Reja: Kimyoviy reaksiyalarning turlari va oksidlanish darajasi
Download 95.42 Kb.
|
7 OKSIDLANISH - QAYTARILISH REAKSIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tabiatdagi va qishloq ho’jalagidagi ahamiyati
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI
4)Kuchli ishqoriy muhitda qaytaruvchi etishmayotgan kislorodni gidroksid ionidan olib oksidlanadi va suv hosil qiladi. 2OH - -2e ↦ [O] + H2O SO32-+2OH- - 2e ↦ SO42-+H2O J- + 6OH- -6e ↦ JO3- + 3H2O 1-misol. KNO2+KMnO4+H2SO4=MnSO4+KNO3+K2SO4+2H2O Reaksiya paytida eritmani pushti rangi o’zgarib rangsizlanadi. Yarim reaksiya usulini ishlatish uchun reaksiyada qatnashgan ionlarni alohida ko’chirib yoziladi: NO2-+MnO4-+H ↦ NO3-+ Mn2++ ….. Oksidlovchining qaytarilgan va qaytaruvchining oksidlangan mahsulotlarini ko’rsatuvchi yarim reaksiyalar tuziladi. MnO4 -↦ Mn 2+ (1) NO2 -↦ NO3 - (2) (1) yarim reaksiyaga 1 qoidani (2) yarim reaksiyaga (3) qoidani qo’llaymiz. MnO4 - + 8H+ +5e ↦ Mn2+ + 4H2O 2 NO2- + H2O -2e↦ NO3- + 2H+ 5 Bu reaksiyalardagi strelkalarni tenglik ishorasiga aylantirish uchun o’ng va chap tomondagi zaryadlar sonini tenglashtirish kerak. Umumiy reaksiyani tuzish uchun oksidlovchi qabul qilgan va qaytaruvchi yo’qotgan elektronlar sonidan foydalanib va eng kichik ko’paytuvchiga ko’paytirib hadma had qo’shamiz: 5NO2-+5H2O+2MnO4-+16H+=5NO2-+10H++2Mn2++8H2O O’xshash ionlarni qisqartirib reaksiyaning ion tengalamasini hosil qilamiz: 5NO2-+2MnO4-+6H+=5NO2-+2Mn2++3H2O Ion tenglamadan molekulyar tenglamaga o’tish uchun ion tenglamaning chap va o’ng tomoniga mos keladigan anion va kationlarni qo’shamiz, shundan so’ng ionlarni molekulalarga birlashtirib molekulyar tenglamani hosil qilamiz. 5NO2-+ 2MnO4-+ 6H+= 5NO2- +2Mn2+ + 2H2O 5K++ 2K++ 3SO42- = 5K+ + 2SO42-+ 2K+ + SO42- 5KNO2+2KMnO4+3H2SO4=5KNO3+2MnSO4+K2SO4+3H2O Oxirgi tenglama oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining to’liq molekulyar tenglamasi xisoblanadi. 2-misol. 2KMnO4+3Na2SO3+H2O=3Na2SO4+2MnO2+2KOH MnO4-+ SO32-+H2O→MnO2+ SO42-+…… Oksidlovchi uchun (2) qoidani va qaytaruvchi uchun (3) qoidani qo’llab yarim reaksiyalarni yozamiz: MnO4-+2H2O+3e↦MnO2+4OH- 2 SO32-+H2O-2e ↦SO42-+2H+ 3 2MnO4-+3SO32-+H2O=2MnO2+SO42-+2OH- To’liq molekulyar tenglama yozish uchun mos ionlar qo’shiladi: 2KMnO4+3Na2SO3+H2O=3Na2SO4+2MnO2+2KOH Vodorod peroksidi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida sharoitga qarab xam oksidlovchi xam qaytaruvchi xossasini namoyon etadi. 3-misol. H2O2+FeSO4+H2SO4 →Fe2(SO4)3+H2O Fe2+–2e ↦Fe3 + 1 2 H2O2+2H+ +2e↦2H2O 2 1 2Fe2++H2O2+2H+=2Fe3++2H2O Bu reaksiya molekula xolda quyidagicha yoziladi: H2O2+2FeSO4+H2SO4=Fe2(SO4)3+2H2O 4- misol. KJ+H2O2 →J2+KOH 2J -–2e ↦J2 1 H2O2+2e ↦2OH- 1 5-misol. NaCrO2+H2O2+NaOH=Na2CrO4+H2O CrO2-+4OH-–3e ↦CrO42-+2H2O 2 H2O2+2e ↦2OH- 3 2CrO2-+2OH-+3H2O2=2CrO4 2-+4H2O 2NaCrO2+3H2O2+2NaOH=2Na2CrO4+4H2O Vodorod peroksidi kuchli oksidlovchilar bilan (KMnO4, (NH4)2Cr2O7, K2Cr2O7 va boshqalar) bilan qaytaruvchi bo’lib reaksiyaga kirishadi va oksidlanadi. 6-misol. H2O2+MnO4-+H+→O2+Mn2+……. H2O2-2e ↦O2+2H + 5 MnO4-+8H++5e ↦Mn2++4H2O 2 5H2O2+2MnO4-+6H+=5O2+2Mn2++8H2O 5H2O2+2KMnO4+3H2SO4=5O2+2MnSO4+H2SO4+8H2O 7-misol. H2O2+[Fe(CN) 6]3-+OH-=O2+[Fe(CN)6]4-+……… H2O2+2OH--2e↦O2+2H2O 1 [ Fe(CN)6]3-+1e ↦[Fe(CN)6]4- 2 H2O2+2OH-+2[Fe(CN)6]-=O2+2H2O+2[Fe(CN)6]4- H2O2+2K3[Fe(CN)6]+2KOH=O2+2K4[Fe(CN)6]+2H2O 4. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tabiatdagi va qishloq ho’jalagidagi ahamiyatiOksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tabiatda keng tarqalgan bo’lib, kimyo sanoatida, xalq xo’jaligi tarmoqlarida va qishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda. Biologik va yashash jarayonida muhim bo’lgan nafas olish, yemirilish va fotosintez ko’p bosqichli katalitik reaksiyalardir. Fotosintez - fotokimyoviy qaytarilish jarayonidir. Bu oksidlanishqaytarilish reaksiyalari asosida uglevodlar, lipidlar (yog’lar), proteinlar (oqsil) va nuklein kislotalar hosil bo’ladi. Biosferani tarkibiy qismi tuproq hisoblanadi. Ko’p miqdordagi oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar tuproqni tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Masalan: ikki va uch valentli temir birikmalari hamda ikki, uch, to’rt valentli marganets birikmalari va boshqalar. Tuproqni oksidlanish-qaytarilish potensiali optimal holatda bo’lsa, o’simliklar normal rivojlanadi. Hozirgi vaqtda tuproqni oksidlanish qaytarilish potensialini boshqarish, ya'ni normal darajaga olib kelish, qishloq xo’jaligi xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda. Savollar: Murakkab oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni ekvivalentini aniqlash. Oksidlanish qaytarilish potensiallari. Quyida keltirilgan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga koeffitsientlar tanlang: Сl2 + NaOH ↦ NaClO3 + NaCl + H2O Zn+ HNO3 ↦ Zn( NO3 )2 + NH4NO3 + H2O FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATIFrancis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik) Anatol Malijevskґy.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik) A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik) A. Abdusamatov, S. Zakirov, R.Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -2013. (darslik) Download 95.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling