Reja: Kirish Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanishi


Elektron to’lov tizimining joriy etilishi


Download 55.78 Kb.
bet4/7
Sana03.12.2023
Hajmi55.78 Kb.
#1801087
1   2   3   4   5   6   7
3. Elektron to’lov tizimining joriy etilishi.
O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tishi bilan bank tizimida bir qator o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Ikki pog’onali bank tizimi paydo bo’ldi. Tijorat banklarining shaxobchalari kengaytirildi. Bundan tashqari, mulkchilik shakillarining paydo bo’lishi banklar o’rtasidagi munosabatlarning ko’payishiga olib keldi. Shu munosabatlar bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida tezkorlik bilan amalga oshirish uchun yangi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish zarurati tug’ildi.
Ilgari pochta yoki telegraf orqali to’lov hujjatlari bir bankdan ikkinchi bankka jo’natilganda to’lovlar bir necha kunga , xatto 15-20 kunga cho’zilib ketar edi. Bundan tashqari, noqonuniy avizolar jo’natish hollari ham kuzatilgan edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi to’lovlar tizimini joriy etish masalasi kun tartibiga qo’yildi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yilning 18 martidagi 146- sonli “Bank tizimini rivojlantirish va pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlari” haqidagi qarorida banklararo hisob-kitoblarni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ular quyidagilardir:
1.Kompyuter markazlarini joriy etish;
2.Elektron pochta tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
3. Hisob ishlarini avtomatlashtirish;
4.Noqonuniy hisob-kitob operatsiyalarini o’tkazishning oldini olish;
5.Noqonuniy avizo –ogohnomalarni rasmiylashtirishga yo’l qo’ymaslik.
Ko’pgina tijorat banklarida bankning hisob ishlarini mexanizatsiyalash darajasi juda past ekanligini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklararo hisob-kitoblarni elektron pochta tizimi orqali tashkil etishga qaror qildi. Elektron pochta orqali to’lovlar tizimining texnik jihatdan o’rnatishnining uncha qimmat emasligi, qisqa mudatda tadbiq etilishi, kadrlarni tez muddatlarda o’qitilishi yangi tizimning joriy etilishini tezlashtirdi. Dastlab tajriba o’tkazildi. 1994 yilning iyul- oktabr oylarida Markaziy bank tomonidan programma ishlab chiqildi va shu yilning 1-oktabridan e’tiboran elektron pochta tizimidan tajriba sifatida foydalana boshlandi. Tajriba davomida uni ishlatish bo’yicha o’zgartirishlar kiritildi. Dastlab to’lovlarni 2-4kun ichida o’tkazilishga erishildi.
Xalq xo’jaligidagi hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida 1995 yil boshidan boshlab har bir viloyat Markaziy bank qoshida xududiy hisob markazlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir tumandagi ilgari faoliyat ko’rsatib kelgan kliring markazlari yopilib, ularning faoliyati to’xtatildi. Shu munosabat bilan oddiy pochta avizolari bekor qilindi. respublika ichidagi barcha hisob-kitoblar uzog’I bilan ikki kun ichida o’tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to’lovlar tizimi joriy etildi.
Elektron to’lovlar tizimi bu- umumdavlat tizimi bo’lib, banklararo to’lovlarni tashkil etadi va u qog’ozsiz texnologiyalarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki elektron pochta vositalari orqali o’tkazilishiga asoslangandir. Hozirgi kunda elektron to’lovlar tizimi yuqori o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lib, to’lovlarning respublika miqyosida 15-20 daqiqa mobaynida o’tishini ta’miylaydi. Bir xudud, ya’ni viloyat ichida esa to’lovlar 3-5 daqiqa ichida yakunlanadi. Elektron to’lovlar tizimi quyidagi funksiyalrni bajaradi:
1.O’zbekiston Respublikasi banklari o’rtasida naqd pilsiz hisob-kitoblarni jadallashtirsh;
2.Uzatiladigan elektron to’lov hujjatlarini ruxsatsiz tashqi daxl etishdan himoya qilish;
3.Banklarning vaqtincha pul resurslaridan samarali foydalanish;
4.Kredit va xatarlilik darajasini boshqarish;
5.To’lov operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun va qoidalarga rioya qilish;
6.Tijorat banklari tomondan amaldagi qonunchilikka va bank faoliyati me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishi bo’yicha Markaziy bankning nazorat va kuzatuv funksiyalarini bajarish;
7.Ma’lumotlar bazasini yaratish.
Elektron to’lovlarni o’tkazishda initsiator va benifitsiar banklar ishtirok etadi.
Initsiator bank bu – to’lov operatsialarini boshlovchi bank, benifitsiar bank bu- to’lov operatsiyalarini yakunlovchi bankdir. Banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar elektron to’lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Elektron to’lov hujjati O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shaklda pul hisob-kitob hujjatlari asl nusxasi asosida yaratilgan “elektron” belgili hujjat bo’lib, uning asosiy nusxasi hisoblanadi va asl nusxa kuchiga ega bo’ladi. Elektron to’lovlar tizimida uzatish uchunmo’ljallangan hujjatlarning to’g’ri to’ldirilganligi uchun bank mijozi javobgar bo’ladi. Xududiy axborotlashtirishMarkaziga qayta ishlash uchun uzatiladigan elektron to’lov hujjatlarini hisoblab o’tkazish, hisobdan chiqarish va ularning elektron fayllarini shakllantirilishi to’g’riligi uchun javobgarlik initsiator bankka, xududiy axborotlashtirish markazidan qabul qilinadigan to’lov hujjatlari uchun javobgarlik esa benifitsiar bankka yuklatiladi. Elektron to’lov tizimi bir qator prinsplar asosida faoliyat ko’rsatib, ular quyidagilardir:
1.To’lovlar bo’yicha transaktsiyani o’tkazish tashabbusi initsiator-bankka tegishli bo’ladi;
2.To’lovni amalga oshirishdan oldin operatsion kunning boshida tijorat banklarning ichki va tashqi vakillik hisobvaraqalaridagi oborotlar va qoldiq mablag’lari bir-biriga muvofiqligi tekshiriladi;
3.Amalga oshirilgan transaktsiya qaytarilmaydi.
4.To’lovlarning eng yuqori summasi cheklanmagan
5.To’lovlar initsiator – bank tomonidan vakillik hisobvarag’idagi mablag’ qoldig’i chegarasida to’lanadi. Undan ortiqcha mablag’ sarflash overdraft summasi miqdorida amalaga oshirilishi mumkin.
Elektron to’lovlar ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashgan markazlari va hisob-kitob markazlaridir. Elektron to’lovlar tizimidan foydalanuvchilar hisob-kitob kassa markazlari va tijorat banklaridir. Elektron to’lovlar tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari tijorat banklari, axborotlash markazlari va hisob- kitob markazlari o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinib turiladi.
Har bir bank elektron to’lovlar tizimiga qo’shilishi uchun avvalo Respublika Markaziy bankida ro’yxatga olingan hamda BDMAB tomonidan unikal kod berilgan bo’lishi lozim. Shu bilan birga ushbu bank elektron to’lovlar tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli tegishli dasturiy majmuaga ega bo’lishi lozim. Shundan so’ng, bank elektron to’lovlar tizimiga ulanguncha Axborotlashtirish bosh markazi xodimlari yordamida ma’lumotlarni qabul qilish , uzatish bo’yicha bank tayorgarligining haftalik tajriba tekshiruvi o’tkaziladi. Bunday tajriba tekshiruv ishlari ijobiy natija olguncha davom ettiriladi.
Tajriba tugaganidan so’ng hududiy Axborotlashtirish markazida bankning elektron to’lovlar tizimida ishlashga tayyor ekanligi to’g’risida dalolatnoma tuziladi va bank elektron to’lovlar tizimiga qo’shiladi.
Hisob siyosati - bu bank tomonidan operatsiyalarni balans hisobvaraklarida aks ettirish, olib boriladigan ichki nazorat, shuningdek moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, ularni foydalanuvchilarga taqdim etish va chop etish bilan bog‘liq aniq tamoyillar, asoslar, shartlar, koida xamda amaliyotlar yigindisidir. Bankning buxgalteriya tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 11 iyulda 1834-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish yo’riqnomaga muvofik hisob-kitob pul hujjatlarini rasmiylashtirish, ularni nazorat qilish xamda buxgalteriya hisobi hisobvaraklari bo‘yicha bank operatsiyalarini aks ettirish bilan shugullanuvchi xodimlarni o‘z ichiga oladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali Boshqaruvchisi amalga oshiradi. Bank raxbari buxgalteriya ishi xolatini umumiy kuzatish bilan bir katorda balans va boshka hisobotlarni o‘z vaktida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga o‘z vaktida xamda sifatli xizmat ko‘rsatilishini muntazam nazorat kilib turishi shart.
Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri raxbarlik kiladi. U Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘grisidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan vaktda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi. Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bank raxbarining buyrugi bilan tasdiklanadi. Mas'ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraklarni yuritish yoki aloxida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraklarni buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taksimlash va kayta taksimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladi xamda ko‘lda maxsus daftarda kayd etib boriladi.
Mijozlarning bank xodimlarining xatti-xarakatlari ustidan shikoyatlari xamda boshka murojaatlari amaldagi konun hujjatlariga muvofik qabul kilinadi va ko‘rib chikiladi. Murojaat qilish tartibi e'lonlar osib ko‘yish yo‘li bilan mijozlarga ma'lum kilinishi lozim. Bosh ofisning Hisobot va hisob-kitob va Moliya menejmenti boshqarmasi, viloyat boshkarmalaridagi hisobot va hisob-kitob bo‘limlari buxgalteriya ishlarini amaldagi me'yoriy hujjatlarga asosan tashkil etilishini ta'minlaydi xamda nazorat kilib boradi. Shu bilan birga bank faoliyatining asosiy maqsadidan kelib chikkan xolda xududiy filiallarga me'yoriy yo‘riknomalar doirasida ko‘rsatma va farmoyishlar beradi. Bank filiallarida buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 13 avgustda 778 - 17-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi
hisobvaraklari rejasi”ga muvofik yuritiladi. Barcha operatsiyalari milliy valyutada, shuningdek xorijiy valyutada xamda milliy valyutadagi ekvivalentida yuritiladi. Xorijiy valyutadagi operatsiyalar yuzasidan Bosh va yordamchi kitoblar xar bir valyutaning turi bo‘yicha aloxida-aloxida yuritiladi. Buxgalteriya xodimlarining ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish amaliyot kuni davomida ijroga qabul kilingan pul hisobkitob hujjatlari dastlabki xamda joriy nazoratdan o‘tkazilib, ular o‘z vaktida ijro etilishi, ya'ni hisobvaraklar bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tuzilishi va keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bajarilgan barcha operatsiyalarni yakuniy nazoratdan o‘tkazish ishlarini o‘z ichiga oladi. Bank amaliyot kuni - bank ish kunining bir qismi bo‘lib, buxgalteriya xodimlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi hisobvaraklari bo‘yicha aks ettirish davrini o‘z ichiga oladi.
Bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi bo‘yicha buxgalteriya yozuvi bilan bank amaliyot kuni oxirigacha rasmiylashtiriladi. Bank amaliyot kuni tugaganidan so‘ng topshirilgan hujjatlar bankning keyingi ish kuni balansi bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda mijozlardan amaliyot kuni tugaganidan so‘ng qabul kilingan to‘lov hujjatlari buxgalteriya mas'ul ijrochisiga ajratilgan seyflarda saklanadi. Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat kolgan vaktda boshqa shaxarda joylashgan to‘lovchilarning xizmat ko‘rsatuvchi banklariga inkassoga qabul kilingan to‘lov talabnomalari o‘sha kuniyok jo‘natiladi. Amaliyot kuni davomida mijozlardan hisob-kitob pul hujjatlarini bevosita buxgalteriya xodimlarining o‘zlari qabul kilib oladilar. Amaliyot kunidan tashkari vaktda hujjatlar bankka maxsus kurilmalar (kutilar) orkali topshirilishi mumkin. Ulardagi hujjatlar xar soatda kamida bir marta olinadi. Operatsiyalar xajmini tartibga solib turish uchun bankka doimiy ravishda katta mikdorda to‘lov hujjatlari taqdim etib turadigan mijozlardan hujjatlarni qabul qilish jadvali xar bir filialda belgilanadi. Jismoniy shaxslar (turli badallarni topshiruvchi fukarolar, omonatchilar)ning hisob-kitob va kassa operatsiyalari ushbu operatsiyalarni bajaruvchi buxgalteriya xodimlari tomonidan operatsion kun davomida amalga oshiriladi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jadvali xar bir filial tomonidan mustakil ravishda belgilanadi. Elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 14 fevralda 1545-son bilan
ro‘yxatga olingan “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘grisida”gi Nizomi talablaridan kelib chikkan xolda amalga oshiriladi.Filiallarda balansni o‘z vaktida shakllantirib Markaziy bankning xududiy bosh boshkarmalariga o‘rnatilgan muddatda (keyingi kun soat 10.00 gacha) taqdim etilishini, Markaziy bank uchun IATTga ma'lumot fayllarini o‘z vaktida va to‘lik jo‘natilishini xamda bankda umumlashgan balansni o‘z vaktida shakllantirilishini ta'minlash, yagona bazada turli upgradelarni o‘tkazish, Bank klasterida profilaktika ishlarini amalga oshirishga imkoniyat yaratish maqsadida ish tartibi va operatsion kunni yopish kat'iy tarzda kuyidagicha belgilanadi:
a) bankda yangi ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob markazi (bundan keyingi o‘rinlarda XKM deb yuritiladi)da ochilgan tashki ("21302-Rezident bankning vakillik hisobvaragi") vakillik hisobvaragining kun boshiga aylanma va koldik summalarini, ichki ("10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragi") vakillik hisobvaragining aylanma xamda koldik summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlanadi. Ichki va tashki vakillik hisobvaragi aylanma xamda koldik summalarini mosligini tasdiklash uchun XKM ga elektron fayl yuboriladi;
b) XKM bank yuborgan elektron faylni qabul kilib oladi va bankning tashki xamda ichki vakillik hisobvarak koldik summalarini dasturiy ravishda takkoslaydi va ularni mosligini tasdiklab bankka kaytaradi. Vakillik hisobvaraklar koldik summalari mos kelmasa mavjud fark bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi;
c) XKM dan tasdik (W-fayl) olinganidan so‘ng bankka banklararo to‘lovlarni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi;
g) filiallarga Bank Hisob-kitob markazida ochilgan tashki ("22204-Bosh bank-filiallarga to‘lanadigan mablaglar") va filiallarda ochilgan ("16103-Bosh bank filiallardan filiallararo va banklararo hisobkitoblar bo‘yicha olinadigan mablaglar") ichki vakillik hisobvaraklar koldik summasining mosligini tasdiklash Bosh ofis tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik hisobvaragi (16103) va Bank Hisobkitob markazida ochilgan tashki (22204) vakillik hisobvaragi o‘rtasida fark mavjud bo‘lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha filiallararo xamda banklararo to‘lovlarni amalga oshirish va yangi kunga o‘tib ishlashga ruxsat etilmaydi;
d) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishiga asosan bank ish kuni konun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo‘lsa filiallararo va ichki to‘lovlar bank ish kuni davomida soat 17-30 ga kadar amalga oshiriladi. Filiallararo to‘lovlar bankning mijozlari o‘rtasida amalga oshirilishini inobatga olib, o‘z mijozlaridan to‘lov hujjatlarini (filiallararo to‘lovlar bo‘yicha) soat 16-00 gacha qabul qilishnishi mumkin. Ichki to‘lovlar katoriga kassa amallari, to‘lanishi va olinishi lozim bo‘lgan
foizlar hisobini hisoblash xamda xodimlarga ish xaki hisoblash va shunga
o‘xshash amallar kiradi;
e) banklararo to‘lovlar bo‘yicha banklar mijozlaridan bank amaliyot kuni davomida qabul kilingan to‘lov hujjatlari yuzasidan buxgalteriya o‘tkazmalarini bank ish kunining soat 15-00 ga kadar amalga oshirib soat 16-00 ga qadar XKMga yetkazib berishlari kerak, aks xolda banklararo to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Filialning aybi bilan amalga oshmay kolgan hujjat bo‘yicha filial raxbari va mas'ul xodimlari javobgar hisoblanadi, bundan bankka taallukli bo‘lmagan tashki omillar mustasno;
f) banklararo byudjet to‘lovlari XKMga soat 16-00 dan 16-30 ga kadar yuboriladi, soat 16-30 dan kech yuborilgan banklararo byudjet to‘lovlari XKM tomonidan kaytarib yuboriladi. Filialning aybi bilan amalga oshmay kolgan hujjat bo‘yicha filial raxbari va mas'ul xodimlari javobgar hisoblanadi, bundan bankka taallukli bo‘lmagan tashki omillar bundan mustasno;
j) filiallar soat 16-30 dan to 17-00 ga kadar o‘zlarida byudjet to‘lovlariga ochilgan tranzit hisobvarak koldiklarini XKM orkali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xududiy Bosh boshkarmalari XKMlarida ochilgan byudjet tranzit hisobvaragiga o‘tkazishlari shart. Filialning aybi bilan amalga oshmay kolgan hujjat bo‘yicha filialning raxbari va mas'ul xodimlari javobgar hisoblanadi, bundan bankka
taallukli bo‘lmagan tashki omillar mustasno;
z) XKM banklarga banklararo to‘lovlar tugaganligi to‘grisida END faylni yuborganidan so‘ng banklar o‘rtasida banklararo to‘lovlar to‘xtatiladi;
i) Bank filiallari o‘rtasida to‘lovlar soat 17.30 gacha amalga oshiriladi;
k) Bankning Hisob-kitob markazi tomonidan END fayl jo‘natiladi soat 18.00 gacha va filial tomonidan END fayl qabul kilinganidan so‘ng filial balansi yopiladi.
Filiallarda ish kuni bank operatsiyalari buxgalteriya hisobotida to‘lik aks ettirilib, kunlik balans hisoboti taxlil kilinib, bank filiali raxbari xamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan so‘ng yakunlanadi. Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni konun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo‘lsa, filial shu kunning o‘zida bank ish kuni yakunlangani , ya'ni soat 18-00 dan so‘ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni konun hujjatlariga asosan
uzaytirilgan bo‘lsa keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan xolda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo‘natadi. Zarur xollarda filiallararo elektron to‘lovlar vakti bankning Hisob-kitob markazi orkali Boshqaruvi Raisi yoki Rais o‘rinbosarining yozma farmoyishiga asosan uzaytirilishi mumkin.
Agar filial tomonidan amaliyot kuni (balans) xar xil sabablarga ko‘ra muddatida yopilmasa filial balansi dasturiy ravishda Bosh ofisdan yopishga ko‘yiladi. Filial balansi Bosh ofis tomonidan yopilganda balans hisobvaraklari o‘rtasida xosil bo‘ladigan nomutanosibliklar uchun filial raxbarlari javobgar hisoblanadi.



Download 55.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling