Reja: kirish 1 geterosiklik birikmalar
Pirimidin va uning hosilalari
Download 360.29 Kb.
|
MAKTAB DASTURIDA GETEROHALQALI BIRIKMALARNI O’QITISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki halqali (kondensirlangan) sikllari bo’lgan geterosiklik birikmalar
Pirimidin va uning hosilalari
Pirimidin darmondorilar, nuklein kislotalar, sintetik dorivor moddalar tarkibiga kiradi. Pirimidin nuklein kislotalar tarkibiga urasil, timin va sitozin holida kiradi: Pirimidinning ko’p sonli gidroksil-, amino- va tio-hosilalari medisinada dorivor vositalar sifatida qo’llaniladi. Ikki halqali (kondensirlangan) sikllari bo’lgan geterosiklik birikmalar: Bularning eng ko’p ahamiyatga ega bo’lganlari purin va ularning hosilalaridir. Purin va uning hosilalari P urin pirimidin va imidazol xalqalarining kondensirlanishidan hosil bo’lgan murakkab geteroxalqali sistemadir: Purin molekulasi aromatik xossaga ega. Unda qo’sh bog’larning sakkizta -elektronlari va ikkilamchi azot atomining umumlashmagan elektronlar jufti aromatik deset hosil qiladi. Purin hosilalari tabiatda keng tarqalgan. Ular nuklein kislotalar va nukleoproteidlar tarkibiga kiradi. Bulardan tashqari purin hosilalari organizmda muhim ahamiyatga ega: kofein – markaziy asab tizimi qo`zg`atuvchi va yurak faoliyatini kuchaytiruvchi, shuningdek siydik haydovchi – lekin teofillin va teobromindan kuchsiz. Teofillin (1-metilksantin) choy bargida uchrasa, teobromin (3,7-dimetilksantin) kakao mevasida 1,8% gacha uchraydi. Kofein kofeda 3%, choy bargida 5% gacha bo1ladi. Barcha oksi- va amino-purinlar yuqori temperaturada suyuqlanuvchi (300°C dan yuqori), rangsiz kristall moddalar bo‘lib, suvda yomon eriydi. Siydik kislota, mochevina bilan birga siydik tarkibiga kiradi va tirik organizmdan siydik tarzida birga ajraladi. Qush va sudralib yuruvchilar, bo‘g‘ma ilonlar chiqindisida uning miqdori 90% gacha bo‘ladi. Adenin va guanin nuklein kislotalarning asosiy qismini tashkil etib, bular choy, qandlavlagi tarkibida ko'p miqdorda bo‘ladi. A l k a l o i d l a r Alkaloidlar - tarkibida azot atomi tutgan, asos xossalariga ega bolgan, ayrim o‘simliklar tarkibida uchraydigan, odam va hayvon organizmiga kuchli fiziologik ta’sir qiladigan murakkab organik birikmalardir. Ko‘pgina o‘simlik ekstraktlarining shifobaxsh va zaharli xususiyatlari juda qadim zamon-lardan ma’lum. Fransuz farmatsevti Segen (1804-yili) tozalanmagan morfmni, nemis farmatsevti Sertyumer (1906-yili) toza morfmni, ms olimlaridan F. I. Gize (1815-yili) xininni, A. A. Voskresenskiy (1842-yili) teobrominni ajratib oldilar. Alkaloid koniinning (C8H17N) tuzilishi 1886-yilda aniqlangandan so‘ng alkaloidlar kimyosi keng rivojlanib ketdi. Hamma o‘simliklar alkaloid saqlamaydi. Ko‘knoridoshlar, dukkaklilar, ayiqtovonguldoshlar, zirkdoshlar kabi oilalarga kiruvchi o‘simliklar alkaloidlarga boydir. Alkaloidlarni toza holatda o‘simliklardan ajratib olish ancha murakkab va ko‘p mehnat talab qiladi. Ular o‘simliklarda, asosan, tuz holida uchraydi. Alkaloidlarni erkin asos holida ajratib olish uchun o‘simlik maydalanadi, so‘ngra ammiak yoki soda eritmalari bilan ho‘llanadi va biror erituvchi (efir, xloroform, spirt) bilan ekstraksiya qilinadi. Olingan ekstrakt suyultirilgan kislotalaming, masalan, 10% li H2S04 eritmasi bilan ishlanadi. So‘ngra kislotali eritmaga eritma ishqoriy muhitga o‘tgunga qadar ishqor yoki ammiak eritmasi qo‘shiladi va alkaloidlar tegishli erituvchilar yordamida ekstraksiyalab ajratib olinadi. Bu usulda alkaloidlar aralashma holida oli-nadi. Hozirgi vaqtda alkaloidlar aralashmasidan toza individual alkaloidlarni ajratib olish uchun xromatografiya usullarining barcha turlari (adsorbsion, ion-almashuvchi, yupqa qatlamda xroma-tografiya, gaz-suyuqlik xromatografiya) va hozirgi zamon analitik usullar keng qo‘llaniladi. Rus olimi akademik A. P. Orexov Rossiyada alkaloidlar kim yosiga asos soladi. O‘zbek olimlari, mehnat qahramonlari, akademiklar S. Y. Yunusov va O. S. Sodiqovlar alkaloidlar kimyosi maktablarini yaratib, o‘zlarining shogirdlari bilan birgalikda o‘zbek alkaloidlar kimyosini dunyo miqyosiga olib chiqishga muyassar bo‘ldilar. Download 360.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling