HAMKORLIKNING MADSADI - Muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida kimyo va gaz-kimyo sanoati sohasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘lami yildan-yilga sezilarli darajada oshib borayotgani va bu borada ayniqsa, Kimyo-muhandislik milliy korporatsiyasining (CNCEC) o‘rni katta ekanligi alohida qayd etildi.
- “Men so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurdim va ko‘rib turibmanki, O‘zbekiston barcha sohalarda sezilarli darajada taraqqiy etganiga guvoh bo‘ldim. Ishonchim komilki, hamkorligimiz kelajakda yanada rivojlanadi”, – dedi, korporatsiya prezidenti Ven Gan.
- Muloqot chog‘ida ikki mamlakat kimyo va gaz-kimyo sanoatini yanada rivojlantirish masalalari va istiqbolli yo‘nalishlarning keyingi bosqichlari muhokama qilindi. Shundan so‘ng tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida kimyo va gaz-kimyo sanoatida strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.
- Hozirgi kunda CNCECning “China National Chemical Engineering No. 7 Construction Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan gaz-kimyo sanoatining “Ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Metanolni polipropilenga (MTP) qayta ishlash majmuasi qurilishi”, “Metanolni olefinlarga (MTO) qayta ishlash majmuasini qurish”, “Polibutilenadipattereftalat (PBAT) ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi ana shunday yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda.
- Bundan tashqari, xorijiy tomon oqova suvlarni tozalash inshootlari va infratuzilmasini qurish, avtomobil yo‘llari qurish, shuningdek, kam uglerodli rivojlanish va qayta tiklanuvchi yashil energiya manbalari loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
3.Kimyo sanoatining rivoji - Prezidentning 10.10.2022 yildagi «Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ-388-son qarori qabul qilindi.
- Kimyo va gaz-kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan kimyo teхnologik klasterlarini rivojlantirish dasturi ma’qullandi. Dasturga muvofiq quyidagilar tashkil etiladi:
- «Navoiy kimyo teхnoparki», «Fargʻona kimyo teхnoparki» va «Qoraqalpogʻiston kimyo teхnoparki»;
- «Oʻzkimyosanoat» AJ ta’sischiligida MChJ shaklida har bir teхnologik klasterni boshqarish direksiyalari;
- «Oʻzkimyosanoat» AJ tarkibida Kimyo va gaz-kimyo teхnologik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish loyiha ofisi.
-
- Qonunchilikka muvofiq maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari va ularning direksiyalari uchun nazarda tutilgan soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar teхnologik klasterlar ishtirokchilari va direksiyalariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
-
- Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
-
- 2023 yil 1 aprelga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda «Navoiyazot» AJda teхnik kompleks oʻrganish ishlari oʻtkaziladi. 2023 yil 1 sentyabrga qadar ushbu korхonani rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
-
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Navoiy viloyati hokimligi 2023 yil 30 iyunga qadar toifasi oʻzgartirilayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi yerlar oʻzlashtirilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |