Reja: Kirish Asosiy qism


Shirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Download 90.42 Kb.
bet14/17
Sana10.11.2021
Hajmi90.42 Kb.
#173304
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
FERMER XOJALIKLARINIG TASHKILIY IQTISODIY

Shirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari

O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi doimiy ravishda rivojlanib, chuqur islohotlar sharoitida yashab kelayotgan tarmoqlardan biridir. Islohotlarning bir yo’nalishi tarmoqni boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridan eng maqbullarini joriy etishdir. Respublika qishloq xo’jaligini 1997 yilga qadar O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi boshqardi. Bu davrga kelib qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining natijalari ko’p jihatidan suv resurslari va ulardan foydalanishga bog’liq bo’lganligi, suv resurslardan foydalanish esa boshqa vazirlik ixtiyorida ekanligi ma’lum muammolarni vujudga keltirdi. Natijada 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi vujudga keldi. 2001 yilning 1 yanvariga kelib uning tarkibida 2018 ta qishloq xo’jaligi korxonasi faoliyat ko’rsatadi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi qoshida 125 ta qorako’lchilik xo’jaliklarini birlashtirgan “O’zbekqorako’l” kompaniyasi, 51 ta parrandachilik fabrikasi bor “O’zparrandasanoat” uyushmasi, tarkibida 18 ta xo’jaligi bor “O’zsabzavoturug’i” birlashmasi, 46 ta xo’jalikdan iborat “Asal” asalarichilik uyushmasi, 84 ta xo’jaligi bor Qishloq xo’jaligi ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasi va Irrigatsiya O’rtaosiyo ilmiy – tekshirish instituti faoliyat ko’rsatmoqda. 2002 yilda yirik qishloq xo’jaligi korxonalari, ya’ni shirkatlar jami qishloq xo’jaligi mahsulotining 32 foizga yaqinini yetishtirmoqdilar. Bu ko’rsatkich yildan yilga kamayib bormoqda. 2014 yilda shirkatlar qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 19,3 foizini, 2015 yilda 15,3 foizini ishlab chiqardilar. YAqin kelajakda shirkat xo’jaliklarining qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi yanada kamayishi kutilmoqda.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash bilan “O’zmevasabzavotuzumsanoat xolding” kompaniyasi ham shug’ullanadi. Uning tarkibiga meva, uzum, sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan 89 ta qishloq xo’jaligi korxonasi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi ko’plab sanoat korxonalari kiritilgan.
“O’zgo’shtsutsanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga chorva mollarini boqishga ixtisoslashgan 110 ta korxonalar kiritildi.

O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari davlat va asosan, nodavlat sektorida yetishtiriladi. Mustaqillik yillarida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlar miqdorida davlat ulushi kamayib, nodavlat sektorning hissasi oshdi. Hozirda davlat sektorida faqatgina urug’chilik bilan shug’ullanadigan 47 ta korxona qolgan. Ularning ishlab chiqarishdagi ulushi 2002 yilda 0,9 foizni tashkil etdi. Qolgan 99,1 foiz mahsulot nodavlat sektorda ishlab chiqarilmoqda.

1998 yildan boshlab eski kolxoz va davlat xo’jaliklari shirkat xo’jaliklari shaklda tashkil etila boshlandi. SHirkatlar yirik qishloq xo’jaligi korxonalari bo’lib, 2001 yilda ularning o’rtacha ekin maydoni 1233 gektarni tashkil etdi. Ular o’rtacha 94 gektardan bog’ va 64 gektardan uzumzorlarga ega, mamlakatda yetishtirilgan paxtaning 60, tamakining 66, qand lavlagining 88, boshqli donning 49, mevaning 26, va uzumning 43 foizini berdi.

Shirkatlar aktsiyadorlik jamiyatlarining o’ziga xos bir ko’rinishi sifatida vujudga keltirildi. Ularda xo’jalikning mol – mulklari unga a’zo bo’lganlarga mulkiy pay ulushi ko’rinishida taqsimlanib berilgan. Bu ulushning egasi xo’jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan daromaddan (foydadan) bir qismini oladi.

Shirkat xo’jaliklarining faoliyati “Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan hamda shirkat Nizomi asosida yuritiladi. Shirkat xo’jaliklarida mehnatni tashkil etish oila pudrati shaklida, amalga oshiriladi. Uning asosida shirkat bilan oila o’rtasida tuziladigan oila pudrati shartnomasi yotadi. Shirkat xo’jaliklari ustav jamg’armalariga ega bo’ladilar. Ularning ustav jamg’armasi, pay jamg’armasi va bo’linmas jamg’armadan iborat bo’ladi.




  1. Download 90.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling