Reja: Kirish Atom yadrosining tuzilishi
Moddalarning plazma holati va plazma xillari
Download 161.26 Kb.
|
Moddalarning plazma holati va plazma xillari
Plazma gazlarni qattiq qizdirish natijasida ularning atomlari elektronlarni tamoman yo`qotadi va musbat zaradlangan ionlar va ma'lum erkinlikka ega bo'lgan elektronlar hosil bo'ladi. Yuqori haroratda, ya`ni million gradusda yengil elementlardan iborat gazlar ionlashadi va o`zining barcha elektronlarini yo'qotadi. Gazlaning ionlashgan holati plazma deb nomlanadi. Demak, plazma to'liq yoki qisman ionlashgan gaz, u zaryadlangan zarracha va neyıral atom yoki molekuJadan hosil bo'lgan. Plazmaning asosiy xususiyati uning kvazineytralligidir. Ya'ni musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarining hajmiy zichligi deyarli bir xil. Gazlarning atomlaridagi elektronlari qandaydir sabablarga ko'ra musbat ionlarga o'tganda gaz moddalar plazma holatga o`tadi. Gaz va plazma orasida juda katta farq yo`q. Har bir modda oldin qattiq holatda bo'lib, harorat ortganda suyuqlanadi, so'ngra bug'lanib kritik temperaturadan yuqorida gaz holatga o'tadi. Harorat yana oshirilsa, gaz molekulalari alohida atomlarga parchalanadi, ular ionlashgan holatga o'tib, musbat ionlar va erkin elektronlar hosil qiladi. Bu ionlar va erkin elektronlar elektr tokini o`tkazadi, demak plazma bu elektr tokini oson o'tkazuvchan gazdir. Plazmalarda erkin elektronlar borligi uchun ular elektrni juda yaxshi o'tkandi. Masalan. vodorod (Hz) plazmasining 100 kelvindagi elektr o'tkazuvchanligi misning xona haroratidagisi bilan teng. Plazmalarning issiqlik o'tkazuvchanligi ham yuqori. Plazmaning xossalari neytral gazlarning xossalaridan keskin farq qiladi. Plazma moddaning 4 agregat holati bo`lib, u o`zini gaz kabi tutadi va gaz qonunlariga bo'ysunadi. 1879-yilda angliyalik fizik V.Kruks tajribalar o`tkazib. materiya 4 holatda ham bo'ladi, deb aytib o`tgan. "Plazma” terminini (kvazineytral ionlashgan gaz) 1923-yilda amerikalik fiziklar Lengmyur va Tonks fanga kiritdilar. Plazmani hosil qilish uchun moddani faqat qizdirish emas, ya'ni termik usulda ionlashgan plazmani Olish uchun gazni 10 yoki 100 ming kelvingacha qizdirish kerak. Yoki elektr gaz razryadidan foydalanish kerak. Oraliqda zaryadlangan zarrachalar elektr maydonda tok hosil qiladi. Tokni saqlab turish uchun mantiy elektrod, ya'ni katod plazmaga elektronlar berishi kerak. Yerda harorat past bo'lgani uchun plazma deyarli uchramaydi, faqat atmosferaning past qismida, ya'ni chaqmoq bo'lgan paytida hosil bo' ladi. Atmosferaning yuqori qismida 100 km balandda ionosfera deb ataladigan qobiqda ionlashgan plazmalar bor, ular quyoshdan ajraladigan ultrabinafsha nurlanishdan hosil bo'ladi. Osmonda barcha moddaiar 99.9% plazmadan iborat. Quyosh va yulduzlar plazmadan tashkil topgan. Quyoshning ichki qismida termoyadroviy sintez reaksiyalari sodir bo`ladi va harorat 16 mln gradusgacha bo`ladi. Download 161.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling