Ta`limning tarbiyalovchi xarakteri: o`quvchilarga kasbiy bilim berish, ularning aqliy o`sishi hamda dunyoqarashining shakllanishi uchun sharoit yaratadi. Ta`limni amalga oshirishda o`qituvchi o`quvchilarda o`z kasblariga muhabbat, ongli intizom, o`z mehnatini rejalashtira bilish, jamoa bilan ishlay bilish ko`nikmalarini tarbiyalashi lozim. Har bir darsda o`quvchilar bilim va malakalarni egallashlari bilan birga ularning dunyoqarashi ham shakllanib borishi zarur. Darslar shu maqsadga yo`naltirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |