Reja: Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari tushunchasi, ularning mehnat huquqiy munosabatlarni tartibga


Jamoa shartnomasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi


Download 95.5 Kb.
bet2/3
Sana09.02.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1180042
1   2   3
Bog'liq
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari shartlarini bajarmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi

3. Jamoa shartnomasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi
Jamoa shartnomasining mazmuni deganda sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadini ko‘zlovchi va taraflar kelishib belgilaydigan shartlar (qoidalar) yig‘indisi nazarda tutiladi. Tarkibiy jihatdan bu shartlar uch turga:
a) normativ; b) majburiy; v) axborotga oid shartlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ shartlar – jamoa shartnomasi tomonlari o‘zaro kelishib belgilaydigan va mazkur korxona xodimlari uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan lokal normativ huquqiy qoidalar hisoblanadi. Jamoa shartnomasining normativ qoidalari huquqiy masalalarning uch guruhini hal qilishga qaratilgan bo‘lib, ular: 1) qonun hujjatlarida bu masalani hal qilishning jamoa shartnomasi tuzish tartibi nazarda tutilgan bo‘lsa; 2) qonunda nuqsonlar (probela) mavjud bo‘lsa va ularni jamoa shartnomasi vositasida hal qilish qonunlarga zid kelmasa; 3) qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini aniqlashtirish zarur bo‘lsa va uni jamoa shartnomasi orqali amalga oshirish imkoni bo‘lsa.
Mehnat Kodeksi va boshqa mehnat qonunlari jamoa shartnomasi normativ qoidalari bilan qonunchilik o‘rtasidagi nisbatni belgilagan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 4-moddasida aytilishicha: «Xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlarda, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa sharnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin». Bu qoidalar qo‘shimcha mehnat ta’tili berish, pensiyaga ustamalar qo‘shib berish, yo‘l-transport xarajatlarini qoplab berish, ovqat pulini to‘lash, boshqa qo‘shimcha to‘lov va kompensatsiyalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Korxonada mavjud bo‘lgan zararli va og‘ir ishlar, kasblar ro‘yxati, moddiy javobgar shaxslar doirasi, mehnat intizomini qo‘pol tarzda buzish tushunchasi va boshqa ko‘plab masalalar jamoa shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.
Jamoa shartnomasining majburiy shartlari taraflarning u yoki bu masalaga oid aniq majburiyatlarini, bu majburiyatlarni ko‘p marta takror-takror ijro etilishini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 37-moddasiga ko‘ra: «Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;
narxlarning o‘zgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatib olish shartlari;
ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddati;
xodimlarning, shu jumladan ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta’minlash;
korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirishda xodimlarning manfaatiga rioya qilish;
ishni ta’lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta;
jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sherikchilik, kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organlariga faoliyat ko‘rsatish uchun tegishli sharoit yaratib berish».
Jamoa shartnomasiga boshqa shartlar, shu jumladan xodimlar ahvolini qonunlarda belgilanadigan yaxshilashga, qo‘shimcha imtiyozlar berishga qaratilgan shartlar kiritilishi mumkin.
Jamoa shartnomasining axborotga oid shartlari Mehnat Kodeksidan, boshqa qonun hujjatlaridan olingan normalardan iborat bo‘lib, ularning hajmi ko‘payib ketishi mumkin emas.

4. Jamoa kelishuvi tomonlari, tuzilish tartibi va mazmuni


Jamoa kelishuvlari – bu xodimlar vakillik organlari va ish beruvchilar vakillik organlari ishtirokida tuziladigan, sotsial-mehnat munosabatlarini mamlakat, tarmoq yoki mintaqa doirasida tartibga solishga qaratilgan huquqiy-normativ aktdan iborat. Jamoa kelishuvi ham jamoa shartnomasi singari sotsial-sheriklikning huquqiy shakli bo‘lsada, ammo uning qo‘llanilish sohasi va xususiyati o‘zgachadir.


Mehnat Kodeksining 47-moddasida aytilganidek, jamoa kelishuvi qo‘llanish doirasiga ko‘ra bosh, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) kelishuvlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Jamoa kelishuvi tuzishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad – mamlakat, tarmoq, mintaqa miqyosida sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solishda umumiy tamoyillarni belgilashdan iborat. Jamoa kelishuvi tuzilishida ikki yoki uch tomon (markaziy yoki mahalliy davlat organi) ishtirok etadi.
Bosh kelishuv O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organi) va ish beruvchilarning respublika miqyosidagi birlashmalari o‘rtasida, taraflarning taklifiga ko‘ra esa O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan ham tuziladi. Bosh kelishuv ijtimoiy-iqtisodiy masalalar xususida kelishib siyosat olib borishning umumiy prinsiplarini belgilab beradi.
Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (boshqa xodimlar vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida, taraflar taklifi bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan tuziladi. Tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, mehnat shartnomalari va unga haq to‘lashni, tarmoq xodimlarining (kasbdoshlar guruhlarining) ijtimoiy kafolatlarini belgilab beradi.
Mintaqaviy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida, taraflarning taklifi bilan esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham tuziladi. Unda hududning xususiyatlari bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo‘llari belgilandi.
Jamoa kelishuvlari yuzasidan muzokaralar boshlash, uning loyihasini ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish tartiblari jamoa shartnomalari tuzish tartiblariga o‘xshashdir. Taraflar tamonidan imzolangan jamoa kelishuvi va uning ilovalari yetti kun muddatida kelishuv ishtirokchilariga, shuningdek bildirish ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlariga yuboriladi.
Jamoa kelishuvlari tamonlar kelishuvi bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Jamoa kelishuvi taraflar imzolagach kuchga kiradi va tomonlar belgilagan muddat davomida amal qiladi. Jamoa kelishuvining muddati uch yildan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling