Reja: Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish


Download 44.07 Kb.
bet7/8
Sana24.03.2023
Hajmi44.07 Kb.
#1291767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1515138918 69863

Chiziqli-shtabli tuzilma. Chiziqli-shtabli tuzilma har bir chiziqli rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatchilar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablartuzishyo'libilantashkiletiladi.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o'rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo'lishiga sabab korxonalarda vazifalarning murakkabligidir.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo'lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga mas’ul bo'lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat berish vazifasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlardan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan iboratdir.
Bu tarkibning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o'z diqqatlarini ilmiy tadqiqot ishlariga emas, balki, asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi boshqaruv tizimida ortiqcha bo'g inlaming paydo bo'lishi, natijada boshqaruv tezkorligining susayishi, boshqaruv xarajatlarining o sishiga olib kelishidir.
Funksional tuzilma. Funksional tuzilma tarkibi rahbarlar va tarkib bo'g inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan. Bunda har bir boshqaruv bo'g iniga muayyan vazifalar biriktirib quyiladi.
Boshqaruv apparatini funksional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha oshiradi. Boshqaruvning hamma vazifalarini bajarishi lozim bo'lgan universal rahbarlar o'rniga o'z sohasini puxta biladigan, o'z shtatiga ega bo'lgan, o'ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislarapparati paydo boMadi.
Funksional bo'linmalar bevosita barcha quyi tarkib bo'linmalarining faoliyatini boshqaradi. Funksional boshqarish u yoki bu vazifa vakolatiga taaluqli tor doiradagi masalalar bo'yicha quyi bosqichning organ va bo'linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo'limi sexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funksional bo'limlar rahbarlarining vertikal bo'yicha ierarxiyasi va bo'ysunishi mavjud. Ammo chiziqli tarkibdan farqli o'laroq, bunday bo'ysunish ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo'ysunishdir. Masalan, korxona reja bo'limining boshlig'i sex reja byurosi boshlig'iga, hatto aynan shu vazifaga doir masala bo'yicha ham buyruq berish huquqiga ega emas. Biror ma’muriy buyruqni korxona direktori sex boshlig'iga berishi mumkin, sex boshlig'i esa sex reja byurosi boshlig'iga shunday buyruq beraoladi.



Download 44.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling