Reja: Kimyoviy tajribalar vazifalari, o‘qitishni nazorat qilish
-sinf Laboratoriya tajribalari
Download 91.5 Kb.
|
1424104828 60035
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8- sinf Laboratoriya tajribalari.
7-sinf Laboratoriya tajribalari:
1. Fizik xossalari turlicha bo‘lgan moddalar (osh tuzi, shakar, ichimlik soda, mis kuporosi, alyuminiy, rux, temir, mis, suv, spirt, oltingugurt, yod) bilan tanishish. 2. Fizik hodisalarga misollar: parafin (sham)ni suyuqlantirish, shakar yoki osh tuzini suvda eritish, eritmani bug‘lantirish, spirt, sirka, efirning bug‘ini hidlash yo‘li bilan farqlash. 3. Kimyoviy hodisalarga misollar: (qog‘oz, spirt, gaz, gugurt cho‘pining yonishi, mis tolasini spirt lampasi yoki gaz alangasida qizdirish, xlorid kislotaning bo‘rga ta’siri reaksiyalarni bajarish va kuzatish. 4. Oddiy va murakkab moddalar: minerallar, tog‘ jinslari, metallar va metalmaslar namunalari bilan tanishish. 5. Birikish (ohakni so‘ndirish), parchalanish (malaxitning parchalanishi), o‘rin olish (mis (II)-xlorid tuzi eritmasiga tozalangan temirni tushirish) reaksiyalariga doir tajribalarni bajarish. Oksidlarning namunalari bilan tanishish. 7. Yonilg‘ilarning turli xillari va ulardan unumli foydalanish usullari bilan tanishish. 8. Kislota eritmasiga rux ta’sir etib vodorod olish. 9.Vodorodning mis (II)-oksid bilan o‘zaro ta’siri va bu reaksiyaning amaliy ahamiyatini o‘rganish. 10. Suvning oksid (kalsiy oksid, mis (II)-oksid, uglerod (IV)-oksidlar bilan o‘zaro ta’siri, hosil bo‘lgan eritmalarda indikatorlar rangini o‘zgarishi. 12. Natriy, kalsiy va temir (III)- gidroksidlarining xossalari bilan tanishish. 13. Suvda erimaydigan asoslarning kislotalar bilan o‘zaro ta’siri. 14. Kislotalar eritmalariga indikatorlar ta’siri. 15. Kislotalarning metallar bilan o‘zaro ta’siri. 1 Kislotalarning metall oksidlari bilan o‘zaro ta’siri. 17. Mis (II)-gidroksidning qizdirilganda parchalanishi. 8- sinf Laboratoriya tajribalari. 1. Turli kimyoviy bog‘lanishga ega bo‘lgan moddalar (kaliy, kaliy xlorid, oltingugurt, yod) kristall panjaralar nusxalarini tayyorlash. 2. Elektrolitlar dissotsiyalanish nazariyasi mavzui bo‘yicha tajribalar o‘tkazish. Har xil moddalar eritmalari bilan bir qatorda mineral o‘g‘itlar, mahalliy o‘g‘itlar, tuproqning suvli so‘rimi, oziq moddalar shirasi ustida miqdoriy tajribalar o‘tkazish maqsadga muvofiq. 3. Xlorid kislota, galogenid kislotalar tuzlari va yod uchun sifat reaksiyalarini olib borish. 4. Tuproq tarkibida xloridlar borligini aniqlash. 5.Galogenlarning birikmalari eritmalaridan bir-birini siqib chiqarishi. Galogenlarning suvda va organik erituvchilarda eruvchanligini o‘rganish. 7. Turli kimyoviy bog‘lanishga ega bo‘lgan moddalar (kaliy xlorid, oltingugurt, yod) kristall panjaralari nusxalarini tayyorlash. 8. Oltingugurt namunalari va uning tabiiy birikmalari bilan tanishish. 9. Turli eritmalarda sulfat anioni borligini aniqlash. 10. Kimyoviy reaksiya tezligiga turli sharoit ta’sirini ko‘rsatuvchi tajribalar bajarish. 11. Ammoniy tuzlariga (ammoniy xlorid) ohak ta’sir etib ammiak olish va uning ayrim fizik xossalari bilan tanishish. 12. Mineral o‘g‘itlar namunalari bilan tanishish. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling