Reja: Jinoyatning subyekti va subyektiv tomoni tushinchasi
Download 20.52 Kb.
|
1 2
Bog'liqJinoyatning subyekti va subyektiv tomoni .
Jinoyatning subyekti va subyektiv tomoni . Reja: 1. Jinoyatning subyekti va subyektiv tomoni tushinchasi. 2.Ayb va uning shakillari 3.Jinoyat piridmeti tushinchasi va ahamyati Jinoyatning subyektiv tomonini aniq belgilash jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va adolatli, shaxsning aybi darajasini hisobga olgan holda jazo tayinlashning zaruriy shartidir. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining muhim xususiyatlaridan biri subyektning aqli rasoligi, ya’ni aybdorning o‘z harakatini boshqara olganligi va harakati tufayli kelib chiqqan oqibatning ijtimoiy xavfliligini anglashi hisoblanadi. Jinoyat kodeksining 20-moddasiga muvofiq, ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor, deb topilishi mumkin, ya’ni subyektiv aqli rasolik shuni anglatadiki, shaxs faqat qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan qilmishi uchun aybdor bo‘lgandagina jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning subyektiv tomoni deyilganda, aybdor shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatlariga bo‘lgan ruhiy munosabati tushuniladi.Jinoyatning subyektiv tomonini aniqlash sud-tergov amaliyotida ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu munosabat bilan jinoyatchi tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish, uning maqsadi va motivlarini chuqur o‘rganish lozim.Aynan jinoyatning subyektiv tomonini to‘g‘ri aniqlash jinoyatchi shaxsning ijtimoiy xavfliligi darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyatning maqsadi, motivi va aybni yetarlicha tadqiq etmaslik jinoyatni kvalifikatsiya qilishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga olib kelib, shaxsning u sodir etmagan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi, bu esa adolatli jazo tayinlash odillik prinsiрining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun sud-tergov amaliyotida jinoyatning motivi, maqsadi va aybni to‘g‘ri aniqlashga juda katta e’tibor berish kerak, chunki Jinoyat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, «shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi». Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidir. Jinoyatning maqsadi va motivi esa, subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanadi. Maqsadi va motiv jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanib, agar ular jinoyat huquqiy normada to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsagina, jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etadi, boshqa hollarda esa, ular jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi, balki jazo tayinlashda hisobga olinishi zarur.1994-yilgi Jinoyat kodeksida murakkab aybli jinoyatlarni sodir qilishda qasd va ehtiyotsizlikning uyg‘unligi birinchi marta ochib berilgan. Shu vaqtgacha bu tushuncha qonunda yo‘q edi. Jinoyat kodeksining 23-moddasida belgilanishicha: «Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi».Jinoyat kodeksida shunday normalar mavjudki, ularda ijtimoiy xavfli harakat aybning qasd shaklida sodir etilgan bo‘lishi mumkin, kelib chiqqan oqibatlar esa, ehtiyotsizlik orqasida yuz bergan bo‘lishi (masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa (Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi, «d» bandi). Bunda shaxs qasddan badanga og‘ir shikast yetkazadi, o‘limga nisbatan esa, ehtiyotsizlikdan munosabatda bo‘ladi, chunki aybdor javbrlanuvchining sog‘lig‘iga tajovuz qilganda uni o‘ldirish niyati bo‘lmagan. Umuman bu qilmish qonunga ko‘ra (Jinoyat kodeksining 33-moddasi) qasddan sodir etilgan, deb hisoblanadi.Biroq, shuni nazarda tutish lozimki, Jinoyat kodeksi aybning faqat ichki shaklini, ya’ni qasd va ehtiyotsizlikni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan murakkab aybli (23-modda) jinoyatlar aybning uchinchi shakli emas, balki shaxsning jinoiy qilmishida qasd va ehtiyosizlikning uyg‘unlashuvidir xolos.Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan har bir muayyan holda shaxsning aybini yuz bergan oqibatga nisbatan belgilash lozim. Shuning uchun, agar oqibat yuz bersa, unda shaxsning ehtiyotsizlikdan kelib chiqqan oqibatning yuz berishida aybi bo‘lmasa, uni yuz bergan oqibatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, murakkab aybli jinoyatlarda ehtiyotsizlik faqat jazoni og‘irlashtiruvchi oqibatlarga nisbatan bo‘lishi mumkin, lekin murakkab aybli jinoyatlar umuman qasddan qilingan jinoyat hisoblanadi.Ayb har qanday jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisidir. Aybsiz holda zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish va jazo tayinlanishi mumkin emas. Ayb deganda, shaxsning sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatlariga (qasddan yoki ehtiyotsizlik ko‘rinishidagi) bo‘lgan ruhiy munosabati tushuniladi. Jinoyat qonunchiligida va sud amaliyotida aybning og‘irligini anglatuvchi, uning miqdoriy xususiyatini aks ettiruvchi «aybning darajasi» tushunchasi ishlatiladi. Aybning darajasi shaxsning jinoyat holatlariga bo‘lgan munosabati shakllari va tarkibining jami bilan aniqlanadi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi bilan belgilanadi. Bular quyidagilardan iborat: ruhiy munosabatining xususiyatlari, jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni tavsiflaydigan holatlarga oid jinoiy qasd yoki ehtiyotsizlikning kelib chiqishiga turtki bo‘lgan sabab va shart-sharoitlardir. Yuridik adabiyotlarda ayb turlicha talqin etiladi. Qator mualliflar jinoyatning subyektiv tomonini tadqiq etishda ayb va jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasini aynan bir xil, deb hisoblashsa, boshqalari jinoyatning subyektiv tomoni aybga nisbagan keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga jinoyatning motivi va maqsadini ham qamrab oladi, deb hisoblaydilar. Shubhasiz, bular aynan bir xil tushunchalar emas.Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksida (Jinoyat kodeksining 20-moddasi) nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor, deb topilishi mumkin. Jinoyat kodeksining 20-moddasiga muvofiq jinoyat:qasddan;ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilishi mumkin.Aybning qasd shaklida jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan sodir etilishi mumkin. Jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt, deb hisoblanadi. Uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi. Qasddan sodir etilgan jinoyatga berilgan bu ta’rif to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladigan jinoyatlar tarkibiga nisbatan berilgan.Jinoyatni sodir etgan shaxs qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra bilgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, u to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan hisoblanadi. Jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining xavfliligini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra bilgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u egri qasd bilan sodir etilgan hisoblanadi.O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat, deb topiladi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tarixida birinchi marta 1994-yilgi Jinoyat kodeksida murakkab aybli jinoyat tushunchasi o‘z aksini topdi.Sud-tergov amaliyotida aybdorning sodir etgan jinoyati va yuz bergan oqibatlarga bo‘lgan munosabati har xil bo‘lgan hollarda jinoyatni kvalifikatsiya qilishda turli muammolarga duch kelinadi, bunday hollarda ayb shakllarining to‘g‘ri aniqlanishi sodir etilgan jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti ekanligidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining 23-moddasida murakkab ayb tushunchasiga ta’rif berilgan.Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmish uchun og‘irroq javobgarlik belgilangan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi.Jinoyat kodeksida javobgarlik ko‘zda tutilgan ko‘pchilik jinoyatlar qasddan sodir etiladi. Shubhasiz, qasddan sodir etilgan jinoyatlarning ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoridir. Shaxs qasddan jinoyat sodir etayotganida uni oldindan rejalashtiradi, batafsil tayyorgarlik ko‘radi. Shuning uchun qasddan sodir etilgan jinoyatlarga qarshi jinoyat huquqiy choralar yordamida kurashish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Buni hisobga olgan holda qonun chiqaruvchi organ tomonidan qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun qattiqroq jazo choralarini belgilagan. Masalan, qasddan odam o‘ldirganlik uchun (97-moddaning 1-qismi) o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirganlik (102-moddaning 1-qismi) uchun esa, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.Faqatgina qasddan sodir etilgan jinoyatlar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sirasiga kiritilgan. Shuningdek, qasddan jinoyat sodir etish alohida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi: bunga shaxsni o‘ta xavfli retsidivist, deb topish; jazodan shartli ozod qilishga nisbatan qattiqroq shartlar qo‘yilganligi va boshqalar kiradi.Qasddan sodir etilgan jinoyatlarning yana bir xususiyati shundaki, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish hamda jinoyatda ishtirokchilik faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlardagina bo‘ladi.Jinoyat kodeksining 21-moddasi, 1-qismida qasddan sodir etilgan jinoyat tushunchasiga ta’rif berilgan: «Ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt, deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi». Jinoyat kodeksining 21-moddasi, 2–3-qismlarida belgilanishicha: «Ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt, deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan, deb topiladi».Jinoyat kodeksining 21-moddasi, 4-qismida egri qasddan sodir etilgan jinoyatga ta’rif berilgan: «Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan, deb topiladi».Qasdning tafakkuriy (intellektual) va irodaviy belgilari mavjud. Тafakkuriy (intellektual) holat qasdning mazmunini, irodaviy holat esa uning yo‘nalishini belgilaydi. Shuning uchun qasdning mohiyati va yo‘nalishini tafakkuriy, irodaviy holatini to‘g‘ri belgilash, shubhasiz, jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga yordam beradi.Shaxs tomonidan jinoyatni faktik tomonining anglanishi jinoyat sodir etish vaqti, joyi, usuli, sharoitlarini tafakkuriy (intellektual) holat tarkibiga kiritish imkonini beradi. Biroq, ayrim olimlar ko‘rsatilgan belgilarga nisbatan aybdorning munosabatini tafakkuriy holat tarkibiga kiritishni noto‘g‘ri, deb hisoblaydilar. Bizning fikrimizcha, bu belgilar tafakkuriy holat tarkibida bo‘lmog‘i darkor. Misol uchun, aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini egallab olmoqchi bo‘lgan firibgar, bu harakatlarini jabrlanuvchini aldash osonroq bo‘lgan vaqt va sharoitida sodir etadi. Bunda firibgar o‘zganing mulkini egallash g‘ayrihuquqiyligini anglashi bilan bir qatorda, u o‘zining aldoviga haqiqat tusini berishi uchun ma’lum bir sharoitlarini yaratayotganligini ham biladi. Тafakkuriy holatning zaruriy belgilaridan yana biri – bu harakat yoki harakatsizlikni sodir etayotgan subyekt o‘z qilmishi oqibatida zararli oqibatlar kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilgan bo‘lishi kerak. Agar ayblanuvchi kelib chiqqan oqibatlarni oldin bilmagan yoki ko‘ra bilishi mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uni javobgarlikka tortish uchun asos ham bo‘lmaydi.Ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldin ko‘ra bilish deganda, subyektning jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga o‘z qilmishi tufayli yetkaziladigan zararning oldindan xayolan ko‘z oldiga keltirishi tushuniladi. Тo‘g‘ri qasdning tafakkuriy holati shaxsning ijtimoiy xavfli xususiyatdagi qilmishini anglashi va uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini ko‘ra bilishidir. Тo‘g‘ri qasdning irodaviy holati jinoyat sodir etgan shaxsning o‘zi sodir etgan qilmishidan kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatni istaganidir. O‘zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli ekanligini anglash deganda, shaxs jinoyat sodir etayotganida uning sodir etilishi tufayli vujudga keladigan barcha holatlarini tushunishi nazarda tutiladi. Masalan, shaxs qaysi obyektga zarar yetkazayotganligini, o‘z qilmishining g‘ayriqonuniy, ijtimoiy xavfli ekanligini tushunadi. Shaxsning o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglashi, insonning hayotiy faoliyati, bilimi, malakasiga bog‘liq. Masalan, o‘g‘rilik sodir etayotgan shaxs, shubhasiz, tegishli ruxsatsiz, shartnomasiz va boshqalarsiz o‘zganing mulkini olish mumkin emasligini tushunadi yoxud odam o‘ldirayotganida, birovni hayotidan mahrum qilishga haqqi yo‘qligini tushunadi va shu kabilar. Albatta, shaxs qandaydir holatlar (voyaga yetmaganlik, aqli norasolik) tufayli sodir etayotgan qilmishi xususiyatini anglamasa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Shaxsning o‘zi sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli ekanligini anglashi uning g‘ayriqonuniy ekanligini (ya’ni, uni sodir etish qonunda man etilganligini) anglashi zarur degani emas, ko‘pchilik hollarda, jinoyat sodir etayotgan shaxs uning g‘ayriqonuniy qilmish ekanligini anglaydi, ammo ayrim hollarda esa, u qandaydir qilmishning sodir etilishi qonunda man etilganligini bilmasligi mumkin, lekin shunga qaramasdan bu uni jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi, chunki qonunda qasd tushunchasiga aybdorning g‘ayriqonuniy qilmishni anglashi kirilmagan (Jinoyat kodeksining 21-moddasi). Ayrim jinoyat-huquqiy normalarda qilmishning g‘ayriqonuniy ekanligini avvaldan bilishni ko‘rsatish shaxs uning g‘ayriqonuniy ekanligini anglashi sifatida kiritilgan. Masalan, Jinoyat kodeksining 113-moddasi birinchi bandida bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish; Jinoyat kodeksining 139-moddasida bila turib, boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy jazo ko‘zda tutilgan. Bu va boshqa jinoyat-huquqiy normalarda qilmishning jinoyat ekanligini oldindan bilganligi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishning zaruriy sharti hisoblanadi. Тo‘g‘ri qasdning tafakkuriy holati, ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etgan shaxsning o‘z qilmishi tufayli kelib chiqadigan xavfli oqibatlarni oldindan ko‘ra bilishida ifodalanadi. Shaxsning ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko‘ra bilishi deganda, shaxsning o‘z harakatlari natijasida tajovuz etilayotgan obyektga qanchalik zarar etishini oldindan tasavvur etishi tushuniladi.Тo‘g‘ri qasdning irodaviy holatida jinoyat sodir etgan shaxs muayyan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli muayyan oqibat kelib chiqishini (masalan, shaxs odam o‘ldirishda aynan birovni hayotdan mahrum qilishni), badanga shikast yetkazishda esa, aybdor aynan badanga og‘ir shikast yetkazilishni istaydi.Aynan irodaviy holat bo‘yicha to‘g‘ri qasd egri qasddan farq qilinadi, chunki to‘g‘ri qasdda aybdorning harakatlarida muayyan oqibatlarning yuz berish istagi mavjudligi bo‘lsa, egri qasdda esa, muayyan oqibat yuz berishi istagi emas, balki unga ongli ravishda yo‘l qo‘yilishi, ya’ni ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishiga aybdorning befarq qarashida ifodalanadi. Bunday hollarda qilmish aybdorning harakatlari tufayli yuz bergan oqibatlardan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, aybdor tajovuz qilayotib odam badaniga qandaydir jism bilan uradi va uning sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Aybdor urayotganda o‘z qilmishining ijtimoiy xavfliligini anglaydi va uning harakatlari natijasida jabrlanuvchining sog‘lig‘iga ziyon etishini biladi (tafakkuriy holat belgisi) va ongli ravishda jabrlanuvchi sog‘lig‘iga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yadi.Egri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda aybdor ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishini xohlamaydi. O‘z-o‘zidan egri qasdda shaxs oqibatga nisbatan aktiv emas, balki passiv munosabatda bo‘ladi. Zero, bu oqibatlar ushbu jinoyat tarkibining tashqarisida joylashgan boshqa maqsadlarga erishishga qaratilgan aybdor jinoiy qilmishining salbiy natijasidir. Shuning uchun egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarning to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan qilmishlariga nisbatan xavflilik darajasi pastdir. Ongli ravishda yo‘l qo‘yish, eng avvalo, ijtimoiy xavfli qilmishni kelib chiqishini istamaslikda ifodalanadi. Egri qasddan harakat qilayotgan shaxs bu oqibatlarni kelib chiqishidan manfaatdor emas, shunday bo‘lsa-da, boshqa maqsadlarga va hatto, jinoiy bo‘lmagan maqsadlarga erishish uchun bularning kelib chiqishiga tayyordir.Ongli ravishda yo‘l qo‘yish egri qasdning irodaviy tomoni sifatida, shuningdek, aybdor shaxsning o‘z harakatlari ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishiga befarq munosabatda bo‘lish shaklida ham namoyon bo‘ladi. Shu sababdan ayrim vaqtlarda egri qasd «jinoiy befarqlik», deb ham nomlanadi. Shunday holatlar ham mavjudki, aybdor ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishini xohlamaydi, lekin ularning oldini olish imkoniyati yo‘qligini ham tushunadi. Misol uchun qo‘shnisini uyiga o‘t qo‘yayotgan shaxs, uy ichida harakat qila olmaydigan nogiron shaxs borligini biladi va uning o‘lishini xohlamaydi, biroq, shunday bo‘lsa-da, buning oldini olish imkoniyati yo‘qligini tushunadi va o‘ylagan maqsadidan qaytmaydi. Qonunda imkoniyat yo‘qligini tushunish u yoki bu ayb shakliga kiritilmagan. Jinoyat huquqi nazariyasida va amaliyotda bunga to‘g‘ri qasdning bir ko‘rinishi sifatida qaraladi.Aybdorning harakatlarida to‘g‘ri qasd mavjud bo‘lgan hollarda, u shaxs sog‘lig‘iga ma’lum darajada zarar yetkazilishini istaydi (masalan, kishining u yoki bu a’zosini kesish, inson sog‘lig‘ini buzish va boshqalar), agar aybdor ko‘zlagan oqibat yuz bermasa, uning harakatlari bu jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish, deb kvalifikatsiya etilishi kerak. Masalan, aybdor jabrlanuvchining badaniga shikast yetkazish maqsadida unga sulfat kislota quyib yuborsa, biroq, obyektiv sabablarga ko‘ra, u istagan natijaga erisha olmasa, uning harakatlarini qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishga suiqasd qilish, deb kvalifikatsiya qilinishi kerak (Jinoyat kodeksining 25 va 104-moddalari bo‘yicha).Shubhasiz, egri qasddan sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan to‘g‘ri qasddan sodir etilgan jinoyat yuqori xavfga ega, shuning uchun sud buni jazo tayinlashda hisobga olishi kerak. Formal tarkibli jinoyatlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 21-moddasi, 1-qismida: «Ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt, deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi», deb belgilangan. Formal tarkibli jinoyatlarda aybdorning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga bo‘lgan munosabati (irodaviy belgi) ijtimoiy xavfli qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatiga ega emas, chunki formal tarkibli jinoyatlarda oqibat jinoyat tarkibidan tashqariga chiqarilgan. Masalan, tuhmat, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish (Jinoyat kodeksining 139-moddasi, 1-qismi) yoxud haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash (Jinoyat kodeksining 140-moddasi) bu jinoyatlarni oxiriga yetgan, deb topish uchun ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishning sodir etilishi va uni sodir etish istagi kifoya. Ko‘rinib turibdiki, bu jinoyatlarni oxiriga yetkazilgan qilmish, deb topilishi uchun ularning sodir etilishining o‘zi kifoya.Formal tarkibli jinoyatlar egri qasddan sodir etilmaydi, chunki egri qasdda aybdor sodir etayotgan qilmish oqibatining ro‘y berishini istamasa-da, unga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. Qasdni to‘g‘ri belgilash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ayb shaklini to‘g‘ri belgilash, adolatli jazo tayinlanishi, javobgarlikni differensiallash imkonini beradi.Jinoyat huquqi nazariyasida olimlar qasdni oldindan o‘ylangan, to‘satdan paydo bo‘lgan turlarga ajratiladi. Qasdning bu turlari bir-biridan uning shakllanish vaqti bilan farq qiladi. Oldindan o‘ylangan qasdda jinoyat sodir etish to‘g‘risidagi niyat paydo bo‘lishi va uni amalga oshirish o‘rtasida muayyan vaqt o‘tadi, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda jinoyat sodir etish to‘g‘risida fikr paydo bo‘lishi bilan jinoyat sodir etilish vaqtini ma’lum bir muddat ajratib turadi. Qasd to‘satdan paydo bo‘lganida, shaxs jinoyat sodir etish to‘g‘risida xohish paydo bo‘lgani hamon uni amalga oshiradi yoki jinoyat qasd paydo bo‘lgan vaqtdan keyingi qisqa muddat ichida amalga oshiriladi. Тo‘satdan paydo bo‘lgan qasd bilan sodir etilayotgan jinoyatning, odatda, avvaldan o‘ylab sodir etilgan qilmishga nisbatan xavflilik darajasi pastroq. Ko‘pchilik hollarda bunday jinoyatlarning sodir etilishi ayrim holat va sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, jabrlanuvchining provakatsion (ig‘vogarona) xulqi, mulkni yetarlicha qo‘riqlamaslik va shu kabilar; to‘satdan paydo bo‘lgan qasdning yana bir ko‘rinishi kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan jinoyat sodir etish bo‘lib, yuridik adabiyotlarda bunday holat «affekt holati» deyiladi.Ammo kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) holati jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqoratidan yoxud g‘ayriqonuniy harakatlariga javob sifatida paydo bo‘lgan bo‘lishi kerak. Shaxs kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etganida uning o‘z harakatlarini nazorat qilishi ma’lum darajada pasayadi, o‘z irodasini boshqara olmaydi va o‘z harakatlari oqibatini yetarli darajada baholay olmaydi. Shuning uchun qonunda kuchli ruhiy hayajonlanish yengillashtiruvchi holat, deb belgilangan. Masalan, Jinoyat kodeksining 98-moddasida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirganlik uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutiladi kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganlik uchun qasddan badanga shikast yetkazishga nisbatan yengilroq jazo belgilanadi (Jinoyat kodeksining 106-moddasi).Qasdni egri va to‘g‘ri qasdlarga bo‘lish, nafaqat, nazariy, balki muhim amaliy ahmiyatga ham egadir. Misol uchun qilmishda egri yoki to‘g‘ri qasd borligini aniqlamasdan turib, umuman aybning qasd shakli mavjudligi haqida fikr yuritib bo‘lmaydi. Qasd turlarini aniq farqlash, bir qator jinoyat huquqi institutlarini tushunish uchun ham zarurdir. Misol uchun jinoyatga suiqasd qilish faqatgina to‘g‘ri qasdda mavjud bo‘ladi, shuningdek, jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, qilmish va aybdor shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash uchun ahamiyatlidir.Subyektning qilmishi eng muhim faktik va amaliy xususiyatlariga qarab qasd aniq, alternativ va noaniq turlarga bo‘linadi. Aniq qasdda aybdor erishiladigan aniq maqsadni belgilaydi va aniq zararli oqibatlarni kelib chiqishini ko‘ra biladi.Alternativ qasdda aybdor o‘z qilmishi oqibatida ikki va undan ortiq muayyan oqibatlarning kelib chiqishiga bir xil imkoniyatlar borligiga ko‘zi yetadi. Alternativ qasd bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan haqiqiy zararga qarab, kvalifikatsiya qilinadi.Noaniq qasdda subyekt qilmishning obyektiv xususiyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi hamda yetkazilgan zararning hajmini aniq tasavvur qilmasa-da, u haqdagi umumiy tasavvurga ega bo‘ladi. Misol uchun, shaxsni urish, dupposlashda aybdor tan jarohati yetkazayotganligini anglaydi, lekin uning yengil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir darajada bo‘lishini bilmaydi. Download 20.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling