Reja: Kibеrmakоn tushunchasi. Kibеrmakоn va jamiyat. Kibеrmakоn va din


Download 169.33 Kb.
bet12/20
Sana25.10.2023
Hajmi169.33 Kb.
#1721208
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
3-mavzu sitqi

Krishnani anglash jamiyati qadimgi hind muqaddas kitoblari – Vedalarga asoslangan, yangi paydo bo’lgan diniy birlashmalardan biridir. Dunyo bo’yicha Krishnachilarning umumiy soni aniq emas. Krishnachilarning ta’kidlashicha, dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari bor.
Jamiyat 1966 yilda AQShda paydo bo’lgan. Asoschisi – A.Ch.Bxaktivedanta Svami Prabxupada. 1970-yillardan e’tiboran krishnaizm turli mamlakatga tarqala boshlagan. 1971 yil iyunda Shrila Prabxupada Moskvaga kelgan. Shu vaqtdan boshlab krishnachilarning sobiq Sho’ro mamlakatidagi rivojlanishi boshlangan.
Krishnachilar o’z faoliyatida Shrila Prabxupadaning asarlariga asoslanadilar. 1990-yillarning o’rtalarida Toshkent shahrida joylashgan Krishnani anglash jamiyati vakillari shaharning turli burchaklarida ibodat kiyimlarida yurib, turli Adabiyotlar sotish bilan shug’ullanganlar. Ular bilan olib borilgan tadbirlar natijasida krishnachilarning bu turdagi faoliyatiga barham berildi.
Shunday ekan, missionerlik respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi uchun tahdid ekanini chuqur anglash, uning oldini olish hamda qarshi kurash bo’yicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib borish har bir fuqaroning millat va Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi.
Missiоnеrlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asоslari. Missionerlik uchun javobgarlik masalasining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi», degan qoida mustahkamlab qo’yilgan.
Bu ham missionerlik va prozelitizm harakatlari konstitutsiyaviy tamoyillarga butunlay zid ekanini ko’rsatadi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda yuqoridagi konstitutsiyaviy tamoyil yanada konkretlashtirilganini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, ushbu Qonunning 5-moddasida «Davlat diniy konfessiyalar o’rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo’llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar», degan qoida mustahkamlab qo’yilganini ta’kidlash zarur.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish» masalasiga bag’ishlangan moddasida «Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi», deb belgilab qo’yilganini ham ta’kidlash zarur.
Missionerlikning asl mohiyatini ochib tashlash, uning oldini olish bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Birinchi galda respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha diniy konfessiyalar vakillarining uchrashuvlari, davra suhbatlari va boshqa shakllardagi muloqotlarini o’tkazishga alohida ahamiyat berilmoqda. Uchrashuvlarda tub aholini masihiy mazhablariga jalb etmaslik, diniy missionerlik faoliyati bilan shuQullanmaslik, o’zbek tilida diniy Adabiyotlarni chop etmaslik va tarqatmaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida fuqarolararo va millatlararo totuvlikka raxna solish ehtimoli bo’lgan diniy tashkilotlarning ro’yxatdan o’tishlari, ularning da’vat ruhidagi diniy Adabiyotlar tarqatishlarining oldi olinmoqda. Jumladan, diniy materiallar o’rganib chiqilib, missionerlik yo’lida foydalanish mumkin bo’lgan Adabiyotlarlarning respublika hududiga olib kirilishi taqiqlangan.
Adliya vazirligi va Din ishlari bo’yicha qo’mita tomonidan diniy tashkilotlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishda ularning faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganish hamda diniy tashkilotlarning rahbarlari va a’zolari tomonidan amaldagi qonunchilikni chuqur o’rganish va unga og’ishmay amal qilishga ham alohida e’tibor berilmoqda.
Shu bilan birga, aholi orasida diniy bilimlarni, xususan, yot va zararli diniy oqimlar hamda firqalar haqidagi xolis ma’lumotlarni tarqatish, dindan, diniy qadriyatlardan ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda foydalanishni kuchaytirish choralari ko’rilmoqda.
Ko’rilayotgan chora-tadbirlar tufayli respublikamizda konfessiyalararo totuvlik va bag’rikenglik ustuvorlik qilmoqda.
Shunday bo’lsa-da, har bir fuqaromizning missionerlikning mohiyatini chuqur anglab etishi, befarqlik va loqaydlikka yo’l qo’ymagan holda uning oldini olish bo’yicha ishlarda faol ishtirok etishi ana shu barqarorlik muhitini saqlab qolish va yanada mustahkamlashning kafolati ekanini qayd etish lozim.



Download 169.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling