Reja: Kirish Bankka oid munosabatlarda nizolar


Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash


Download 40.94 Kb.
bet3/9
Sana11.05.2023
Hajmi40.94 Kb.
#1450932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MARKAZIY BANKNING HUKUMAT BILAN ALOQASI

Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash.
Muomaladagi pul miqdori hajmini boshqa rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jalb qilingan pul mablag‘lari hajmiga qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan koeffitsientlarini belgilaydi. pul-kredit vositasida boshqa rishning samaradorligi, uning pul miqdori o‘sish sur’ati va tuzilmasiga, shuningdek pulning qadrsizlanish darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining moslashuvchanligiga bog‘liq. Ko‘rib chiqilayotgan qonunning 28-moddasiga muvofiq majburiy zaxiralar alohida hisobvaraqdan aqd pul yoki omonat lar tarzida deponentga olinadi. zaxiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bilan bog‘liq qisqa muddatli muammolarni hal etish imkonini beradi. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zaxiralarga foizlar qo‘shib qo‘yilishi ham mumkin. tijorat banklarining mablag‘larini zaxiralash talablariga amal qilish borasida javobgarligini oshirish uchun qonunda moliyaviy sanktsiyalar ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan pulni qonunda belgilangan tartibda so‘zsiz undirib olish, shuningdek, jarimalar solish huquqi berilgan
Shuningdek, Markaziy bank hukumatning fiskal agenti sifatida, hukumat bilan shartnoma tuzganida, hukumat organlariga va muassasalariga bank xizmatlari ko‘rsatganida ham Markaziy bank va hukumat o‘rtasida bankka oid xuquqiy munosabatlar yuzaga keladi.
Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi, Markaziy bank va hukumat muassasalari o‘rtasidagi munosabatlar faqat qonunlar va boshqa qonunosti xujjatlari bilan tartibga solinadi.
Tijorat banklari bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlari qonunchilik xujjatlari bilan bir qatorda ular o‘rtasidagi tuzilgan bank xizmatlari ko‘rsatishga oid shartnomalar bilan ham tartibga solinadi.
Bevosita tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlaridan tashqari boshqa kredit muassasalari (kredit uyushmalari, o‘zaro yordam kassalari va boshqalar) tomonidan o‘z vakolatlari doirasida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holdagi aloqalar ham bankka oid xuquqiy munosabatlar jumlasiga kiritilishi lozim.
Bank sohasidagi xuquqiy munosabatlarning yuzaga kelishiga quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
a) tijorat bankini ro‘yxatga olish va litsenziya berilishini so‘rab ta’sischilar tomonidan Markaziy bankka belgilangan tartibda qilingan murojaat;
b) tijorat banki tomonidan iqtisodiy normativlarni shakllantirilishi chog‘ida Markaziy bank bilan bo‘ladigan aloqalardan kelib chiquvchi oqibatlar;
v) qonunchilik xujjati yoki idoraviy me’yoriy xuquqiy xujjat qabul qilinishi;
g) Markaziy bank tomonidan bank nazoratini amalga oshirish chog‘ida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan xuquqbuzarlik faktlari;
d) tijorat banklari va uning mijozlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar;
ye) tijorat banki yoki mijoz tomonidan shartnoma shartlari talablarini buzilishi;
j) fors-major hodisalarning yuz berishi va boshqalar.
Bankka oid xuquqiy munosabatlar mazmuni bu munosabat taraflari (banklar va mijozlar) da paydo bo‘ladigan xuquqlar hamda majburiyatlar ko‘lami bilan belgilanadi. Ya’ni bankka oid xuquqiy munosabatga kirishish uning ishtirokchilarida xuquqlar paydo bo‘lishini hamda majburiyatlar yuzaga kelishini anglatadi. Bankka oid munosabatlarda qatnashayotgan shaxslarda o‘ziga xos xuquqlar va majburiyatlar (Moliya-kredit, bank xizmatlari ko‘rsatilishi, valyutaga oid) paydo bo‘ladi.
Bank xuquqiy munosabatlarining ob’ekti bo‘lib Markaziy bank tomonidan bank tizimini boshqarish hamda nazorat qilish faoliyati sanaladi. Tijorat banklari faoliyatida esa bunday ob’ekt bo‘lib bank xizmatlari, bu xizmatlarni ko‘rsatilishi bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladigan bank operatsiyalari, boshqa hildagi qo‘shimcha bank xizmatlari sanaladi.
Majburiyatlarni bajarilishni ta’minlash vositasi sifatida berilayotgan kredit uchun mol-mulklar yoki xuquqlarni garovga olinishi, kafillik qilinishi, javobgarliklarni sug‘urtalanishi ham bankka oid xuquqiy munosabatlarning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Bankka oid huquqiy munosabatlar Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida yuzaga kelganda ma’muriy xuquqiy usullarda, tijorat banklari bilan ularning mijozlari sanaluvchi jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida yuz berganida esa fuqarolik xuquqiy vositalar va usullar bilan tartibga solinadi. Markaziy bank tijorat faoliyati bilan, ya’ni foyda olishni mo‘ljallovchi risk bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emas.
Markaziy bank tijorat maqsadlarida (foyda olishni ko‘zlab) o‘zga korxonalar va tashkilotlar, tijorat tashkilotlari, kredit uyushmalarining kapitalida ishtirok etishi ta’qiqlanadi. Bunda davlat tomonidan unga topshirilgan mol-mulklar bilan risk qilmaslik, ularni xatar ostiga qo‘yishdan saqlash maqsadi, shuningdek monopolistik faoliyatni oldini olish maqsadlari nazarda tutilgan.

Download 40.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling