Reja: kirish asosiy qism amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarning mohiyati xulosa foydalangan adabiyotlar kirish
Download 77.38 Kb.
|
1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g\'oyalar
REJA: KIRISH ASOSIY QISM 1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar 2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar 3. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarning mohiyati XULOSA FOYDALANGAN ADABIYOTLAR KIRISH Buyuk Temur tomonidan asos solingan imperiya dunyoning yirik imperiyalari orasida alohida o‘rin tutadi. Temur tarixda ulkan meros qoldirgan buyuk shaxslar toifasiga mansub. Shu sababli uning shaxsiyati va jahon tarixidagi xizmatlari o‘g‘risida juda ko‘p bahs-munozara va tortishuvlar bo‘lgan, bo‘layapti va bundan keyin ham davom etadi. Shunga mos tarzda son-sanoqsiz asar va risolalar bitilgan. Ushbu manbalarda AmirTemur buyuk sarkarda, lashkarboshi, tengi yo‘q siyosatdon, donishmand, olamga mashhur davlat arbobi, mahoratli notiq kabi noyob shaxsiy fazilatlar sohibi ekanligi e’tirof etilgan. Ayni paytda, Sohibqironning serqirra faoliyatida uning iqtisodiy jihatlari tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. Darhaqiqat, Sohibqironnning asosiy fikrlari va intilishlari ulug‘vor imperiyani kengaytirish hamda mustahkamlash, davlatni boshqarish, keng hududlarda osoyishtalikni saqlash, isyonkor va bo‘ysunmas qo‘zg‘olonchilarni tinchlantirish, mazmunli va dono nutqlar bilan ommani o‘ziga rom etish, tashqi dunyo bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlashgga yo‘naltirilgan edi. Lekin masalaga aql ko‘zi bilan chuqurroq yondashsak, ushbu hatti-harakat va intilishlarning barchasi oxir-oqibatda bir maqsadga, ya’ni saltanatning mustahkam iqitisodiy poydevorini yaratishga xizmat qilgan. Biznincha, Amir Temurning barakali faoliyatida aynan iqtisodiy masalalar markaziy o‘rinni egallagan. Fikrimizning isboti sifatida ikkita dalil keltirmoqchimiz. Birinchidan, tarqoq feodal davlatlarni birlashtirish, ularni mustakamlakachi mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonib, mustaqillikka erishishini ta’minlash, yaroqsiz ahvolga kelgan suv inshootlarini tiklash, mamldakatda tartib-intizom va tinchlik-osoyishtalik o‘rnatish, uni saqlash, qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, mustaqillikka erishgan Movorounnahrning tashqi dushman tajovuzlardan himoya qilish, ushbu maqsadda qudratli armiyani shakllantirish, ta’sirli nutqlar va unga monand tadbirlar o‘tqazish yo‘li bilan ommaning hurmatiga sazovor bo‘lish va boshqalarga bag‘oyat katta sarf-xarajatlar evazigagina erishish mumkin edi. Tabiiyki, bunday sarf-xarajatlarning manbaini izlab topish Sohibqirondan juda katta mehnat va iqtisodiy muammolarning to‘g‘ri yechimlarini topa bilish mahoratini talab qilgan. Ikkinchidan, xalqning azob-uqubatlariga, iqtisodiy tanqislikdan chekayotgan qiyinchiliklariga befarq bo‘lmagan Amir Temur elning hayoti va turmush tarzini yaxshilashga intilgan, ushbu muammo ustida ko‘p bosh qotirgan. Bizning nazarimizda, Sohibqironning qaramlik zulmidan ozod bo‘lgan mustaqil davlat iqtisodiyotini yuksaltirishda va elning turmush farovonligini yaxshilashdagi eng yuuyuk xizmatlaridan biri – bu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi va gulkirab yashnashi uchun katta imkoniyatlar yaratib berganligida. Chunki davlat rahbarining iqtisodiy tafakkuri, birinchi galda, ishlab chiqarish kuchlarini, minglab, millionlab mehnatga yaroqli kishilarni harakatga keltira olish qobiliyati orqali namoyon bo‘ladi. Ana shu muhim vazifani Amir Timur o‘sha davrning talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatda qishloq xo‘jaligini, hunarmandchilikni, savdo-iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berish, ahlolining ulkan mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, uni bir maqsad sari yo‘naltirish orqali bajarishga erishdi. Download 77.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling