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’shil
Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq YAIM ko’rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan foydalanib olib borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmlari kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mamlakat korxonalari mahsuloti kiritiladi. Shuning uchun YAMM bilan YAIM miqdor jihatdan qisman farq qiladi.
YAMM va YAIMning o’zaro farqini quyidagi chizma orqali yaqqolroq ifodalash mumkin).
E’tiboringiz uchun rahmat!!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |