Reja: Kirish. 1 Tashkiliy hujjatlar
Download 155.69 Kb.
|
1 2
Bog'liqish yuritish huquqi
Tashkiliy hujjatlar va uning turlari
Bunday hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu hujjatlar guruhiga nizomlar, yo'riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar kiradi. Guvohnoma Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga bo‘linadi. 1. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har bir kishi ishga yoki o'qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o'qishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi bilan birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-chiqish huquqini beradi. 2. Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o'tkazishga) oid vakolatini ko'rsatadi. Bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi. Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali daftarcha shaklida tayyorlanadi. Ulaming zaruriy qismlari quyidagicha: 1) hujjat nomi («Guvohnoma»)- bu so'z muqova ustiga yoziladi; 2) guvohnoma beruvchi tashkilot nomi; 3) guvohnoma egasining ismi-sharifi (toMiq yoziladi); 4) lavozimi; 5) guvohnomaning amal qiiish muddati (odatda har bir yil muddat ko'rsatiladi, so‘ng uning cho‘zilgani haqida beigi(muhr) qo‘yiladi; 6) tashkilot rahbarining imzosi; 7) shaxsiy imzo; 8) guvohnoma egasining surati; 9) tashkilot muhri (uning bir qismi surat ustiga bosilishi kerak); 3. Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beruvchi hujjat. Guvohnoma maxsus blankada rasmiylashtriladi va xodim qo‘liga topshiriladi. Uning zaruriy qismlari yuqorida keltiriIgan tarkibiy qismda bir oz farq qiladi. Xizmat safari guvohnomasi moliyaviy hujjat boMgani uchun u to'g'ri rasmiylashtirilishi kerak. Unda barcha imzo va muhrlaming bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli malaka oshirish muassasalarida ta'lim olgan shaxslarga tegishli guvohnoma hisoblanadi. Bunday guvohnomalarda amal qiiish muddati ko'rsatilmaydi. Guvohnomada berilgan sana va mansabdor shaxslar imzosigina bo'ladi. Yo’riqnoma Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Eng yuqorida tasdiqlash ustxati. 2. Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi). 3. Matnning kirish qismi, bo'limlari, kichik bo'limlari va h.k. 4. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning imzosi. 5. Yo'riqnoma tuzilgan vaqt sanasining va tartib raqami, shartli raqami indeksi Nizom Muassasa yokl uning tarkibiy bo'linmalarining tuzlilshi, huquqi, vazlfalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar ko'rik, musobaqa, tanlov va boshqalarga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Ko'pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi. Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan belgilanadi. Nizomning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjat turining nomi. 2. Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa tarkibiy qismining nomi. 3. Matnning mazmuni: muassasa tuzilishidan maqsad va asoslar; asosiy vazifalari; muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashqil qilish tartiboti. 4. Muassasa rahbari imzosi. 5. Sanavajoyi. 6. Tasdiqlash usthati yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi. Ustav Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi. Qoida Bu hujjat ichki mehnat tartiboti, ya‘ni unda ishni tashkil etish, xodimlar bilan ma’muriyat o'rtasidagi majburiyatlar, ta'tillar berish tartibi, ichki tartib (ish vaqti va undan foydalanish, yutuqlar uchun rag‘batlantirish va mehnat intizomi buzilgani uchun jazo berish kabi masalalami aks ettiradi). Qoidalar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi va tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Shunday qilib, har bir tashkilotdagi qoidalar soni va mazmuni uning ish tartibi va vazifalaridan kelib chiqaai. Masalan, studentlarning oliy o‘quv yurti binosida o‘zini tutish qoidalari, yotoqxonadan foydalanish qoidalari bunday muassasalarda joriy etilgan qoidalar sirasiga kiradi. Shartnoma Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o'rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O'zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan. Shartnomalar tashkilotlar 0‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, fuqaro bilan fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin. Har qanday shartnoma uning maqsadi va mazmunidan qat'i nazar qonunga muvofiq boMishi kerak. Shartnomalar hajm jihatiga ko‘ra ancha katta hujjat bo‘lib, asosan, quyidagi qismlardan iborat: 1.Shartnomaning nomi (mahsulot etkazib berish, uy-joy sotib olish va h.klar). 2. Shartnoma tuzilgan sana. 3. Shartnoma tuzilgan joy (shahar nomi). 4. Shartnoma tuzayotgan tomonlaming aniq va to‘liq nomi , tomonlar vakillarining to'liq ismlari va vakoiatlari ko‘rsatiladi. 5. Shartnoma matni. 6. Tomonlaming huquqiy manzillari. 7. Tomonlarning imzolari va muhrlari. Shartnoma matni ko'pincha rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar esa bandlarga bo‘linadi hamda ular arab raqamlari bilan ko'rsatiladi. Matnda tomonlar bajarish lozim boMgan shartlar va boshqa majburiyatlar aniq bayon qilinadi. Ba'zi shartnomalarda keltiriladigan zararlami to‘lash shartlari ham belgilanadi. Tomonlar shartnomaning barcha moddalari bo'yicha kelishib olganlaridan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Bitim Muassasa va alohida xodim o'rtasida mehnat shartnomasi - bitim tuziladi. Uning mazmuni va shartlari 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida belgilab berilgan. Muassasalar bilan ulaming hisobida turmaydigan shaxslar o‘rtasida ham ma’lum mehnat munosabatlari o‘rnatilishi mumkin. Ba'zi hollarda ma'lum cheklangan muddatda bajariladigan xizmatni muayyan muassasaning o‘zidan bajaradigan xizmatchi bo'lmay qoladi. Shunday hollarda chetda taklif qilingan mutaxassis bilan mehnat bitimi tuziladi. Bitimning zaruriy qismlari: 1. Hujjat nomi. 2. Tuzilgan sana va joy. 3. Mehnat bitimi, tuzayotgan tomonlarning to‘la va aniq nomi, ishlovchining lavozimi, to‘liq ism-sharifi. 4. Bitim mazmuni. 5. Ishni bajarish muddati va bajaruvchiga to'lanadigan ish haqining umumiy miqdori. 6. Ish sifatiga qo‘yiladigan talablar va uni qabul qilib olsh tartibi. 7. Bajaruvchiga haq toMash muddati va tartibi. 8. Tomonlaming manzillari. 9. Tomonlaming imzolari. 10. Muassasa muhri. Shunday shartnomalar borki, ular notarial idoralar tomonidan iqlanishi shart. Bunday shartnomalar mazmun jihatidan turlicha boMadi day shartonomalar fuqarolar o'rtasidagi mulkiy munosabatlami tartibga di. Farmoyisg hujjatlari Bunday hujjatlar sirasiga buyruq, ko'rsatma, farmoyish kabilar kiradi. Buyruq Daviat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan uqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik afalarni hal qilish maqsadida qoMlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning limlari faoliyatini tartibga solishda qoMlanadi. Ularda, odatda, yuqori ikilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning si yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, ma’sul shaxslar va bajarish idati tayinlanadi. Ichki mehnat tartibi qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni liqlash bilan bog'lik me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid ruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo'lib, muayyan bir<="" p=""> Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib avhaqo‘yiladi( ba’zi qisqa buyruqlarda qo‘yilmasligi ham mumkin). Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan ib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad shart-sharoitlar, iblar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, imi, sanasi yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo'lgan hujjat uning loyish qismi tegishli bandida ham ko'rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni ilashga hujjat bo‘lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to‘gridan-to‘gri loyish qismi bilan ham berilaveradi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan BUYURAMAN» so'zi bilan boshlanadi. Shu so'zdan so‘ng ikki nuqta 'ilib, yangi satrdan farmoyishlar beriladi. Farmoyishlarda odatda, kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi satiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, minlansin”, “Yuklatilsin”, “Hisoblansin” va h.k). Bajaruvchilar-muassasa uning tarkibiy qismlari (bo‘limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari satilgan holda) ko‘pincha jo‘nalish kelishigida qayd qilinadi. Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo'yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish ga yuklatiladi» (lavozimi va famiiiyasi to‘liq yoziladi). Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy buyruq yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko‘rsatib o‘tiladi. Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki indivudual buyruqlar biror xodim ishga qabul qiiinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo'Iimga o'tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo‘limlar rahbari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi. Ko‘p korxonalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlarida yoziladi. Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda oddiy buyruq qog‘oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga «Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid» deb yozib qo'yish kerak. Buyruq sarlavhalari: «lshga qabul qilish haqida buyruq», «Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq», «Ishdan bo‘shatish haqida buyruq», «Mehnat ta’tili berish haqida buyruq», «Rag'batlantirish haqida buyruq» va h.k. Bunday buyruqlarda kirish qismi bo'lmasligi mumkin. Farmoyish qismida odatda, bandlar, paragraflar bo'ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QIL1NSIN», «TAY1NLANSIN», «OTKAZILSIN», « TASHAKKUR BILD1RILS1N», «BO'SHATILSIN» kabi fe’llar bosh harflar bilan yoziladi. Familiya ham bosh harflar bilan, ismi va ota ismi esa matndagi oddiy harflar bilan yoziladi (Masalan, Karimov Sobit Holmatovich). Buyruqdan ko’chirma Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa huquqiy shaxsga muayyan buyruqdan ko‘chirma berishga to'gri keladi. Zaruriy qismlari: 1. Muassasa nomi. 2. Hujjat nomi ( Buyruqdan ko‘chirma). 3. Sanasi. 4. Raqami (№). 5. Joyi. 6. Sarlavhasi. 7. Matni (asoslovchi qismi, «BUYURAMAN» so‘zi, farmoyish qismidan kerakli bandi). 8. Imzo chekkan shaxs. 9. Tasdiqlash famiiiyasi (yoniga «imzo» degan so‘z yoziladi) belgisi... Farmoyish Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo'lib, uning kuchi bo‘limlaming tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqorolarga taalluqli boMadi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «BUYURAMAN» so‘zi o‘miga «TAVS1YA QILAMAN», «RUXSAT BERAMAN» kabi iboralar ishlatiladi. Ko‘rsatma ldoralarda xabarsifat - metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bogMiq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko'rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ulaming o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko'rsatma muassasaning o'ziga xos ish qog'oziga bosiladi. U ham buyruq kabi odatda. sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYA ETAMAN» so'zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi qoMlanadi. ICo‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash boMadi. Tashkilotning turlari va tiplari. Tashkilotning turlari va tiplari. Tashkilotlarning turlari. Huquqiy-tashkiliy shakllar bo’yicha tashkilotlarning tasnifi. Tijorat tashkilotlari: • jamiyat va o’rtoqlik xo’jaligi; • o’rtoqlik xo’jaligi; • to’liq o’rtoqlik; • ishonch asosida o’rtoqlik; • xo’jalik jamiyati; • aktsioner jamiyati; • ochiq aktsionerlik jamiyati; • yopiq aktsionerlik jamiyati; • mas’uliyati cheklangan jamiyat; • qo’shimcha mas’uliyatlik jamiyat; • ishlab chiqaruvchi kooperativ (artel`); • davlat va munitsipal korxonalar; • operativ boshqaruv huquqidagi tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar: • iste’molchi kooperativlar (ittifoq, jamiyat); • fondlar; • jamoaviy va diniy tashkilotlar (birlashmalar: • idoralar; • huquqiy shaxslar birlashmalari (assosatsiyalar va ittifoqlar). Tashkilotlarning kapitalga egaligi bo’yicha tasnifi. Kapitalga egalik bo’yicha va shunga muvofiq korxonalar ustidan nazorat bo’yicha milliy, chet el va birgalikdagi (aralash) korxonalarni ajratishadi. Milliy korxona – o’z mamlakatidagi tadbirkorlarning kapitaliga ega korxona. Joylashuv o’rni va asosiy kompaniyaning ro’yxatdan o’tkazilishi bilan ham aniqlanadi. Chet el korxonasi – kapitali chet el tadbirkorlariniki bo’lgan va uning nazoratini qisman va to’liq o’rnatadigan korxona. Chet el korxonalari aktsionerlik jamiyati yaratish yoki chet el kapitaliga boruvchi mahalliy firmalarning aktsiya paketlarini sotib olish bilan tashkil qilinadi. Qo’shma yoki aralash korxonalar – kapitali ikki yoki undan ko’p davlatlarniki bo’lgan korxonalar. Qo’shma korxonalar bir tashkilotda ro’yxatdan o’tadi va bu korxonaning shtab- kvartirasi ya’ni boshqaruvining manzilini bildiradi. Aralash korxonalar – bu aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo’shma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub, to’liq yoki hissabay ko’rinishda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar hisoblanadi. Birgalikdagi, aralash korxonalarni ularning maqsadlari hamkorlikdagi tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishdan iborat bo’lsa, qo’shma korxonalar deb ham atashadi. Kapital bo’yicha aralash shaklli kompaniyalar turli-tuman bo’lib, ko’pincha xalqaro kartellar, sindikatlar, trestlar, kontsernlar kabi birlashmalarning tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Davlat tizimida xo’jalik, madaniy, jamoaviy, diniy, xalq xo’jaligi va boshqalar kabi turli-tuman vazifalarni hal qiluvchi ijtimoiy tashkilotlarning juda katta miqdorlari mavjud. Bu tashkilotlardagi o’xshashlikni aniqlash ulardagi ajralib turuvchi belgilarni yozib chiqishda ma’lum bo’ladi. Ko’plab tashkilotlar o’z oldilariga biri-biridan farqlanuvchi maqsadlarni qo’yganligi uchun, turli tipli tashkilotlarning faoliyatlarini o’rganish uchun turli usullardan foydalaniladi. Hattoki, maishiy vazifalarni yechishda ham biz ularning tasniflaridan foydalanamiz. Aniq vaziyatlarga bog’liq ravishda bizni savdo tashkilotlari, ijtimoiy, maishiy yoki tibbiy xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar qiziqtirib qolishi mumkin. Tashkilotlarning aniq guruhdaligi ularning davlat nazorat organlari, bojxona xizmatlari, soliq nazoratiga bo’lgan munosabatlarini aniqlab beradi. An’anaviy tasniflar turli tashkilotlarning hududiy belgilari yoki faoliyat turlari bo’yicha yoki boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha yaratiladi. Keltirilgan xulosalardan ma’lum bo’ladiki, tashkilotlarni turlar va tiplarga bo’lishning, tasniflashning juda ko’plab usullari mavjud. Aniq usulni tanlash, qo’yilgan vazifalarni yoki o’tkazilayotgan tadqiqotlarning maqsadini aniqlash orqali • hokimiyatsiz tashkilotlar; • tijorat tashkilotlari; • notijorat tashkilotlari; • byudjet tashkilotlari; • byudjetsiz tashkilotlar; • jamoat va xo’jalik tashkilotlari; • rasmiy tashkilotlar; • norasmiy tashkilotlar. Tashkilotlar tarmoqlarga egaligi bo’yicha ham tasniflanishi mumkin: • transport; • sanoat; • savdo; • qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash boshqa faoliyat yo’nalishlari. Tashkilotlarni ularning ijtimoiy vazifalarni yechishi bo’yicha ham tasniflashadi: • iqtisodiy; • moliyaviy; • siyosiy; • tibbiy; • ta’lim va boshqa faoliyat yo’nalishlari. Ijtimoiy tashkilotlarni uchta asosiy turga bo’lishadi: • ishchan tashkilotlar; • jamoat tashkilotlari; • assotsiativli tashkilotlar. Ishchan tashkilotlar (korxonalar, ta’sischilar va boshq..). Bu tashkilotlarning maqsadlari, daromadlarni oshirishga asoslangan usul, ya’ni – tijoriy g’oya hisoblanadi. Jamoat tashkilotlari jamoaning muhim maqsadlarini birlashtiruvchi individual qatnashuvchilardan tashkil topadi. Bu tashkilotlar ishchan tashkilotlardan farqlanib, jamoaning ijtimoiy muammolarini yoki o’z tashkiloti a’zolarining muammolarini yechish bilash shug’ullanadi. Assotsiativli tashkilotlar shaxsiy hurmat, o’zaro bog’langanlik, qo’llab-quvvatlashga asoslangan umumiy manfaatlar oila, tanishlardan orttirilgan do’stlar davrasi, talabalar uyushmasi, norasmiy guruhlar va birlashmalarga xizmat ko’rsatadi. O’rtoqlik – birgalikdagi iqtisodiy faoliyat uchun fizik yoki yuridik shaxslarning birlashuvi. Bu tashkilotlar faoliyat yo’nalishlari bo’yicha quyidagilarga ajratiladi: to’liq- subsiyadalangan javobgarlik, daromad va zarar paylar bo’yicha proportsiyali; kommanditli (yuqoriga)– kiritilgan mablag’ chegaralaridagi tavakkal qiluvchi tashkilotlar. Jamiyat – umumiy xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun korxona, fuqarolarning birlashuvi. Bu tashkilotlar faoliyatlari yo’nalishlari bo’yicha: aktsioner jamiyat (ochiq, yopiq); mas’uliyati cheklangan jamiyat; qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat. Qo’shma korxona – chet el investorlarining ulushi qatnashadigan korxona, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning eng samarali shakli. Qo’shma korxona yaratishda bir maqsad yo’nalishida faoliyatni birlashtirish uchun turli mamlakatlardan ikki va undan ko’p hamkorlarning kapitallari birlashadi. Qo’shma korxona bu korxona a’zolarining qatnashuvida shartnoma asosida aktsionerlik jamiyati shaklida, mas’uliyati cheklagan jamiyat shaklida tashkil qilinadi. Qo’shma korxona uni tashkil qilgan, ta’sischisi bo’lgan, ro’yxatdan o’tkazgan davlatning yuridik shaxsi hisoblanadi. Qo’shma korxona ustav fondining kamida 30% chet el investitsiyasi hisoblanadi va o’zining mahsulotini litsenziyasiz eksport qilishi mumkin. Transmilliy korporatsiya – o’zining asosiy operatsiyalarini mamlakat tashqarisida amalga oshiradigan, bir qancha davlatlarda ro’yxatdan o’tgan va bu davlatlarda tarmoqlari, bo’limlari, filiallari, korxonalari bo’lgan kompaniya, korporatsiya, firma. Sindikat – tarkibiga kirgan korxonalarning ishlab chiqarish va yuridik mustaqilligini saqlagan holda barcha tijorat ishlarini amalga oshirishni o’z zimmasiga olgan tadbirkorlarning yirik birlashmasi. Kartel` (frantsuzcha – cartel, italyancha – cartelio)- korxonaning profili bo’yicha kvotalash, ishlab chiqarish va sotuvning hajmi, baho, sotuv bozori, litsenziyalarni almashtirish, mahsulotlarni standartlashtirish, boshqaruv tajribalarini almashishlar bo’yicha ochiq yoki yopiq kelishuvlari yaqin bo’lgan guruhlarning, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning shartnoma asosida birlashmalar tashkil qilish shakli. Kartellar ichki va xalqaro, eksportli va importli, ochiq va yopiq shakllarda faoliyat yuritadi. Odatda kartellar uzoq, uzaytirilishi mumkin bo’lgan muddatlarga yaratiladi. Konsortsium (lotincha – consortium – qatnashish) – yirik (katta hajmli kapital) loyihani amalga oshirishda dasturlarni amalga oshirish, aniq vazifalarni bajarish uchun ixtiyoriy birlashgan tashkilotlar. Konsortsiumga turli profil va o’lchamlardagi xususiy mulk shakllardagi korxonalar va tashkilotlar kirishi mumkin. Trest (inglizcha – trust) – korxonalarning, firmalarning birlashuvi. Uning tarkibiga kiruvchi va qatnashchilar o’zlarining savdo-ishlab chiqarish mustaqilligini yo’qotadi, bu sohalarda o’zlarining faoliyatlarini markaziy boshqaruv qarorlari rahbarligi ostida bajarishadi. Konglomerat (lotincha – songlomeratus – to’plangan) – bozorning turli bo’limlarida faoliyatlar ko’rsatuvchi turli profildagi firmalarning ittifoqlashuvi shakli. Moliyali-sanoatlashgan guruh (MSG) – federal darajada ro’yxatdan o’tgan huquqiy mustaqil korxonalar, moliyali va investitsiyali institutlar, moddiy resurslar va kapitalning birlashmalari. MSGning bosh tashkiloti ishlab chiqaruvchi tarkib, bank, moliya kompaniyalari bo’lishi mumkin. Xolding kompaniyalari (hold – ushlab turmoq)-tashkiliy-huquqiy shakllar bilan bog’lanmagan, erkinligi o’zida bo’lgan, boshqa tashkilotlar (korxonalar)ning nazorat aktsiya paketlarini o’zining aktivlariga kirituvchi tashkilot. Xolding – boshqa kompaniyalarning boshqaruv faoliyatlarini nazorat qilish maqsadida ularning nazorat aktsiya paketlari yoki pay ulushlariga egalik qiluvchi kompaniya yoki korporatsiya. Kontsern – bu mustaqil korxonalarning (tashkilotlarning) birlashuvi, ular birlashmadagi faoliyatlarda o’zaro ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vositasida bog’lanadilar. Kontsern o’ziga kiruvchi kompaniyalar faoliyatini to’liq nazorat qiladi. Korporatsiya (lotincha – sorporatio – birlashuv) – yuridik shaxs-sub’ekt huquqini tashkil qiluvchi va qandaydir faoliyat uchun fizik va yuridik shaxslar birlashgan uyushmasi. Korporasiyani bir kasbdagi yoki bir faoliyat yo’nalishidagi fuqarolarning professional birlashuvi ma’nosida tushunish mumkin. Korporatsiya asosan bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Bu ishlab chiqarishni monopollashtirishga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga korporatsiya, investitsiya kapitalining to’planishiga hamkorlik qiladi, ilmiy-texnik rivojlanishni ta’minlaydi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi, mahsulotning texnik darajalarini ko’taradi va raqobatbardoshlikni ta’minlaydi. Ko’p hollarda korporatsiya aktsioner jamiyat ko’rinishida tashkil qilinadi. Xususiy korporatsiyalarda aktsiyalarning katta qismi bir kishi, bir oila yoki aktsionerlarning kichik guruhi qo’lida bo’ladi. Shuning uchun ham korporatsiya ishlab chiqarishni yangilashda, mahsulotning yangi avlodini o’zlashtirishdagi tarmoqlarda samarali tashkilot hisoblanadi. Tashkilotlarning tiplari. Tashkilotlarning tiplari tashqi muhit bilan o’zaro hamkorlik qilish bo’yicha mexanistik va organik tiplarga bo’linadi. Tashkilotlarni loyihalashtirishda mexanistik yondoshuv rasmiy qoidalar va jarayonlardan foydalanishi, qarorlarni markazlashuvda qabul qilishi va tashkilotda qattiq ieriarxik hokimiyat bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ko’plab mutaxassislar mexanistik yondoshuvni veber byurokratik tashkilotlarining sinonimi deb hisoblaydi. Tashkilotlarni loyihalashtirishdagi organik yondoshuv rasmiy qoidalar va jarayonlardan kuchsiz yoki mo»tadil foydalanishi, markazlashmagan va ishchilarning qarorlar qabul qilishda qatnashishi, ishdagi mas’ullikning yuqoriligi, hoki- miyat tarkibining egiluvchanligi va ieriarxik darajalarning uncha ham katta emasliklari bilan tavsiflanadi. Bu yondoshuv eskirmagan (rutinniy) texnologiyalardan (noaniqlikning yuqoriligi, ishni qaerda va qanday bajarish kerak) foydalanish sharoitlarida o’zining samaradorligini namoyish qiladi, tashkilotning yangi muhit bilan tezlikda moslashishini, o’zaro hamkorligini ta’minlaydi. Bo’limlar bilan o’zaro harakatlanishi bo’yicha tashkilotlarning tiplari: • an’anaviy tashkilotlar; • divizional tashkilotlar; • matritsali tashkilotlar. An’anaviy tashkilotlar. An’anaviy tashkilot, tashki- lotlarni loyihalashtirishda funktsional departamentlashti- rish va chiziqli kombinatsiyalash (o’zaro uyg’un birikma) hisoblanadi. Tashkiliy tarkiblarning chiziqli-funktsional tizimlari fabrika-zavod ishlab chiqarishi doirasida tarixan yuzaga kelgan va o’zgargan sharoitlarda ishlab chiqarishning murakkablashuvi tufayli tashkiliy jarayonlarga “e’tibor” berishga muvofiq, tashqi muhitning katta miqdorlardagi institutlari (ommaviy iste’molchi, moliyaviy tashkilotlar, xalqaro raqobat, hukumat, qonunchilik va boshq..) bilan o’zaro hamkorlik qilishning zaruratidan kelib chiqqan edi. An’anaviy tashkilot o’ziga departamenttsiyalashning ikki tipidagi ustivorlikni qo’shib oldi va bu tashqi muhit sharoitiga muvofiq me’yorli rivojlanishga xizmat qildi. Tashkilotlarning divizional tizimi oxirgi natija: bozor yoki iste’molchi, mahsulotni asos qilib departamenti- zatsiyalashtirishdan o’sib chiqadi. Shuning uchun ham bu tizim ko’p mahsulotlar ishlab chiqarish yoki ko’p millatli kompaniyalarda keng qo’llaniladi. Shuningdek, divizional tizim davlat apparatini va jamiyat tashkilotlarini tuzishda ham keng qo’llaniladi. Divizional tizim sanoatning turli tarmoqlarida katta ustuvorliklarga ega. Yangi tip tashkilotlar. Insoniyatning taraqqiyotida menejmentning paydo bo’lishi dastlabki ibtidoiy qabilalardan boshlangan bo’lsa, hozirga kelib, uning yangi tuzilmalari, shakllari, turlari tiplari o’ta tez va qisqa vaqtlarda yuzaga chiqmoqda. Chunki, ilm-fan taraqqiyotida global chegaralarda innovatsiyaning ustuvorligi natijasida olamshumul tadqiqotlar amalga oshirilib, bu tadqiqotlarning natijalari zamonaviy texnologiyalar nomida moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning davlatimiz boshqaruvini mukammal demokratik asoslarga aylantirish yo’lida qonun ustuvorligini takomillashtirish, “davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” shiori, davlatlar bilan halqaro hamdo’stlikni rivojlantirish dasturlari, ayniqsa 2019 yilni – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanishologiyalarni qo’llab quvvatlash” yili deb e’lon qilganligi mamlakatimizda xalqaro miqyosda ham, davlatlar o’rtasida ham, mamlakatimizning o’zida ham yangidan-yangi tashkilotlar tuzilishini, yuzaga kelishini oldindan aytib turibdi. Shuning uchun ham tashkilotlarning yangi turlari va tiplarining soni ham tasnifi ham ko’payib boradi Download 155.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling