Reja: Keramik materiallarni tasnifi
Download 17.01 Kb.
|
keramik materiallar va buyumlar
keramik materiallar va buyumlar Reja: Keramik materiallarni tasnifi Keramik materiallar uchun xom ashyo Keramik materiallarning asosiy xossalari Keramik materiallar va buyumlarni qurilishda qo’llanilishiGilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo’shilmalar kiritib, qoliplash va kuydirish yo’li bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik deb ataladi.Keramik materiallarni tasnifiQo’llanishi bo’yicha: devorbop (g’isht, keramik toshlar, keramik bloklar va panellar); tombop (keramik toshlardan qilingan bloklar, qoplama panellar, cherepitsa); binolar fasadini qoplash uchun (keramik g’isht va toshlar, fasad plitkalari, gilamga o’xshash keramika)binolar ichini qoplash uchun (sirlangan plitkalar, fason detallar, pol uchun plitkalar ); yo’l materiallari (g’ishtlar, toshlar); issiqlik izolyatsiya materiallari (g’ovakli ichi bo’sh g’ishtlar va toshlar); yengil betonlar uchun to’ldirgichlar ( keramzit , agloporit ), sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, unitaz, vanna va boshqalar ); kanalizatsiya va drenaj quvurlari.Sopolakni tuzilishiga ko’ra G’ovakli sopolakdan iborat keramik materiallar. Ularni suv shimuvchanligi, massasiga ko’ra 5% dan yuqori. G’ovakli keramika materiallar jumlasiga g’isht, ichi kovak toshlar, cherepitsa va boshqalar kiradi.Zich sopolakdan iborat keramika.Suv shimuvchanlik xossasi massasiga ko’ra 5% dan kam. Suyuqlik va gazlarni o’tkazmaydi. Zich keramikaga misol sifatida pol plitkalari, kislotaga chidamli g’isht va boshqalarni keltirish mumkin.Erish xarorati bo’yicha Yengil eriydigan – erish xarorati 1350°C dan kichik. (g’isht, keramik bloklar, cherepitsa) Qiyin eriydigan – erish xarorati 1350 – 1580°C (qoplama g’isht, pol plitkasi, kanalizatsion quvurlar) O’tga chidamli – erish xarorati 1580 – 2000°C. (fayans, farfor)Keramik materiallar uchun xom ashyoKeramik materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo – gil. Gil – tog’ jinslarining mayda dispersli fraksiyasi bo’lib, suv bilan plastic qorishma xosil qilish, qurigandan keyin unga berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilganidan keyin tosh qattiqligiga ega bo’lish hususiyatiga ega. Gil, tarkibida dala shpati bo’lgan magmatik va metamorfik tog’ jinslarining mexanik yemirilishi vakii hlihi hltiGillarning donador tarkibi gilli zarrachalar – o’lchami 0,005 mm dan kichik; changsimon zarrachalar – o’lchami 0,005 -0,16 mm; qumli zarrachalar – o’lchami 0,16-2 mm.Qo’shilmalar Gilni plastikligini kamaytiruvchi materiallar. Plastik sergil xomashyo, keramik materiallar ishlab chiqarishda kam ishlatiladi, chunki quritish va pishirish jarayonida ularning kichrayishi yuqori. Kichrayishni kamaytirish uchun xom ashyo aralashmasining takibiga plastiklikni kamaytiruvchi materiallar (qum, shlak, shamot) kiritiladi.G’ovak hosil qiluvchi. G’ovakligi yuqori va issiqlik o’tkazuvchanligi past bo’lgan yengil keramik materiallar olish uchun hom ashyo aralashmasining tarkibiga pishirish jarayonida yonib ketadigan qo’shilmalar kiritiladi (ko’mir kukuni, torf, yog’och opilkalar) Oson suyuqlanadigan mahsus qo’shimchalar. Ba’zi bir buyumlarni tayyorlashda pishirish xaroratini pasaytirish, qovushishini yaxshilash, buyumlarning zichligini oshirish maqsadida gilga maydalangan dala shpati, dolomit, magnezit kiritiladi.Plastikligini oshiruvchi qo’shilmalar. Tuproq gil xom ashyosini boyitish, uning plastikligini oshirish gillarning qoliplanish va qurish xossalarini yaxshilash uchun plastiklig bo`lgan gillar, sulfit spirtli barda va boshqalar qo’shiladi Keramik materiallarni ishlab chiqarishni asosiy usullariKeramik materiallarni ishlab chiqarishni asosiy bosqichlari: • xom-ashyo materiallarini qazib olish • xom-ashyo massasini tayyorlash • qoliplash • quritish • pishirish • pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish • omborlarda joylash • Gil qazib olish - odatda bevosita zavod yaqinidagi joylashgan karyerlardan ekskovator yordamida qazib olinadi. • Xom-ashyo massasini tayyorlash. Karyerdan qazib olingan va zavodga keltirilgan gil tabiiy holatda buyumlar qoliplash uchun yaroqsiz bo’ladi va tabiiy tuzilishni buzish, undan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash, yirik aralashmalarni maydalash, gilga qo’shimchalar aralashtirish kerak. • Buyumlarni qoliplash. Buyumlarni qoliplash usullari 3 hil bo’ladi: –Plastik yarim quruq –quymaPlastik usul – buyumlarni plastik gil massalaridan tayyorlash eng keng tarqalgan usul. Tabiiy gil suv bilan aralashtirilib namligi 18- 22% bo’lgan gil massasi tayyorlanadi. Massa pressni qabul qiluvchi bunkeriga yo’naltiriladi. Bunkerda massa shnek yordamida qo’shimcha aralashtiriladi, zichlanadi va pressning chiqish teshigi orqali brus korinishida siqib chiqariladi. To’xtovsiz chiqayotgan brusni avtomatik kesish qurilmasi uni alohida qismlarga qirqib ajratadi.Yarim quruq usulda qoplama plitkalar, pol plitkalari va boshqa yupqa keramik buyumlar qoliplanadi. Bu usulda plastikligi past, kam gilli xomashyodan g’isht va boshqa buyumlar tayyorlash mumkin. Massaning namligi 8-12%. Bu xom-ashyoning qurishini 2 barobar qisqartiradi. Bu usulda buyumlar 15-40 MPa bosim ostida presslarda qoliplanadi. Yarim quruq usulda presslanadigan xom- ashyo aniq shaklga, o’lchamlarga, mustah- kam burchak va qirralarga ega bo’ladi, 30% yoqilg’i tejaladi. Bu usulda keramik materiallarni ishlab chiqarish uchun xom-ashyoni 50% zarrachalari 1mm dan kichik va 50% 1-3 mm bo’lishi mumkin.G’ishtni yarim quruq usulda ishlab chiqarishQuyma (shliker) usuli sanitariya- texnikasi va qoplama plitkalarni tayyorlash uchun qo’llaniladi. Bu usulda namligi 45% ortiq, oldindan maydalangan gil massasi (shliker) mahsus qoliplarga quyiladi. • Buyumlarni quritish. Qiyshayish va darz ketishni oldini olish uchun buyumlar pishirishdan oldin 5-6 % namlikgacha quritiladi. Buyumlarni tabiiy va sun’iy usulda quritish mumkin. Tabiiy quritish uchun katta maydon va uzoq muddat (10-15 kun) kerak bo’ladi. Zavodlarda xom ashyo vaqti-vaqti bilan ishlaydigan kamerali va uzluksiz ishlaydigan tunelli quritgichlarda 120-150°C da sun’iy usulda quritiladi. Quritish muddati bir necha soatdan 72 soatgacha davom etadi. • Buyumlarni pishirish Pishirish jarayoni 3 davrga bo’linadi: –hom ashyoni qizdirish; –pishirish; –sovutish.Qizdirish jarayonida xarorat 100-200°C gacha ko’tariladi, bunda erkin yoki fizik bog’langan suv chiqarib yuboriladi va kera- mik massa plastikligini yoqotadi. 450-600 °C da gilli mineraldagi va hom ashyo aralashmasining boshqa birikmalaridagi organik aralashmalar yonib ketadi, kimyo- viy bog’langan suv chiqib ketadi va gil massasi amorf xolatga tushadi. 800-900°C da pishirish jarayonida oson eriydigan zarrachalar eriydi va erimagan zarrachalarni o’rab oladi, buyumlar zichlanadi va mustaxkamligi oshadi.1000°C da yangi kristall silikatlar xosil bo’ladi. Gil massasi zichlanadi va cho’kadi . Bu cho’kish olovli cho’kish deb ataladi. Gilni turiga ko’ra u 2-8% bo’lishi mumkin. Zavodlarda keramik materiallar halqasimon pechlarda 900-1100°C xaroratda 3-4 kecha-kunduz davomida pishiriladi. Yoki tunnel pechlarida 1200- 1250°C xaroratda 18-34 soatgacha pishiriladi.Pishirish xarorati intervallari: • 900 –1100°C – g’isht, keramik toshi, keramzit • 1100 –1300°C – pol plitkalari, fayans. • 1300 – 1450°C – farfor. • 1300 –1800°C – olovbardosh keramika. • Navlarga ajratish va saqlash. Pechdan chiqarib olinganidan keyin keramik buyumlar navlarga ajratiladi. Buyumlar sifati – pishirish darajasi, tashqi ko’rinishi, shakli, o’lchamlari va turli nuqsonlari bor-yo’qligiga qarab aniqlanadi. Pishirish darajasi bo’yicha buyumlar normal, chala va o’ta pishgan buyumlarga bo’linadi.Qurilishda qo’llaniladigan keramik materiallar va buyumlar • Devorbop materiallar: g’isht, kovakli g’isht, kovakli bloklar, devor panellari. • Pardozlash materiallari: sirtqi g’isht va toshlar, glazur bilan sirlangan g’isht, keramika plitkalar, gilam nusxa keramika, pol plitkalari.• Sanitariya-texnikasi buyumlari: keramik quvurlar, drenaj quvurlar, vanna, radiator va boshqalar. • Mahsus keramik materiallar: issiqlik izolyatsiyasi, yo’l g’ishti, olovbardosh keramika, kislotaga chidamli keramika. Download 17.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling