Reja: Kirish: Avtomatik saralash qurilmalarining tasnifi
Download 29.06 Kb.
|
Avtomatik saralash va nazorat qilish qurilmalarining tasnifi.
Mavzu:Avtomatik saralash va nazorat qilish qurilmalarining tasnifi. Reja: Kirish: 1.Avtomatik saralash qurilmalarining tasnifi. 2.Avtomatik saralash va nazorat qilish. Xulosa Adabiyot Kirish Avtomatika asoslari va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish: ishlab chiqarish jarayoni va avtomatlashtirish vositalari. Avtomatlash yo’llari va muammolari, avtomatlash bosqichlari, avtomatik nazorat qilish sistemalari, avtomatik sozlash, boshqarish, uni kuzatish va adekvat (tenglashadigan) tizimlar. Avtomatik tizimlar qismlari (elementlari) tavsiflari. Ko’rsatkichlar, kuchaytirgichlar, o’lchash va bajaruvchi zvenolar. Davriylikni boshqarish tizimlari: kulachoklar, tayanchlar va kopirlar. Raqamli dasturda boshqarish tizimlarini yuklash, siqish va detallarni ajratib olishni avtomatlash, transport va ombor ishlarini avtomatlash. Nazorat qilish ishlarini avtomatlash, universal dastgohlarni avtomatlash. Avtomatik liniya (uzatgich)lar. Sanoat robotlarining tuzilishi. Sanoat robotlarining strukturasi. Klassifikasiyasi va texnik ko’rsatkichlari. Adaptiv, interaktiv, transport sanoat robotlari. Sanoat robotlarining ishlatilishi, yig’ish jarayonlarini avtomatlash. Ishlab chiqarishni avtomatlashda EXMni qo’llash. Moslashuvchan ishlab chiqarish jarayoni, moslashuvchan avtomatik tizimlar, uchastkalar, sexlar va korxonalarni hamda talabalar bilimi, malakasi va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar bilan tanishtiradi va o’rgatadi. Rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarish sanoati faoliyati va ularda texnologik jarayonlarni nazorat qilish hamda boshqarishning o’ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotining rivojlanishi konsepsiyasi sanoatning barcha tarmoqlarida Yuqori unumdorlikka ega, ishonchli, tejamkor texnologik jihozlarni yaratishda zamonaviy texnologiyalarni keng ko’lamda qo’llanishini ta’minlash dolzarb muammolardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu borada rivojlangan chet el mamlakatlarida, ya’ni AQSH, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlarda ma’lum Yutuqlarga erishilgan bo’lib, ularda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun mashinasozlik korxonalarida texnologik jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Fan vatexnikani so’ngi yillarda uzluksiz rivojlvnib borishi ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotlarni turi tez-tez o’zgarishi, ishlab chiqarish ob’ektlari almashinib, yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish muddatlarini qisqarishiga olib kelmoqda. Bu o’z navbatida avtomatlashtirilgan texnologik va yordamchi jihozlarni hamda ularning boshqarish tizimlarini loyixalash va hisoblash usullarini rivojlantirishni talab etadi. Yalpi va seriyali ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan 11 mashinalar tizimini yaratish va ularni korxonalarga tatbiq etish murakkab va mehnatni ko’p talab qiladigan masala hisoblanadi. Loyihanayotgan avtomatik liniyalar qancha murakkab bo’lsa, ularni o’rnatish variantlari shuncha ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida texnik masalalarni yechimi ularni loyixalash bosqichini bajarish davridan boshlanadi. Avtomatlashtirilgan mashina tizimlarini loyihalashda ularning strukturasi va kompanovkasi variantlariga, prinsipial sxemalariga, samaradorlik, ishonchlilik, iqtisodiy effektivligi hisoblariga asoslanadi. Mashinasozlikning avtomatlashtirish darajasi xozirgi kunda avtomatlashtirilgan mashinalar tizimlarini yaratishga qaratilgan bo’lib, ishlab chiqarishning har xil bosqichlarini – zagotovka tayyorlashdan yig’ishgacha bo’lgan jaryonlarni o’z ichiga oladi. Bunda avtomatlashtirishni markazi yalpi ishlab chiqarishdan seriyali ishlab chiqarish tomon o’tib borishi bilan asoslanadi. Bu o’z navbatida yordamchi texnologik jarayonlarni ham avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish va iqtisodiy, tashkiliy hamda boshqaruv tizimi masalalarini yechimini topish bilan bog’liq. Kompleks avtomatlashtirish doimiy ravishda texnik uskunalar(raqamli dasturda boshqarish tizimlari va dasturlari; oddiy mexanizmlardan elektron boshqaruv tizimlarigacha)ni takomillashtirib, bir tizimga keltirish usullaridan foydalanilgan holda ularning avtomatlashtirishning har bir bosqichida umumiy usullardan foydalanishni ko’zda tutadi. Bu o’z navbatida bir necha xildagi avtomatik liniyalarni loyihalash imkonini beradi. Demak, texnik taraqqiyotning rivojlanishini belgilovchi – mashinasozlikda mashina va mexanizmlarni loyixalashda va ularni ishlatishda tadqiqotning ilmiy asoslari namoyon bo’ladi. Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoi-tvda (18-asr gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-asr) i.ch. hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20-asr boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr energiyasidan i.ch. da foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keladi. I.ch.a. tushunchasi shu davrda paydo boʻldi. Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i.ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y.larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, ilmiy tadqiqot institutlarida avtomatika lab.lari tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tar-moklarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv bilan taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi. I.ch.a. ning ilmiy asoslari, asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish obyektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqrtchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan, boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish fun-ksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin I.ch.a. ni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Sexlar, om-borlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni tuzish va dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning harakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi kuril-malar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektron-nur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operatorodamga i.ch. jarayonlarining borishini kursa-tadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga aylantiradi. Bu im-pulslar himoya, rostlash yoki boshkdrish qurilmalarining ijro organiga taʼsir etib, ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yigish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xujaligi tarmoqlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. I.ch. jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishda i.ch. ni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat va rostlash jihrzlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim. Masalan, gidroelektr st-yalarida suv havzasidan chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan uzluksiz oʻtib turadi. Avtomatik rostlagichlar turbinalarning aylanishlar sonini, ishlab chiqarilgan tok chastotasi va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv quvvatlarni rostlab turadi. Himoya qurilmalari avariyaning oldini oladi. Avtooperator agregatlarini jadvalga mos holda ishga tushirib va toʻxtatib turadi. Energotizim dispetcheri telemexanika qurilmasidan foydalanib, GES ni uzoqdan (markaziy pultdan) turib boshqaradi. Oʻzbekistondagi de-yarli hamma GES lar shunday tartibda ishlaydi. Issiqlik elektr st-yalarini boshqarish ancha qiyinroq. Quvvati bir necha yuz MVt li "qozon — turbina — generator — transformator" bloki turli agregatlardan tashkil topgan. Mas, quvvati 800 MVt li blokda 1000 ga yaqin boshkarish obyekti va 1300 ga yaqin nazorat qilinuvchi parametrlar bor. Avtomat boshkarish tizimi yordamida shu obyekt va parametrlarni bitta muhandis-operator boshkaradi. Texnologik jarayonlari uzluksiz oʻtadigan kimyo, neft kimyosi, gaz va farmatsevtika sanoati, suv taʼminoti, kanalizatsiya va b. ni ham avtomatlashtirish mumkin. Konchilikda tog jinslarini qoʻporish usullarini takomillashtirish bilan birga, bu ishni samarali avtomatlashtirishga imkon beradigan termik, elektr va akustik qoʻporish usullari rivojlanmoqda; shaxtalarda EHM (elektron hisoblash mashinasi) va kompyuterlar qoʻllanilmoqda. Metallurgiyada foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonlari, asosan, siklli tartibda olib boriladi. Domna ishlab chikarishida barcha asosiy parametrlar avtomatik tarzda oʻlchanadi va rostlanadi. Issiklik rejimini boshqarish tizimida EHM va kompyuterlar qoʻllaniladi. Marten pechlarida gaz sarfi avtomatik rostlab turiladi. Prokat stanlarida asosiy yuritma, qisish qurilmalarining yuritmalari va yordamchi mexanizmlarni boshqarish avtomatlashtirilgan. Hisoblash mashinalari yordamida ma-teriallarni chiqindiga chiqarmasdan bichish tizimi qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon mashinasozligida I.ch.a, texnika taraqqiyotining asosidir. Avtomat-stanoklar bilan birga koʻp operatsiyali agregatlar, gidravlik, pnevmatik, elektr yoki aralash boshqarish tizimlari yaratildi va takomillashtirilmoqda. Dasturli boshqariladigan metall ishlash stanoklarining ish sikli toʻla avtomatlashtirilganda ham stanoklarning universalligi saqlanadi. Yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirish mashinasozlikning murakkab va dolzarb masalalaridan hisoblanadi. U katta iqtisodiy samara beradi. Yigʻilgan uzel va buyumlarning sifati yigʻish vaqtida avtomatik ravishda uzluksiz tekshirib turiladi. Mas, Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida shpindellar avtomat liniyada tay-yorlanadi, paxta terish mashinalari avtomat konveyerlarda yigʻiladi, Andijondagi "OʻzDEU avto" korxonasida barcha ishlar avtomatlashtirilgan. Radiodetallar, elektron lam-palar, ion asboblar, elektron-nur trubkalari, tranzistorlar, montaj simlari, radioelektron apparatlar va televizorlarni i.ch. toʻla avtomatlashtirilgan. Yengil sanoatda avtomatlashtirilgan kurilmalar va korxonalarni boshqarishning avtomat tizimlari joriy etilgan va etilmoqda. Poyabzal, galantereya va b. tarmoqlar buyumlarni yalpi ishlab chiqaradigan yuqori unumli avtomat kurilmalar bilan taʼminlangan. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ham I.ch.a. ning ahamiyati katta. Mahsulotlarni ishlash (artish, toʻgʻrash, maydalash va b.) avtomat qurilmalari masalliklarning toʻyimliligi va xushxoʻrligini toʻla saqlaydi, iyerofgarchilikni ancha kamaytiradi. Paxta sanoatida ham yalpi avtomatlashtirish joriy qilingan. Ularda paxtan i qabul qilishdan tortib, tola, chigʻit va momiq ajratib olish va tolani toylashga qadar jarayonlarni avtomatlashtirish majmualari mavjud. Transportda yukva yoʻlovchilar tashish salmogʻining oʻsishi transportning barcha turlarini kengaytirish va mavjud liniyalarda harakatni tezlatish bilan bogʻliq. Temir yoʻl transportini ekspluatatsiya qilishni avtomatlashtirish poyezdlarning qatnash grafiklariga aniq rioya qilishga va harakat xavfsizligini taʼminlashga imkon beradi. Poyezdlar "avtomashinist" yordamida boshqarilmoqda. Yuk va passajir kemalarida koʻp ishlar avtomatlashtirilgan. Samolyotlar "avtopilot"dan foydalanib boshqarilmoqda. Obhavo xizmati turli meteorologik maʼlumotlarni oʻlchash, yigʻish,, uzatish va ishlash bilan shugʻullanadigan murakkab kompleksdir. Bu maʼlumotlar atmosferaning turli qatlamlarida havo bosimi, temperaturasi va harakat tezligi, namlik, yogʻingarchilik miqdori va b. dan iborat. Gidrometeorologiyani yanada rivojlantirish uchun bu sohani avtomatlashtirish shart. Yer sunʼiy yoʻldoshlari, EHM, kompyuterlar bu sohada insonga juda katta yordam bermoqda. Avtomatik nazorat – avtomatik xabarlash, oʻlchash va rostlash asbo-blari yordamida turli ishlab chiqarish jarayonlarini odam ishtirokisiz tartibga solib turish va qayd qilib borish. Avtomatik nazorat texnolo-gik jarayon parametrlari (qiymatlari)ning oʻzgarishiga binoan mashina va apparatlarning boshqarish va tartibga solish organlariga tez va aniq ta’sir etishini ta’minlovchi asosiy vositalardan biri. Avtomatik nazoratda oʻlchash asboblari nazorat qilinayotgan parametrlarning qiymatlarini diagrammalarga yozib bo-radi yoki texnologiya jarayonini tartibga soluvchi, detallarni saralovchi va boshqa moslamalarga ta’sir etadi. Bunga dif-ferensial oʻlchash usuli, oʻrnini qoplab oʻlchash usuli, koʻpriksimon oʻlchash usuli va nol oʻlchash usulini qoʻllab erishiladi. Bu usullarning hammasi oʻlchash ja-rayonini pnevmatik (havo) yoki elektrik avtomatlashtirishga imkon beradi. Avtomatik nazorat – avtomatik xabarlash, oʻlchash va rostlash asbo-blari yordamida turli ishlab chiqarish jarayonlarini odam ishtirokisiz tartibga solib turish va qayd qilib borish Xulosa Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoi-tvda bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida. hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr energiyasidan i.ch. da foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keladi. I.ch.a. tushunchasi shu davrda paydo boʻldi. Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Mansurov X., Avtomatika va paxtani dastlabki ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish, T., 1995. Vosil Krbulov, Erkin Yoqubov.[1] Download 29.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling