Reja: Kirish Asosiy qism: atm, isdn, xdsl texnologiyalari Global tarmoqlar (wan) va ularning qurilish usullari wan tarmoqlarida qo’llaniladigan standar texnologiyalar. Mobil tarmoqlari. 3G texnologiyasi
Download 0.61 Mb.
|
KOM TAR mustaqil ish
Global kompyuter tarmoqlariGlobal kompyuter tarmoqlari (Wide Area Networks, WAN) yoki territorial kompyuter tarmoqlar – tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan, katta-katta xududlarga yoyilib ketgan ko’p sonli abonentlar foydalanadilar. Bu xududlarning chegaralari – viloyat, region, mamlakat, kontinent chegaralaridan iborat bo’lishi yoki yer yuzi bo’ylab yoyilgan bolishi mumkin. Global kompyuter tarmog’ining keng tarqalgan umumiy tuzilish chizmasi 2- rasmda keltirilgan ko’rinishga ega. Bunda: S (switch) - kommutatorlar, K - kompyuterlar, R (router) - marshrutizatorlar, MUX (multiplexor) - multipleksor, UNI (User-Network Interface) – foydalanuvchi-tarmoq interfeysi va NNI (NetworkNetwork Interface) – tarmoq-tarmoq interfeysi, PBX - ofis ATSi va kichkina qora rangli to’rtburchakchalar esa DCE qurilmalari, ya’ni modemlardir. Bunday tarmoq alohida ajratilgan aloqa kanallari asosida quriladi. Aloqa kanallari kommutatorlar – S, yordamida birlashtiriladi.Bu kommutatorlar paketlarni kommutatsiyalash markazlari (PKM) deb ham ataladi, ya’ni ular aynan paketlarni kommutatsiyalashni amalga oshiradilar. 1-rasmda keltirilgan global kompyuter tarmog’i kompyuter trafigi uchun qulay hisoblangan, paketlarni kommutatsiyalash rejimida ishlaydi. Lokal kompyuter tarmoqlarini korporativ tarmoqqa birlashtirish uchun bu rejimning afzalligini vaqt birligida uzatilyotgan ma’lumotlarning hajmi, hamda bunda tarmoqda ko’rsatilayotgan xizmatlar narxining 2-3 marta arzon ekanligi ham isbotlaydi. Ko’p joylarda yuqoridagi rasmda keltirilgan ko’rinishdagi tarmoqlarni qurish imkoniyatlari mavjud bo’lavermaydi. Shuning uchun lokal tarmoqlarni o’zaro bog’lash uchun o’sha joyda bor bo’lgan aloqa kanallaridan ham foydalanishga to’g’ri keladi. Qanday aloqa kanallaridan foydalanilishiga qarab, global tarmoqlarning quyidagi xillarini ko’rsatish mumkin:
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling