Reja: Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari
Download 0.81 Mb.
|
Reja Kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Appertseptsiya hodisasi
Bu - sezgilarimizdir. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo‘lib, unda shaxsning u yoki bu ob’ektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol o‘ynaydi. “Idrok tug‘mami yoki o‘zlashtirilganmi?” - degan savol ahamiyatlidir. Har ikkalasiga ham ( tug‘ma hamda o‘zlashtirilgan) deb javob bera olamiz. Idrok - his tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar orqali boyitib boriladi. Shu sababli ham bizga turli darajadagi tahlil natijalari zarur bo‘ladi. “Oddiy” tushunchalar bu inson miyasining yaratuvchilik mahsulidir.
Ushbu rasmda noaniq bo‘lgan ot yoki tyulen shakli mavjud. Agar 10 ta odamdan ferma hayvonlari haqida o‘ylashlari so‘ralsa, ushbu 10 ta odamdan taxminan 7 tasida ot haqida, bordi-yu ulardan dengiz hayvonlarini o‘ylashlari so‘ralsa 10 ta odamdan 7 tasida tyulen haqida tushuncha hosil bo‘ladi. Idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi.164 Idrok tushunchasining yuqori bosqichi esa appertsentsiya deyiladi. Appertseptsiya- idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni bilan birbirlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o’zini ilm saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o’simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug’chilik shaklida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlarni aks ettiradi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling