Reja: Jarrohlik fani va uning vazifalari. Jarohat infeksiyasi, infeksiya turlari


Download 97.5 Kb.
bet8/8
Sana22.12.2022
Hajmi97.5 Kb.
#1041341
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aseptika va antiseptika. Desmurgiya va transport immobilizasiyasi

IBP-individual bog’lov paketi. Ommaviy shikastlanishlarda birlamchi bog'lam sifatida individual bog'lov paketi keng qo'llaniladi. Paket 2 ta 15x15 sm bo’lgan steril paxta-dokali yostiqchalardan iborat bo'lib, ular qalinligi 9 sm li steril bintga bog’langan. Yostiqchalardan biri qattiq mahkamlangan, ikkinchisi qo'zg’aluvchan bo'lib, uni kerakli joyga qo'yish mumkin. Ularning ichki qavati bir-biriga yopishib turadi. Bog’lov materiali oq qog'ozga o'ralgan bo'lib, rezinalangan qobig'i bor va chekkalari kleylab qo’yilgan. Qog'ozning ichki tomoni sterillangan. Bint oxirini mahkamlash uchun paket ichida to'g'nog'ich bor.
Individual paketdan foydalanish qoidalari: rezinalangan qobiq yirtib yechiladi, qog’oz qobiq ichidan to'g’nog’ich chiqarib olib, qobiq tashlab yuboriladi. Chap qo'l bilan bint (bin o’rami) uchidan ushlanib, o'ng qo'l bilan bint o'rami ushlanib, katta ochiladi, yostiqchaning rangli ip bilan tikilgan joyidan ushlab, kerakli joyga qo’yiladi, yostiqchalar bintlanib, bint uchun to’gnog'ich bilan mahkamlab qo’yiladi.
Transport immobilizasiyasi-immobiliz-lotinchada qimirlatmaslik degani. Immobilizasiya tananing shikastlangan qismni qimirlatmaydigan qilib qo'yishdir.
Immobilizasiya shikast yuz berganda sohada qimirlatmaslik holatini vujudga keltirib bu og'riq kamaytiradi va shu tariqa suyaklar va bo’g’imlar singanda shokka qarshi tadbir hisoblanadi, jarohat chekkasi siljishining oldini oladi va jarohat ichiga infeksiya tushishidan himoya qiladigan vosita hisoblanadi. Immobilizasiya suyak siniqlarini bir-biriga zich qilib ushlab turadi, bu keyingi xirurgik davolashni yengillashtiradi va singan suyakning tezroq bitishiga imkon beradi. Birinchi yordam ko'rsatishda to'g'ri immobilizasiya qilingan singan suyak shikastlangan kishini stasionarga immobilizasiya qilingan singan suyakka qaraganda tezroq bitadi. Singan suyakni immobilizasiyaa qilish asoratlar rivojlanishi suyak sinishi o'tkir chetlarini qon tomirlar, nervlar, muskullarni shikastlanishi xavfini kamaytiradi. Immobilizasiya suyaklar singanda, chiqqanda va bo’g'imlar jarohatlanganda yumshoq to'qimalar katta hajmda yaralanganda, kuyganda birinchi yordam ko'rsatishning asosiy usuli hisoblanadi, olinganida ham singan suyak o'rnidan qo'zg'alib ketmaydi. Bemor kasalxonaga keltirilgandan so'ng transport immobilizasiya doimiy immobilizasiya bilan almashtiriladi. Transport immobilizasiya ahamiyati katta qo'l oyoq shikastlanganda og'riqni kamaytiradi va travmatik shokka yo’l qo’yilmaydi. Qo'l oyoq shikastlangan uni taxtakachlanmasdan turib, bemorni transportga olish ya'ni juda qisqa masofaga eltish ham yaramaydi, aks holda singan suyak bilaklari o'rnidan qo'zg'alib, uning bitishiga to’siqlik qiladi. Suyak ochiq singanda va qo'l oyoqning ancha joyi jarohatlanganda esa infeksiya tarqaladi, singan suyak bilaklari qimirlab orqa tomir va nerv boshqa to'qimalarga shikast yetkazadi.
Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling