Reja: Kirish. 1 Inson hayoting xotiraga muhrlangan davri- bolalik
Download 13.45 Kb.
|
Mening maktabda-WPS Office
,,Mening maktabdagi bolaligim ʼʼ Reja: Kirish. 1 Inson hayoting xotiraga muhrlangan davri- bolalik Asosiy qism 1 Maktab inson kamoloti shakklanadigan dargoh. 2. Maktab bolalikning eng begʻubor onlari. 3 Bolaligim qoldi ortimda... Xulosa. Maktab bu yangi O'zbekiston ostonasi, kelajak avlod poydevori! Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi ( M. Shavkat Mirziyoyev) Bolalik - bu baxt va beparvolik, xayolparastlik va shamol parvozlari bo'lgan ajoyib vaqt. Hozir ham yulduzli osmonga qarab, orzu qilishdan to'xtamayman. Bir kun kelib biz kattalarga aylanamiz, lekin hozircha bolalik deb atalgan bu bolalar ertakining har bir daqiqasini, har bir soniyasini qadrlashimiz kerak. Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo ta`lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqida gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot- o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini yaxshi tasavvur qilamiz. Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimiga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Inson o‘z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz. Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki , ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chindan ham, o‘qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo‘tabar zotdir. Ona tilimizda “maktab ko‘rgan”, “maktab yaratgan” degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning , zahmatkash o‘qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o‘rin tutishidan dalolat be Maktab - o'qituvchi rahbarligida yosh avlodga maʼlumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasi. Maktab – inson kamoloti shakllanadigan muqaddas dargoh. Har bir inson borki, maktab ostonasiga qadam qo`yar ekan, o`zining eng beg`ubor, eng samimiy, eng go`zal davrlarini yodga oladi. Biz pedagoglarning asosiy vazifamiz -kelajakni yaratuvchi bilimli, Vatanimiz ishonadigan,diyorimiz sha`nini ulug`laydigan farzandlarimizga bilim berish va tarbiyalashdir. Ilk bor jajji qalbimga katta orzular, yuksak maqsadlar, intilishlar olib kirgan muqaddas maskan - maktab. Har tongda men intiladigan dargohdir maktab. Insonning o’zligi, o’z mohiyatini anglaydigan, uning ma’naviy dunyosini shakllantiradigan ulug’ maskan maktabdir. Maktab o’z vatanini sevadigan, uning taraqqiyoti uchun mas’ul insonni tarbiyalaydi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i, eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir degan edilar. Prezidentimiz I. A. Karimov o’zining ,,Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch’’ asarida. Haqiqatan ham minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan o’z o’quvchilariga hayot maktabini o’rgatadigan mo’tabor zot ustozdir. Maktab - bu boshlanishi. U asta-sekin shaxsni shaxsga aylantiradi, bu erda biz o'z "men"imizni quramiz. Maktab bizning bilim va ko'nikmalarimizning asosiy manbai, aksariyat hollarda biz bugun nima qilishimiz va nima qilishimiz mumkinligini shu erda o'rgandik. Unda biz halol, sezgir, maqsadli bo'lishni o'rganamiz, jamoada yashashni va barcha muvaffaqiyatsizliklarimizdan omon qolishni o'rganamiz, chunki maktab yillarida birinchi marta ko'p narsa sodir bo'ladi. Maktabda biz nafaqat bilim olamiz, balki do'stlar bilan muloqot qilamiz, yangi tanishlar orttiramiz, ularning ba'zilari Yaqin do'stlar biz hayot uchun. O'qituvchilar haqida alohida so'z aytmoqchiman. Ularning bizga bo'lgan e'tibori, sabr-toqati tahsinga sazovor, buning uchun ustozlarimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. maktab o'qituvchilari dangasaligimiz, tartibsizliklarimizni engishga, shu bilan to'xtab qolmaslikka va yangi g'alabalar uchun oldinga borishga o'rgating! Ular bizga dono maslahat berishlari ham mumkin.Yillar o'tadi va biz maktabni, sinfdoshlarni, o'qituvchilarni eslaymiz. Bu xotiralar yaxshi bo'ladi, chunki maktab yillari ajoyib yillardir Bolalik - eng ajoyib va tashvishsiz vaqt! Bu safar sehr va samimiy quvonch, shubhasiz amalga oshadigan jasur orzular bilan to'la. Biz ertaklarga, ezgulik yovuzlik ustidan g'alaba qozonishiga ishonamiz. Va biz aniq bilamizki, oldimizda hali ko'p yo'l bor. Maktabim- mening ikkinchi maskanim! Unga go'dak onasiga talpinganidek oshiqaman! Zero, u qo'llarimdan asta tutib, bilim, idrok aql va odob-axloq tushunchalarini berdi! Do'stlarim ko'paydi. Dardkashim va suyanchlarim bisyor. Sinfdoshlarim yonimda qalqon. Hammalari biri-biridan quvnoq hazilkash va mexribonlar! Men ular bilan qancha hodisotlarni boshimdan o'tkazdim! Shodlik, qayg'u, janjal, ilk muhabbat kechmishi va ho.K... Maktabni tamomlayotgan chog'imda esa, bu barcha voqealar ko'z o'ngimda gavdalanar, beixtiyor ko'zimga yosh qalqirdi...! Ichimda bir sado jaranglar. Quloq tutsam: "Maktabim-seni tashlab ketgim kelmayapdi" Ha, nachora bolalik onlarimiz o'tgan ushbu manzilgohni tark etish, buni ta'riflolmayman... Vaqtlar o'tgani sayin, ikkinchi maskanim, jonajon maktabimni sog'inaman! Qani vaqt orqaga qaytgudek bo'lsa, men maktab davrimga, sinfdoshlarim davrasiga qaytgan bo'lardim! Sen xotira, ongu-shuurimda mangu yashaysan qadrod maktabi. Davlatimiz rahbarining “yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, degan g‘oyalari hayotimizga tobora chuqur singib bormoqda. Bu ezgu tashabbus zamirida ilm-fan va taʼlim-tarbiyani taraqqiy toptirish, kelajak avlodlarni har tomonlama barkamol voyaga yetkazish, ona Vatanimizga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlashdek buyuk maqsadlar mujassam. Shu maʼnoda, mazkur taʼlim maskani bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Joriy o‘quv yilida maktab taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan umumilliy saʼy-harakatlar davom ettiriladi. Ôtgan bolaligim yoddan chiqmaydi Beg'ubor damlarim kutub tursaydi, A'lo baholarni olardim Ustoz! ... Bolaligim qoldi ortimda, Bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Bunga barcha e’tiborimiz va resurslarimizni safarbar qilamiz. Qiyin yo‘lni tanlayapmiz, lekin shu yo‘l muammolarni yechadi», dedi Shavkat Mirziyoyev. Maktablarni yaxshilash faqat Xalq ta’limi vazirligining emas, balki barcha vazirlik va idoralar, hokimliklar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Umuman, o‘qitish metodikasi, darsliklari, partadan tortib, binosigacha to‘liq qayta ko‘rib chiqamiz. Ta’limga, muallimga sharoit yaratmasak, jamiyat o‘zgarmaydi. Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qilish kengashlari tuziladi. Respublika kengashiga shaxsan o‘zim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh bo‘ladi», – dedi prezident. Yana qayerda , qaysi davlatda, mamlakatda bor shunday inkoniyatlar . Bu imkoniyatdan samarali foydalanish va Vatanimizga , ajdodlarimizga munosib avlod boʻlish barcha yoshlarning asosiy vazifasi hisoblanadi nazarimda. Download 13.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling