Reja: Kirish Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirishning huquqiy asoslari. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi. Auditning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan auditorlik xulosasining turlari va uni


rasm9.O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslarini yaratuvchi organlari


Download 146.37 Kb.
bet3/7
Sana23.02.2023
Hajmi146.37 Kb.
#1223527
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tursunov.M.Kurs.ishi

rasm9.O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslarini yaratuvchi organlari.

O‘zbekiston Respublikasining qonuni auditorlik faoliyati to’g’risida.Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilinganSenat tomonidan 2021-yil 5-fevralda ma’qullangan. 37-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘idagi huquq va majburiyatlari:


O‘ziga nisbatan auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik tashkilotidan:
-auditorlik xulosasini;
-auditorlik xulosasida ifodalangan fikr yuzasidan tushuntirishlarni va auditorlik tashkilotining fikriga asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi axborotni;
-buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobot tuzish hamda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni to‘g‘rilash tartibi haqida maslahatlar olishga haqlidir.
O‘ziga nisbatan auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt:
-auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorga shart-sharoitlarni yaratib berishi va unga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
-auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarga rioya etishi;
-auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqishi va mazkur axborot olingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay auditorlik tashkilotini natijalar haqida yozma shaklda xabardor qilishi;
-auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritishga, moliyaviy hisobot tuzishga hamda soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish tartibiga doir qoidabuzarliklarni bartaraf etishi shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish yoki unga to‘sqinlik qilish maqsadida biron-bir harakatni (harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qonunchilikka hamda auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
39-modda. Auditorlik xulosasi.
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan fikrini o‘z ichiga olgan hujjat auditorlik xulosasidir.
Auditorlik xulosasi raqamlangan, har bir sahifasi auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan hamda unga auditorlik tashkilotining fikri qaysi moliyaviy hisobotga nisbatan ifodalangan bo‘lsa, o‘sha moliyaviy hisobot ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi.
40-modda. Bila turib soxta tuzilgan auditorlik xulosasi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazmasdan tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra tuzilgan, biroq xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o‘rganilgan hujjatlari mazmuniga muvofiq bo‘lmagan auditorlik xulosasi bila turib soxta tuzilgan deb hisoblanadi.Auditorlik xulosasi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga ko‘ra, bila turib soxta tuzilgan deb topiladi.
Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzish auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga, auditorlik tashkiloti rahbari sertifikatining va auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditorlar sertifikatlarining amal qilishini tugatishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.10
Auditorlik tashkiloti fikrini o‘z ichiga oluvchi auditorlik xulosasining yakuniy qismi modifikatsiyalangan fikrning shaklidan kelib chiqib “Salbiy fikr bildirish”, “Izohlar bilan fikr bildirish”, “Fikr bildirishni rad etish” deb nomlanadi.
Auditorlik xulosasining maxsus qismida modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo‘lgan vaziyatlar ko‘rsatiladi.Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik xulosasida maxsus qism “Salbiy fikr bildirish uchun asos”, “Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Fikr bildirishni rad etish uchun asos” deb nomlanadi.
Agarda moliyaviy hisobotda qandaydir ko‘rsatkichlar ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilgan taqdirda, auditorlik tashkiloti maxsus qismda ushbu buzib ko‘rsatishning bayonini va tegishli ko‘rsatkichlarga ta’sirini keltirishi kerak. Agarda moliyaviy hisobotning tegishli ko‘rsatkichlariga buzib ko‘rsatishning ta’sirini yetarli ishonchlilik bilan baholash mumkin bo‘lmagan taqdirda, auditorlik tashkiloti buni maxsus qismda ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Agarda moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida taqdim etilgan axborot ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilgan taqdirda, auditorlik tashkiloti maxsus qismda bunday buzib ko‘rsatishning bayonini keltirishi kerak.
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasida modifikatsiyalangan fikrni bildirishni mo‘ljal qilayotgan taqdirda, u xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga ushbu holatga sabab bo‘lgan vaziyatlar to‘g‘risida, shuningdek modifikatsiyalangan fikr bildirishning mo‘ljallanayotgan mazmuni to‘g‘risida xabar berishi kerak.
Auditorlik xulosasida mo‘ljal qilinayotgan modifikatsiyalangan fikrni bildirishga sabab bo‘lgan vaziyatlar va modifikatsiyalangan fikr bildirishning taxminiy mazmuni to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga xabar berish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-auditorlik tashkilotiga modifikatsiyalangan fikr bildirishga sabab bo‘lgan holatlar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatida tushunish paydo bo‘lganligini yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining fikrlari bilan farqlanishlar mavjud ekanligini aniqlab olishga;
-xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan, agar bunga joiz bo‘lsa, mo‘ljal qilinayotgan modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun olib kelgan vaziyatlar yuzasidan auditorlik tashkilotiga qo‘shimcha ma’lumotlar va tushuntirishlar taqdim etishga.
Agar auditorlik tashkiloti yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi uchun modifikatsiyalangan fikr bildirgan taqdirda, modifikatsiyalangan fikr sabablarini maxsus qismda ko‘rsatish kerak.
Auditorlik xulosasining tushuntirish qismi
Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi mumkin:
-auditorlik tashkilotining fikri bo‘yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga;
-auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga.
Auditorlik tashkiloti qayd etilgan vaziyatlar ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilmaganligiga yetarlicha auditorlik dalillari olgan taqdirdagina tushuntirish qismi auditorlik xulosasiga kiritiladi.
Moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarni ko‘rsatuvchi tushuntirish qismi quyidagilar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin:
-hisobot sanasida yakunlanmagan va ular bo‘yicha qarorlar kelgusi hisobot davrlarida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan sudda ko‘rilayotgan ishlar yuzasidan noaniqliklar yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harakatlari bilan bog‘liq noaniqliklar;
-moliyaviy hisobotga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagi yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimidagi o‘zgarishlar;
-xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoliga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan yoki ta’sir ko‘rsatib kelayotgan favqulotdagi voqealar.
Tushuntirish qismi:
-auditorlik xulosasida, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti ishonchliligi to‘g‘risidagi auditorlik tashkilotining fikri bayon etilgan yakuniy qismidan keyin joylashtirilishi lozim;
-foydalanuvchilar diqqatini jalb etadigan vaziyatlarga aniq izoh berilishi kerak va u moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga ushbu vaziyatlar bayonini moliyaviy hisobotda topish imkoniyatini yaratishi lozim.Tushuntirish qismi auditorlik tashkilotining fikriga ta’sir ko‘rsatmaydi.


  1. Download 146.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling