Reja: Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari
Download 66.24 Kb.
|
Reja Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatla-fayllar.org
Reja: Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi Reja: 1. Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari. 2. Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o‘rni. 3. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi. 4. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati. Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri. 1. Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o‘rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va funksiyalarini yoritishga lozim darajada e’tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur bo‘limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz. Bilimning integral shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san’atshunoslik, semiotika, san’atga murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – o‘zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo‘ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. Tarixning mazmun va mohiyatini anglab etish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Tarix ularning talqinida oldinma-ketin yuz beradigan voqealar majmui sifatida namoyon bo‘lgan. Tarix tavsifi ancha to‘liq bo‘lgan, ba’zan bo‘yab ko‘rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari tarix haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan. Diniy an’ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O‘rta asrlarda ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e’tirof etildi. Tarixiy voqealarning ichki mantiqi alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat tarixiy jarayonni boshqaradi, balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig‘ bo‘lish, jannatdagi boqiy hayotga erishish yo‘lini ko‘rsatadi. Avreliy Avgustin o‘zining «Ilohiy shahar haqida» asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi to‘g‘risida so‘z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo‘l ko‘rsatgan. Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi yo‘ldan borishda, inson hayotining mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir. Ibn Xaldun tarixning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd etadi. Ammo, shunga qaramay, tarixning mazmuni haqida erkinlik, ijod tushunchalariga tayanib so‘z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Tarixning harakatida Ibn Xaldun ob’ektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga harakat qiladi. Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O‘rta asrlar falsafasi ilk bor ta’riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g‘oyasi ancha yashovchan bo‘lib chiqdi: u turli yo‘nalish va oqimlarga mansub faylasuflar tomonidan muayyan falsafiy ta’limotlar nuqtai nazaridan u yoki bu tarzda talqin qilingan. Tafakkurning tantanasi g‘oyasi insoniyat tarixining mazmuni sifatida Gegel tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida yondashgan. Gegel fikriga ko‘ra, mazkur taraqqiyot o‘zining alohida vazifasini ado etishi lozim bo‘lgan ayrim xalqlar ruhi orqali amalga oshadi. Uning fikricha, tarixiy jarayon «aqlga muvofiq», ya’ni tasodiflardan yoki ayrim shaxslarning o‘zboshimchaligidan qat’iy nazar o‘ziga yo‘l ochadigan ob’ektiv qonuniyatlar bilan belgilanadi. Tarixning mazmuni mutlaq ruh o‘zini o‘zi anglab etishidadir, deb qayd etadi Gegel. Tarixning mazmunini aniqlash borasidagi keyingi izlanishlar amalda muayyan ideal tajassumi sifatidagi tarixning mazmuni haqidagi tezisning ko‘rinishlari hisoblanadi. Idealning mazmuni har xil, hatto qarama-qarshi bo‘lishi mumkin: texnokratik illyuziyalar, ommaviy iste’mol jamiyati ideali, axborot jamiyati ideali, xususiy mulk va ekspluatatsiyasiz umumiy tenglik jamiyati va h.k. Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanish rang-barang ekanligiga qaramay, uning har bir talqini aholi muayyan qismining orzu-umidlariga mosdir. Tarixning mazmuni tushunchasining eng teran talqinlarini XX asr faylasuflari – K.Yaspers taklif qilgan. U jahon tarixining mazmunini davrlarning umuminsoniy aloqalarga asoslanadigan mazmun jihatidan bog‘lanishida ko‘radi. Mazkur bog‘lanishning mavjudligini tarixning mazmunini aks ettiradigan dunyoviy vaqt o‘qi kafolatlaydi. U Sharq va G‘arb madaniyatlarining umumiy asosi hisoblanadi. Yaspers jahon tarixida tillarning vujudga kelishi, mehnat qurollari ixtiro qilinishi, olovdan foydalanishga kirishilishi kabi to‘rt bosqichini farqlaydi:. Vaqt o‘qining boshlanishi Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Markaziy Osiyo, Eron buyuk madaniyatlari deyarli bir vaqtda vujudga kelgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig‘idagi davrga mos keladi. Evropada fan-texnika davrining boshlanishi mazkur madaniyatlarning davomi (ma’lum ma’noda esa ularning ziddi) bo‘lgan. To‘rtinchi bosqichda insoniyatning birligi vujudga keladi. Bu davrda jamiyat insonga munosib bo‘lgan asoslar va tamoyillarga muvofiq rivojlanadi. Totalitarizmdan butunlay voz kechishga asoslangan huquqiy davlat mazkur birlikning kafili hisoblanadi. Tarixning mazmuni – umuminsoniy madaniyatni va vaqt o‘qining avvalida shakllangan an’analarni saqlash va rivojlantirishdadir. Bugungi kunda jamiyatning globallashuvi munosabati bilan tarixning mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o‘rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar aloqasini, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni qaror toptiradigan, ajdodlarning ma’naviy merosini saqlash va ko‘paytirishni, hozirgi avlodlarning erkinligi va ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan qadriyatlar tizimiga qarab mo‘ljal oluvchi g‘oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda. XIX asrda falsafadan sotsiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni tushunishga nisbatan falsafiy yondashuvlarni asosan tan oladi va ayni vaqtda o‘z predmeti va tadqiqot metodlariga ega. Ijtimoiy tadqiqotlarning ob’ektivligiga erishish lozim, degan g‘oyani himoya qilgan O.Kont (1798-1857) fan sifatidagi sotsiologiya asoschisi. U sotsiologiyani ikki qismga ajratadi: birinchi qism ijtimoiy statikani, ya’ni ijtimoiy tizimlarning mavjudlik shartlarini va ularning amal qilish qonunlarini, ikkinchi qism esa – ijtimoiy dinamikani, ya’ni jamiyatning rivojlanish va o‘zgarish qonunlarini o‘rganadi. Ijtimoiy statika – odam organizmining tuzilishiga o‘xshab ketadigan jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta’riflaydi. Mazkur bosqichlar insoniyat aqliy rivojlanishining uch bosqichiga mos keladi: teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk O‘rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda tugaydi), metafizik bosqich (XIV-XVIII asrlar) va pozitiv bosqich (XIX asrda boshlanadi). Sotsiologiyada organik yo‘nalish asoschisi Gerbert Spenser (1820-1903) jamiyatga individlar birlashmasi sifatida yondashadi. Uning fikricha, eng moslashuvchan jamiyatlarning yashash uchun kurashini ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni deb hisoblaydi. U iqlim, tabiiy sharoitning ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini o‘rgangan. E.Dyurkgeym (1858-1917), jamiyatni tushunishni qadriyatlar tizimi bilan bog‘lagan, faqat shu yo‘l bilan tarixni uning o‘ziga xos xususiyatiga muvofiq tarzda o‘rganish mumkin, deb hisoblagan. E.Dyurkgeym ham qadriyatlarni jamiyat tuzilishini belgilovchi muhim omil deb bilgan. Jamiyat tuzilmasini o‘rganishga nisbatan u strukturaviy funksionalizm nuqtai nazaridan yondashgan. Jamiyat borliqning alohida sohasi bo‘lib, u o‘z qonunlariga muvofiq rivojlanadi. Noijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan omillar jamiyat hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishga qodir emas. Ijtimoiy tuzilma dalillarning ikki guruhidan tarkib topadi: birinchidan, u moddiy va ma’naviy qadriyatlarni, ikkinchidan, ijtimoiy jamoalarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy jamoalarni tahlil qilar ekan, Dyurkgeym oila, kasbiy guruh kabi jamoalarni, shuningdek mehnat taqsimotiga muvofiq vujudga keladigan, ijtimoiy birlik (axloq, din)ni ifoda etadigan ijtimoiy institutlarni farqlaydi. Maks Veber (1864-1920) o‘z sotsiologik qarashlarida Rikkertning borliq va ongning o‘zaro aloqasi zamirida sub’ektning qadriyatga bo‘lgan muayyan munosabati yotadi, degan g‘oyasiga tayangan. Shunga muvofiq Veber tahlil qilinayotgan materialning iqtisodiy, diniy va axloqiy qadriyatlar bilan o‘zaro nisbatini aniqlash lozim deb hisoblagan. XX asrda M.Veber ilgari surgan tarixiy jarayonning teng huquqli omillari ta’siri haqidagi g‘oyasi asoslab berildi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bir qancha nazariyalari texnika, sanoat, axborot tizimlari, kommunikatsiya, globallashuv kabi omillarni birinchi o‘ringa qo‘yadilar. N.Jo‘raev (1952) fikricha, vaqt o‘tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib borishi natijasida tarix falsafasi atrofidagi mulohazalar kengayadi. Uning predmeti va ob’ektiga aniqlik kiritiladi. SHu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib, N.Jo‘raev hozirgi zamon tarix falsafasining quyidagi vazifalarini belgilaydi: - insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini o‘rganish; - insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta’sirini o‘tkazib kelapyotgan kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud bo‘lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g‘oyasi asosida o‘rganish va davrlashtirish muammosini hal etish; - sivilizatsiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish; - tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o‘tmish, bugun, kelajak tizimida mantiqan o‘rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga aniqlik kiritish; - tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan o‘rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish; - qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va baholash; - insoniyat tarixida to‘plangan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‘rganish; - tarixni anglashning yangi yo‘nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish; - yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o‘rganish, shu asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash; - tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‘nalishlarini, jumladan, siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, din tarixi, san’at tarixi, etnogenezis va boshqa yo‘nalishlar bilan mushtarak holda kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali, inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish[1]. Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fanining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, bir qarashda tarix falsafasi va tarix fani bir-biridan ayri yo‘nalishdek ko‘rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqelikka, insoniyat tarixida qaysidir hodisaga tarixchi tarix ko‘zi bilan qarasa, faylasuf faylasuf ko‘zi bilan qaraydi. 2. Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o‘rni. Tarix falsafasining hozirgi konsepsiyalari orasida gnoseologik yo‘nalish (tanqidiy tarix falsafasi), ontologik konsepsiya, aksiologik konsepsiya, tarixning texnokratik konsepsiyalari alohida o‘rin egallaydi. Formatsion va sivilizatsion yondashuvlar tarixiy jarayon yo‘nalishini ayniqsa, to‘liq va teran aks ettiradi. Ayrim tadqiqotchilar ko‘rsatilgan yondashuvlarga muvofiq monadaga doir yondashuvni taxmin qiladilar. Insoniyat azal-azaldan jamoa bo`lib yashaydi. Er sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma`noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o`tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog‘liq barcha o`zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, tsivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo`llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo`lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a`zosi deb ataladi. Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo`lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o`rtasida amal qiladigan juda ko`plab munosabatlar yig‘indisi, degan turlicha ta`riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo`ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo`lib, jamoa bo`lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug‘ mutafakkirlar e`tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan bog‘lab izohlashdir. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o`zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma`naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o`zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san`at, g‘oya, mafkura go`zallik bilan, ma`naviy kamolot yo`lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo`ladi. Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: - kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; - oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari; - moddiy ne`matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilish; - ishlab chiqarish jarayonida kishilar o`rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; - moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar. Jamiyatning ma`naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to`g‘risidagi qarashlar, nazariyalar, ta`limotlar, g‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta`lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. Jamiyatning moddiy va ma`naviy hayotini boshqarish, kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o`rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o`zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat taraqqiyoti to`g‘risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Hegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan bog‘lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Frantsuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma`naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o`zgarishlar bilan bog‘lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun`iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko`rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko`p bosqichli jarayon ekani to`g‘risidagi qarashlar AQSh faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko`ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida tsivilizatsiyali yondashuv g‘oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko`ra har bir xalq o`zining betakror, noyob, o`ziga xos va o`ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o`ziga xos modelini yaratadi. Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo`lgani kabi, jamiyat ham o`z oldiga qo`ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Barqarorlik - jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko`rsatish imkoniyatidir. U turg‘unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg‘unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o`tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o`zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo`qolishida, g‘oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo`lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o`z ifodasini topadi. Taraqqiyotning o`zbek modeli - jamiyatning tadrijiy rivojlanish kontseptsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o`zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg‘or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi. Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo`ldan — inqilobiy va tadrijiy yo`ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o`zgarishlar yo`li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyutsion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo`li ekanini ko`rsatdi. O`zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir: - iqtisodning siyosatdan ustuvorligi; - davlatning bosh islohotchi ekanligi; - qonun ustuvorligi; - kuchli ijtimoiy himoyalash; - bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo`l bilan o`tish. O`zbek modelining o`ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o`zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o`z ifodasini topmoqda. Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o`z aksini topadi. Shu ma`noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a`zosi oila bag‘rida voyaga etadi, ijtimoiy munosabatlarni o`zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o`z himoyasiga oladi. Mustaqillik yillarida o`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz xususiyatlariga mos bo`lgan yangi alifboga o`tish uning mavqeini oshirish va yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa, o`z navbatida, ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Davlatning jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyati. Davlat - jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma`naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir. Jamiyat ma`naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi.O`zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an`analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. Fuqarolik jamiyatini barpo etish — O`zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko`pqirrali aloqasi bo`lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o`zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o`ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O`zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlari qo`liga o`ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o`z-o`zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o`z-o`zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro`yobga chiqarish maktabidir. Urf –odat, rasm-rusm, an`ana va marosimlarning ma`naviyat bilan o`zaro ta`siri shundaki, oqilona jamiyatning taraqqiyot darajasiga mos keladigan an`ana va marosimlar ma`naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Ma`naviyat falsafasi uning tarkibi, mazmuni va mohiyatini tahlil qilishdan tashqari, uning ijtimoiy hayotdagi o`rnini tahlil etishni ham taqozo qiladi.Jamiyat taraqqiyotida ma`naviyatning o`rni naqadar muhimligini shundan ham bilib olsa bo`ladiki, bu taraqqiyot o`zaro uzviy bog‘liq ikki jarayon, ya`ni moddiy ishlab chiqarish va ma`naviy boyliklar ishlab chiqarishning birligidan iborat. Fan falsafasi. Jamiyatning ilmiy salohiyatini oshirish. Fan ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o`zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo`lgan, olamni bilish va o`zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir.Fanning mohiyatini, inson va jamiyat hayotidagi o`rnini bilishda uning quyidagi xususiyatlarini e`tiborga olish muhimdir: - inson faoliyatining o`ziga xos turi; - alohida ijtimoiy institut sifatida fan ilmiy bilimlar yig‘indisi; - insoniyatning ma`naviy salohiyati, olam, tabiat, jamiyat va inson to`g‘risidagi tasavvur va qarashlarni shakllantiradi; - olamni o`zlashtirish va o`zgartirish vositasi hisoblanadi. Fanga olam va odamning mohiyatini bilishning yagona vositasi deb qarash, uni ijtimoiy ongning boshqa shakllariga qarshi qo`yish ham butunlay xatodir.Fan taraqqiyoti insoniyatga faqat qarovonlik, yaxshilik keltiribgina qolmay, cheksiz musibat va mahrumliklar ham keltirishi mumkin.Terrorizm butun insoniyat hayotiga jiddiy tahdid sola boshladi. Ilmiy kashfiyotlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun ijtimoiy – falsafiy tafakkurga “fan etikasi”tushunchasi kirib keldi.Olimlar va tadqiqotchilar ilmiy kashfiyot oqibatlari uchun mas`uliyatni his etishi, fan taraqqiyotining falsafiy muammolarini oqilona hal etishga intilishi hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. 3. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi. Sivilizatsiya so‘zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o‘zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo‘pol, yovvoyi so‘ziga qarshi ma’noda qo‘llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo‘llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o‘rtasida farq paydo bo‘ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o‘rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Ko‘pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining so‘nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo‘lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o‘giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan. Madaniyatning paydo bo‘lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog‘liq bo‘lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash 6 imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi. Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko‘p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lib, har bir o‘ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg‘u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to‘laroq anglab etishga xizmat qiladi. Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiytexnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog‘liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyat so‘zining sinonimi sifatida, ko‘pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo‘llaniladi. Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715- 1789 yy) o‘zining “Qonunlar do‘sti” asarida qo‘llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo‘ldi. O‘shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong‘u feodalizm davri va o‘rta asrlarga qarama-qarshi qo‘yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning o‘zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to‘g‘irladi va to‘ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko‘chib yuruvchi, ko‘chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya. Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg‘unlashib ketdi. Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug‘atidan mustahkam o‘rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to‘g‘risida 7 ko‘plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi. O‘z asarlarida tarixning yo‘nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va rang-baranglikning o‘zaro nisbati muammolarini ayniqsa to‘la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o‘zining “Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo‘lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko‘ra, barcha xalqlar o‘z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o‘tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin yuqoriroq darajada o‘tadi. Vikoning g‘oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo‘lgan. 1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan (1818-1881 yy) o‘zining “Qadimgi jamiyat” kitobida sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun qo‘llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, xo‘jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko‘ra quyi, o‘rta va yuqori bosqichlarga bo‘ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo‘lib xizmat qiladi. Tarixni o‘rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo‘lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo‘lgan, faoliyatning to‘rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar “asosi” - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo‘luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo‘ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy) ning fikricha, “sivilizatsiya” har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr 8 tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir. O.Shpengler “Yevropa quyoshning so‘nishi” asarida G‘arbiy Yevropa tarixiga xos evropotsentrizm, panlogizm, istorizm, to‘g‘ri chiziqli progressizm printsiplarini tanqid qildi va madaniy - tarixiy jarayonning aylanma harakati nazariyasini yaratdi. Bu nazariya sivilizatsiyaning tsiklli rivojlanishi, ya’ni takrorlanib turishi haqidagi konsepsiyaga olib keldi. Shpengler ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G‘arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko‘ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo‘ladi, shundan so‘ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo‘ladi. Har bir madaniyat o‘z teran mazmuniga ega bo‘ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. Ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975) sivilizatsiyani yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o‘zining o‘n ikki tomlik “Tarixni anglash” asarida keltirgan o‘zaro o‘rin almashuvchi lokal sivilizatsiyalar konsepsiyasida sivilizatsion taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida chaqiriq va javob nazariyasini ilgari surdi. Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o‘zagi va tayanchidir. Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif qilishda u yoki bu jahon dinlarini asos qilib olinishi bejiz emasdir: musulmon sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi va hokazo. U dastlab 21, keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o‘tib, tarixiy jarayonning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va sivilizatsiyaning bosqichli-tsiklik rivojlanishini ta’kidladi. Toynbi Arab, Xitoy, Shumer, Mayya, Hind, Ellin, G‘arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalarni tadqiq etish natijasida “...tabiiy muhitdagi va odamlar tegrasidagi yashash sharoitlarining og‘irligi sivilizatsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi”, - degan xulosaga keladi. Toynbi sivilizatsiyalarga “evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar” sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy 9 bosqichlardan o‘tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi. Nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969 yy.) o‘zining “Tarix manbalari va uning maqsadi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning bosqichma-bosqich rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surdi: tarixgacha bo‘lgan davr, qadimgi davr madaniyati, vaqt o‘qi (jahon tarixining boshlanishi), texnik davr (yagona jahon tarixiga o‘tish). Uning fikricha tarixning mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan e’tiqod bilan belgilanadi. Mazkur e’tiqod insoniyat vakillarini birbiridan ajratmaydi, balki jipslashtiradi. Insoniyatga bunday e’tiqodni biron-bir jahon dini yoki milliy din taklif qilolmaydi Sotsiolog P.Sorokin (1889-1968) insoniyat madaniyatining butunjahon-tarixiy taraqqiyoti nazariyasini yaratdi. U bu taraqqiyotni markaziy mazmunga yoki mentallikka ega ulkan madaniy supertizimlar doirasida ko‘rib chiqdi. Bu madaniy supertizimlar yoki sivilizatsiyalar insonlarning hayoti va hulqini, ko‘pgina tarixiy jarayonlar va an’analarni belgilaydi. Tarixning har qanday davrida, Sorokinning fikricha, beshta asosiy madaniy tizimlar mavjud: til, ahloq, din, fan, san’at. U sivilizatsiyalarni moddiy madaniyat hech bir tizimsiz ravishda namoyishga qo‘yilgan ulkan muzeylar sifatida talqin qiladi. Sorokin sivilizatsiyalar tabiatining yaxlitligi g‘oyasiga tanqidiy yondashib, uning tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘lanmagan, deb hisoblagan. “Iqtisodiy va ijtimoiy tarix annallari” (1929 g.) fransuz jurnali redaksiyasi atrofida vujudga kelgan tarixiy maktab asoschilari va vakillari bo‘lmish fransuz tarixchilari Mark Blok (1886-1944) va Lyusyen Fevr (1878-1956) lar jahon taraqqiyoti muammosiga o‘zgacha yondashgan. Ularning fikricha tarixiy taraqqiyotning asosini mentalitet tashkil qiladi. L.Fevr birinchilardan bo‘lib o‘zining “Sivilizatsiya: so‘z evolyutsiyasi va g‘oyalar guruhi” asarida “sivilizatsiya” atamasining kelib chiqish vaqtini aniqlashga ham harakat qilgan. O‘tmish hodisalarini tushuntirishda Fernan Brodel (1902-1985) va bir qator boshqa fransuz tarixchilari tarixiy qonuniyatlar yoki tasodifiylikka birinchi darajali e’tibor qaratmasdan, birinchi o‘ringa “muhit” (tarixiy vaqt) omilini qo‘yishgan. Ularni birinchi navbatda xalqlarning hayoti, turmushi va mentaliteti qiziqtirgan. XX asrning ikkinchi yarmida, sovuq urush davrida va u tugagandan so‘ng insoniyat rivojining umumiy chizmasini yaratish va sivilizatsion taraqqiyot jarayonining istiqbollarini ko‘rsatishga urinish sifatida bir qancha tadqiqotlar paydo bo‘ldi. Tarixiy rivojlanishining 10 ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasini ilgari surgan amerikalik sotsiolog Uolt Rostouning fikricha jamiyat taraqqiyotida texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Industrial jamiyat nazariyasining yaratuvchilaridan biri bo‘lgan fransuz sotsiologi R.Aron (1905-1983) jamiyatning nomafkuraviy nazariyasini hamda texnika va jamiyatning o‘zaro ilgari ta’siri tezisini surgan. XX asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy-texnika taraqqiyoti industrial jamiyatni butunlay o‘zgacha sifatlarga ega postindustrial jamiyatga aylanishi haqidagi g‘oyalar ishlab chiqila boshlandi. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri amerikalik sotsiolog D.Bellning fikricha tarix jamiyatda texnika taraqqiyotining darajasiga bog‘liq holda rivojlanadi. U jamiyat taraqqiyotining uch bosqichini ajratib ko‘rsatadi: industriyagacha, industrial va postindustrial. Yana bir amerikalik sotsiolog A.Toffler o‘zining “Uchinchi to‘lqin” (1980) asarida birinchi to‘lqin sifatida qishloq xo‘jaligi tsivvilizatsiyasini, ikkinchi to‘lqin sifatida industrial sivilizatsiyani ko‘rsatadi. XX asr oxiridan boshlangan uchinchi to‘lqinningn nomini olimlar turlicha nom bilan atashmoqda: kosmik yoki elektron era, texnotron jamiyat. Toffler informatsion jamiyat atamasini qo‘llamagan bo‘lsa-da, uning asari chop etilgach, ushbu so‘z mashhur bo‘lib ketdi. Amerikalik tadqiqotchi J.Nesbitt esa o‘z asarlaridan birida postindustrial jamiyatni informatsion jamiyat deb atadi. Garvard universiteti qoshidagi Strategik tadqiqotlar institutining direktori S.Xantington 1996 yilda chop etilgan shov-shuvli “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning pessimistik nazariyasini keltiradi. Ushbu asarda insoniyatning kelajagini sivilizatsiyalar qarama-qarshiligi belgilab beradi degan fikr ilgari surilgan. Xantington diniy omil asos qilib olingan quyidagi sivilizatsiyalar ro‘yxatini keltiradi: g‘arbiy, pravoslav, islom, xitoy, hind, afrika (so‘roq ostida), Lotin Amerikasi. Bu o‘rinda g‘arb sivilizatsiyasi katolik-protestant dunyo sifatida qaralgan. Shunday qilib, sivilizatsion taraqqiyot xususida bugungi kunda ham yangidan-yangi g‘oyalar yaratilmoqda, yangicha modellar taklif etilmoqda. Bu jarayonda globallashuv ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. 2-savolning bayoni: Hozirgi zamon tarix fanida tarixiy jarayonni tushuntirishga nisbatan ikki asosiy yondashuv: formatsion va sivilizatsion yondashuvlar mavjud. 11 Uzoq vaqt davomida tarixni o‘rganishga formatsion yondashuv ustunlik qilib keldi. Formatsion yondashuv tarixni universal tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta’limotni ilgari surgan tadqiqotchilar fikrlarini tahlil qilib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan. Ammo alohida xalqlar tarixini jahon ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalari tarixining yagona doirasiga sig‘dirib bo‘lmaydi. Shu sababdan XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o‘zini oqlamadi. Ijtimoiy amaliyot, tarix tajribasi insoniyat jamiyati taraqqiyotiga formatsiyali yondashishning bir yoqlama, sun’iy ekanligini ko‘rsatdi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi. Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini tanlashga o‘rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo‘ylab formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi va betakrorligi yo‘qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi. Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo‘lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o‘zgacha, nochiziq 12 yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. Ma’lumki, formatsion yondashuv ob’yektiv ravishda mavjud bo‘lgan, inson irodasiga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni asos qilib oladi. Sivilizatsion yondashuv esa tarixiy jarayonning turli-tuman ko‘rinishlari, qirralarini hisobga oladi, bundan tashqari uning asosiy vazifasi inson va uning dunyoqarashi, ahloqiy va estetik qarashlarini o‘rganishdir. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali yondashish har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotiga noyob va takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Bunday yondashish mohiyatan formatsiyali yondashishga ziddir. Sivilizatsion yondashuv asosan ko‘p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi. Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonlarni, ularning o‘ziga xosligini chuqurroq anglash, har bir mamlakat tarixi bilan jahon tarixi o‘rtasidagi umumiylik, o‘ziga xoslik va betakrorlikni bir – biridan farqlashga, har bir jamiyatning qiymati va uning jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rnini aniqlash imkonini beradi. Bu yondashuvning eng muhim jihati tarixning ko‘p qirrali va ko‘p tarmoqli jarayon sifatida baholanishidir. Bunda tarixiy jarayonni tushunish uchun xalqlarning dini, madaniyati, mentalitetiga, ya’ni ma’naviy-ahloqiy va intellektual omillarga katta ahamiyat beriladi. Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizatsiyani) o‘rganadi, jamiyatni esa statik deb e’tirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi. Demak, bu ikki yondashuv bir-birini butkul rad etmaydi, har holda formatsion yondashuvning elementlarini sivilizatsion tahlilga kiritish mumkin, chunki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – sivilizatsion jarayonning muhim qismidir. Shu sababdan inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv yo‘llarini izlash lozim. Bugungi kunda tarixning shunday bir sintetik talqini vujudga keladiki, unda mualliflar bu har ikki muqobil yondashuvlarning ijobiy g‘oyalaridan 13 foydalanishga va ularning kamchiliklari o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladilar. Bugungi kunda sivilizatsiyaga doir keng tarqalgan nazariyalar orasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: sivilizatsiyaning chiziqli, bosqichli nazariyalari, lokal sivilizatsiyalar va jahon tarixiy bosqichi nazariyalari. Ushbu nazariyalar antik davrlar, o‘rta asrlarda va yangi davrda ishlab chiqilgan tarixiy konsepsiyalar asosida shakllangan. Qadimgi davrlardayoq insoniyat tarixining takrorlanib turuvchi bosqichli aylanma harakati to‘g‘risidagi g‘oyalar shakllangan. Buni qadimgi dunyoning ko‘plab xalqlarida kuzatish mumkin. Shu bilan birga yo‘naltirilgan, ortga qaytmas, zamonaviy tilda aytganda, chiziqli evolyutsiya haqidagi tushunchalar ham yuzaga keldi. Masalan, yunon shoiri Gesiodning (m.a VII asr ) “Mehnatlar va kunlar” asarida insoniyat taraqqiyoti yaxshidan yomonga qarab boruvchi tanazzul sifatida ko‘rsatilgan. Bu tushkun modelga qarama-qarshi ravishda insoniyat taraqqiyotini tinimsiz mukammalashib boruvchi jarayon sifatida qaragan g‘oyalar ham vujudga kelgan. Rim shoiri Tit Lukretsiy Kar (m.a. I asr) “Ashyolarning tabiati” asarida insoniyat taraqqiyoti xuddi shu nuqtai nazardan ko‘rsatilgan. O‘rta asr mutafakkirlari insoniyat taraqqiyotining chiziqli g‘oyasini rivojlantirishgan. Insoniyatning chiziqli tarixiy taraqqiyot jarayonida mukammallashib borishi haqidagi qarashlar sivilizatsiyaning bosqichli konsepsiyasiga asos bo‘ldi. Sivilizatsiyaning bosqichli nazariyalari sivilizatsiyani insoniyat progressiv taraqqiyotining yaxlit jarayoni sifatida o‘rganadi va bu jarayonda ma’lum bosqichlar ajratiladi. Bu jarayon o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga ega: “buyuk daryolar” vodiylarida sivilizatsiyaning dastlabki o‘choqlari yuzaga kela boshlagan m.a. IV-III ming yilliklar. XX asr oxiriga kelib sivilizatsion areal deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Bugunga qadar mavjud bo‘lgan va bugungi kunda mavjud sivilizatsiyalar miqdorini aniqlab bo‘lmaydi, zero sivilizatsiyalarning aniq vaqt va hududiy chegarasi, sivilizatsiyalarni ajratib ko‘rsatishning aniq universal mezonlari yo‘q. Shu sababli sivilizatsiya nazariyalarini ishlab chiqqan turli olimlarning ro‘yxatlari bir-biriga to‘liq mos tushmaydi. Masalan, Danilyevskiy til guruhlari asosida 15 ta madaniy – tarixiy tipni ajratib ko‘rsatgan bo‘lsa, Shpengler sakkizta “yuksak madaniyat” larni sanab o‘tgan. Biroq bu barcha ro‘yxatlar mukammal emas. Shu o‘rinda sivilizatsiyalarning quyidagi ayrim turlarini sanab o‘tish mumkin: dastlabki (avtoxton) sivilizatsiyalar, an’anaviy sivilizatsiyalar, yo‘ldosh sivilizatsiyalar, yangilangan sivilizatsiyalar, o‘rta sivilizatsiyalar, monolit sivilizatsiyalar, sintetik sivilizatsiyalar, agrar sivilizatsiyalar, industrial sivilizatsiyalar, kontinental sivilizatsiyalar, dengiz, okean sivilizatsiyalari. Deyarli barcha sivilizatsiyalar bir vaqtning o‘zida bir necha turga aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, ibtidoiy davrdan o‘sib chiqqan qadimgi Yunon sivilizatsiyasi yangilangan, monolit, agrar, dengiz sivilizatsiyasi edi. Olimlarning fikricha sivilizatsiyaning mohiyatini, uning o‘ziga xosligini turli omillar belgilaydi: tabiiy muhit, xo‘jalik yuritish tizimi, siyosiy tuzim, jamiyatning ijtimoiy tashkiloti, din (yoki din darajasiga chiqarilgan mafkura), ma’naviy qadriyatlar, mentalitet. Ularning nuqtai nazaridan, insoniyat taraqqiyoti sivilizatsiyalarning bir-biri bilan o‘rin almashashishi shaklida boradi, ularning har biri o‘z madaniy-tarixiy an’analari, ahloq normalari, diniy tizimlarini ishlab chiqadi. 4.Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati. Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri. Qadriyatlar to'g'risidagi fan — «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta'limot ma'nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o'rganadigan va u bilan shug'ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu to'g'rida nihoyatda kam ma'lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to'g'risidagi qarashlarimiz shitob bilan o'zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug'langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o'tgan o'n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O'zbekistonda qadriyatlarga e'tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — aksiologiyaning ko'pdan ko'p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida o'ziga xos o'rin tutmoqtsa. «Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidir», — deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O'tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday, «Qadriyat o'zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo'lsa-da, o'rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo'lmaydi. Qadriyatlar mavzuining tarixi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o'tmishga ega. G'arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g'oyalariga tayanadilar, ko'plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G'arbda qadriyatlar bilan shug'ullanadigan falsafiy soha — aksiologiya fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo'ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Aristotel va Gegellar katta e'tibor bergan bu mavzuning G'arb falsafasida o'z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz. Ammo ushbu mavzu ko'hna va navqiron Sharq, xususan O'zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G'arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan xoli bo'lmasa kerak. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga abadiy bitil162 gan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug'bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir. Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya'ni xalq og'zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to'g'risidagi asarlarda, Alpomish, To'maris va Shiroq to'g'risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko'plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma'naviy merosimizning yorqin namunasi — «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo'lganligidan unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o'sha davrdagi milliy g'oyalar yorqin ifodalangan. Qadrlash to'g'risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E'tirof etish kerakki, Qur'on va Hadislarda ta'riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari xalqimiz tarixi va madaniyatiga ta'sir ko'rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko'pgina milliy qadriyatlarimizning yo'qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to'g'rida Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan. Sivilizatsiyamiz qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash me'yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining rivojiga ham nihoyatda katta aks ta'sir ko'rsatgan. Tarixda nomlari saqlangan allomalarimiz o'z navbatida butun jahon, Sharq madaniyatiga g'oyat katta hissa qo'shganlar. Bunday fikrni Abu Hanifa, al-Buxoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari to'g'risida ham aytish joiz. Ularning har biri o'z zamonasida islomni sivilizatsiyamizning yuksak madaniyati nuqtayi nazaridan targ'ib va tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko'tardilar, mazkur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo'lishida muhim faoliyat ko'rsatdilar. Ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni zamona zayllari orasidan o'tish jarayoniga ko'rsatgan nihoyatd katta ta'siri to'g'risida maxsus tadqiqotlar olib borish mumkin. Afsuski, manbalar yetarli bo'lishiga qaramasdan, yurtimiz sivilizatsiyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlarining madaniyati taraqqiyotiga ta'siri to'g'risida yozilgan asarlar haligacha kam, bu to'g'rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish zaruriyati allaqachon yetilgan. Masalaning muhimligi atoqli qomusiy olimlar — Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, al-Farg'oniy, Ulug'bek, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi sivilizatsiyamizning zabardast namoyandalari ijodi va merosi ko'zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon sivilizatsiyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo'shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta'sirining butun olamga yoyilishida xizmat qilganlar. Afsuski, dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan sobiq ittifoqda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqotlar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat o'tgan asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba'zi mutaxassislar tomonidan tahlil qilina boshlagan bo'lsa-da, 90-yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o'z o'rniga ega bo'lmadi. Hukmron mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan maxsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq ittifoqda birorta ham darslik yoki o'quv qo'llanma chop etilmagan, hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, tarixchi kabi mutaxassislar tayyorlaydigan ijtimoiy bo'limlarida ham bu sohaga oid maxsus bilimlar berilmas edi. «Qadr» va «qadriyat» tushunchalari, qadrsizlanish muammosi. Qadriyatlar to'g'risida G'arbda keng tarqalgan «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta'limot) fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko'pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo'lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. Bu borada «Qadr» tushunchasiga katta ahamiyat qaratish lozim. U muayyan qadriyatning, ya'ni biron-bir narsa, voqea, liodisa yoki biror idealning inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushunchadir. «Qadr» tushunchasi o'zbek tilida serqirra ma'no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba'zi ibora va so'zlarda o'ziga xos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Ana shu sababdan ham o'zbek tilida qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini anglash, avvalo, qadrning ma'nosini bilish orqali boradi. Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta'sirini uning o'zi baholay olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta'sirida uning qadri va ahamiyati namoyon bo'ladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta'sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi. Qadriyatlar muammosiga bag'ishlangan ilmiy-falsafiy manbalarning ko'pchiligida qadriyatni «baho» tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir xil daraja va ko'lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Ayni paytda qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog'onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi. Masalan, yurtni yov bosganda — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida — sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi. Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma e'tirof etgan yagona nuqtayi nazar yo'q. Ularni moddiy va ma'naviy, umumbashariy va umuminsoniy turlarga bo'lish mumkin. Bu shakllar ham ularga mos ravishda tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea, hodisa, jarayonlar o'zaro uyg'unlikda, qonuniy bog'lanishda, umumiy aloqadorlikda namoyon bo'ladi. Bunday hollardagi tahlil jarayonida ilmiy bilishning tizimlilik usuli, alohidalik, xususiylik va umumiylik, butun va bo'lak kategoriyalarining dialektikasiga asoslanish qo'l keladi. Qadrsizlanish — muayyan qadriyat yoki qadriyatlar tizimining o'z qadrini yo'qotishi yoki pasaytirishi jarayonini, insonning o'z obro'-e'tiborini, mavqeini yo'qotishi, nazardan qolishi ma'nosini anglatuvchi tushunchadir. Jamiyat taraqqiyotida sodir bo'ladigan umumiy qadrsizlanish birdaniga, bir kunda yoki to'satdan emas, balki tadrijiy ro'y beradigan jarayondir. Insoniyat tarixida qadriyatlar tizimi qadrsizlanib ketgan davlatlar va imperiyalarning tanazzulga yuz tutgani, yo'q bo'lib ketgani malum. Masalan, sobiq ittifoq hayotining oxirida, 80-yillarning oxirlarida ilgari zo'rlik bilan ushlab turilgan qadriyatlar tizimining butunlay qadrsizlanishi yaqqol ko'rinib qolgan edi. Oxir-oqibat, bu tuzum tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi. Qadrsizlanish jarayoniga sabab bo'ladigan ko'plab omillar mavjud. Muayyan qadriyat yoki bir necha qadriyat shakllarining haddan ortiq bo'rttirib yuborilishi, mutlaqlashtirilishi yoki siyqalashtirilishi, ularga noto'g'ri munosabatning muttasil siyosat usuliga aylantirilishi bunga sabab bo'lishi mumkin. Bunday holda qadriyatlar o'z mazmun-mohiyatini, odamlarning hayoti va faoliyati uchun umumiy mezon, ularning intiladigan ideal yoki ularni muayyan maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar qiluvchi mezon sifatidagi ahamiyatini yo'qotadi. Qadrsizlanish muayyan qadriyat, milliy manfaatlar, davlat siyosatiga ishonchsizlik, odamlarning «nimalar»dandir hafsalasi «pir» bo'lishi, ko'pchilikning ko'ngli «qolishi» tarzida ham namoyon bo'lishi mumkin. Har bir shaxs uchun jamiyatda o'z atrofidagilar o'rtasida o'z qadrini yo'qotish odamiylikni yo'qotish bilan barobar bo'ladi. Shuning uchun har bir shaxs qadrsizlanish so'zi anglatadigan ma'nodagi xususiyat o'zida shakllanib qolmasligiga intilishi zarur bo'ladi. Qadrsizlanish faqat shaxslar o'rtasidagina bo'lib qolmasdan, balki boshqa sohalarda ham ro'y berishi mumkin. Masalan, qimmatli qog'ozlar, pullar, ashyolar ham qadrsizlanishi mumkin. Bunday holatni dunyo davlatlarida ishlatiladigan mablag'lar va qimmatli qog'ozlar misolida ko'rish mumkin. Ba'zan qadrsizlanish oqibatida ma'lum bir mamlakatlarda pullar va qimmatli qog'ozlarni isloh qilishga zarurat seziladi. Qadrsizlanish iqtisodning barcha sohalarini qamrab olishi, muayyan davlat yoki butun jahon inqirozi tarzida ro'y berishi mumkin. Bunday hoi iqtisodiy bo'hronga olib keladi va butun dunyoda umumiy muammolarni keltirib chiqarishi shubhasiz. Mustaqillik va qadriyatlar tizimi o'zgarishi. Istiqlol yillarida O'zbekistonda bu mavzuga umuminsoniy tamoyillar asosida yondashish shakllandi. Istiqlol asrlar davomida shakllangan o'ziga xos sharqona va o'zbekona qadrlash masalalari va me'yorlarini qayta tiklash hamda zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishni kun tartibiga qo'ydi. Zero, mustaqil bo'lmagan mamlakatning qadriyatlar tizimi hech qachon to'kis bo'lmaydi. Mustamlaka mamlakatning ma'naviy hayotida mustamlakachilarning qadriyatlari ustuvor bo'lishi aniq. Faqat mustaqillikkina ushbu holatni tubdan o'zgartiradi, mamlakatning qadriyatlar majmuasini jahon tizimining teng huquqli va haqiqiy qismiga aylantiradi. Shu sababdan ham istiqlol yangi qadriyatlar tizimini shakllantirishni taqozo qildi. Bu zaruriyat esa qadriyatlarni qayta baholash, yurtimizda sharqona, azaliy va umuminsoniy qadrlash mezonlari ustuvor bo'lgan hayot tarzini shakllantirish jarayoni bilan uyg'unlashib ketdi. Qadriyatlar sohasidagi o'zgarishlarga e'tibor va bu boradagi yangi tamoyillardan ta'lim-tarbiyada foydalanish ehtiyoji oshayotganligining sababi ham ana shunda. O'zbekistonning milliy istiqloliga asoslanadigan yangi qadriyatlar tizimi shakllanish jarayonlari ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'naviy sohalardagi o'zgarishlar, respublikamizda qadriyatlar omili samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatning asosiy yo'nalishlari ham ilmiy o'rganishni talab qiladi. Ushbu masalani oydinlashtirish uchun tarixga murojaat qilish, undan tashbehlar izlash mumkin. Holbuki dunyodagi eng qadimiy sivilizatsiyalardan biriga mansub bo'lgan, o'z ildizlari bilan asrlar qa'riga borib taqaladigan va uch ming yildan ko'proq davrni qamrab oladigan xalqimiz tarixi, mustaqil O'zbekistonda shakllanayotgan yangi qadriyat tizimi va unga munosabatimizning tamal toshlarini qo'yadigan ma'naviy asosdir. Mustaqil O'zbekistonning rivoji qanchalik yuqori pog'onalarga ko'tarilib boraverar ekan, tarix sahifalariga murojaat qilish, undan tashbehlar izlash ehtiyoji shunchalik ortib boraveradi. Ammo hayot faqat tarixdan iborat emas. Tarix naqadar serqirra va serma'no bo'lmasin, bugungi va kelajakdagi o'zgarishlarni to'lato'kis qamrab ololmaydi, balki kelajakda tarixga aylanadigan jarayonlarga asos bo'ladi, xolos. Ijtimoiy taraqqiyot esa tarix silsilalari, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar orasidan o'ziga yo'l ochib boradi. Uning zamondagi bunday ilgarilanma harakati jamiyat taraqqiyotini umumijtimoiy qonuniyatidir. Bu qonuniyat qadriyat tizimlari, ularni tarkibiy qismlaridagi o'zgarishlar dialektikasi uchun ham umumiydir. Qadriyat tizimlarining zamona zayllari ta'sirida o'zgarishi va davr realliklariga mos holatga kelishi ham ana shu jarayonga bo'ysunadi. Bu jarayonda o'zgarishlar voqea va hodisalarni zamondagi ketma-ketligi tarzida ro'y beradi. Dialektik tafakkur esa ana shu davomiylikning in'ikosi, uni anglab olish vositasi sifatida namoyon bo'ladi. U qadriyatlarni o'zgarishi va yangi qadriyat tizimlari vujudga kelishi jarayonini anglab olish imkonini beradi. Hozirgi davrdagi turli nomutanosibliklar, zamona silsilalari va muammolari orqali shakllanayotgan yangi qadriyatlar tizimi vujudga kelish jarayonini tasavvur qilmoq u uchun ham dialektik tafakkur va ilmiy bilish usullariga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Jamiyatning tub burilish bosqichlarida qadriyatlar tizimi, kishilarni ularga munosabati o'zgarishi shunchalik shiddatli tus oladiki, bu jarayonning tezkor sur'atlarini anglash, izohlash va asoslashga eng dialektik tafakkur usuli ham ulgura olmay qoladi. Biz tadqiqotlarimiz davomida bu fikr to'g'riligiga ishonch hosil qildik. Bu davrda sobiq ittifoq tizimi bilan bog'liq davr o'tmishga aylandi. Xullas, O'zbekistonni mustaqil rivojlanish yo'liga o'tganligi yangi qadriyatlar tizimi shakllanishi va barqarorligini ta'minlaydigan asosiy omildir. Mustaqillik tufayli dunyoga eshik ochish, jahon maydoniga, taraqqiy etgan davlatlar qatoriga sobitqadamlik bilan kirib borish, o'zaro iqtisodiy, madaniy, ilmiy, savdo va boshqa sohalarda qizg'in hamkorlikni yo'lga qo'yish, O'zbekistonni, uning boy o'tmishini, madaniyatini, hozirgi kunini va bu yerda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar jarayonini dunyoga tanitish imkoniyatlari ochildi. Bugungi kunda zaminimizda yashayotgan va bizga zamondosh bo'lgan kishilar hayotida yangi davr boshlandi. Ya'ni mustaqil O'zbekistonimizning milliy istiqloliga asoslangan yangi qadriyatlar tizimini barqaror qilish, bu tizimda qadriyat shakllarining dialektik uyg'unligiga erishish, inson qadri, qobiliyati, iste'dodini namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish borasidagi dolzarb vazifalar hozirgi avlod umrining mazmuniga aylandi. Mazkur sohada zimmamizdagi vazifalarni bajarishda ma'naviy-ma'rifiy vositalar hamda targ'ibotning ta'sirchan usullarini qo'llash, faoliyatimizning ustuvor yo'nalishi bo'lib qolmoqda. Bu esa har birimizni ushbu yo'nalishda faol va omilkor bo'lishga undaydi hamda barchamizga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Tayanch tushunchalar: jamiyat, jamiyatning tuzilishi, oila, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati, taraqqiyot, sivilizatsiya, jahon sivilizatsiyasi, madaniyat, qadriyatlar, qadrlash va qadrsizlanish mezonlari. http://fayllar.org Download 66.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling