Reja Kirish Banklarda kredit operatsiyalarini tashkil qilish asoslari
Download 150.32 Kb.
|
bank tizimida
XULOSAIqtisodiy globallashuv sharoitida bank tizimining barqarorligini va raqobatbardoshligini oshirish borasida korporativ boshqaruvni mexanizmini samarali tashkiletish yo‘li bilan tijorat banklarining kapitallashuv darajasini o‘stirish, ularninginvestitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘laminikengaytirish, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini uzoqmuddatli depozitlarga jalb etish hamda bank faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘ladigantavvakalchilikni to‘g‘ri baholash juda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda,mamlakat iqtisodiyotining lokomotivi bo‘lgan bank tizimining samarali faoliyatko‘rsatishi mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada rivojlantirishga hamda moliyaviyresurslarini qayta taqsimlashni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu boisdan bank tizimining faoliyati o‘ziga xos boshqaruvni talab etadi. Bu esa,ularning barqarorligini ta’minlash hamda faoliyat samaradorligini oshirishdakorporativ boshqaruvning huquqiy va institutsial asoslarini xalqaro talablarga mos holdatakomillashtirishni taqozo etadi. Banklarda korporativ boshqaruvining umumiy tamoyillari, aksiyadorlar vamenedjerlar o‘rtasidagi munosablar hamda boshqaruv hisobotlarning taqdim etilishi kabijihatlari Bank nazorati bo‘yicha Xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan 1999 yil sentyabrdaqabul qilingan "Kredit muassasalarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish"tavsiyalarida o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2015 yillarda respublika moliya-banktizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reytingko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida" 2010 yil 26 noyabrdagi 1438-sonli qaroriga muvofiq, banklarda korporativ boshqaruvning yanada takomillashtirishborasida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, xususan, bank Kengashi a’zolari tartibiga minoritar aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qiladigan vakilni majburiy kiritish amalatiyotini joriy qilish; banklarda yirik bitimlarni (jami kapitalning 15 foiz vaundan yuqori bo‘lgan) tuzish va muddatini uzaytirish bo‘yicha Bank kengashi tomonidan majburiy ma’qullash to‘g‘risida tegishli me’yorlar tatbiq etish; bank Kengashigabo‘ysinuvchi bank tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo‘mitasini tijorat banklari korporativ boshqaruv tuzilmasiga majburiy tatbiq etish; boshqaruv, boshqaruv a’zolari vaichki audit xizmati rahbarining bank tizimi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalarning bajarilishi yuzasidan tayyorlangan hisobotlarini har chorakda ko‘rishni joriy qilish belgilangan. Xulosa o‘rnida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy modernizatsiyalashuv jarayonida aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilgan tijorat banklarida samarali korporativ boshqaruvning dolzarbliligi, ayniqsa, jahon va maxalliy moliya bozori tendensiyalarini o‘zgaruvchanligiga ta’sirchanligini oshirilishi, banklarning reyting darajalarini yuqori ko‘rsatgichlariga erishilishi, banklar uchun potensial investorlarni jalb qilinishida raqobatli kurash muxitini yaratilishi, banklar faoliyatidagi tavakkalchiliklarni to‘g‘ri boshqarilishida, aksiyadorlarning huquqlarini himoyalash vaqonuniy manfaatlarini ta’minlanishini kuchaytirish, foyda olishning kafolatlanganligita’minlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilinishida axborot shaffofligi bo‘lishi hamda moliyaviy inqirozlarni oldini olinishida ahamiyatga ega hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda bozor munosabatlari hamda iqtisodiyotimizning rivojlanishining dolzarb muammolarini hal etish, imkoni boricha chet el kapitalining kirib kelishini talab etmoqda, bu jarayon o‘z navbatida, ular uchun zarur va qulay huquqiy muhitning yaratilishini taqozo etadi. Mamlakatimizdagi mavjud banklar faoliyatini milliy korporativ boshqaruv mehanizmini shakllanishini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz: Aksionerlik tijorat banklarini boshqarish jarayonidagi ma’luotlarning ochiqlik darajasini ta’minlash; Aksionerlar jamiyati yoki kompaniyalar boshqaruv organlari hissadorlar yoki aksiyadorlar oldida muntazam ravishda xisobot berib borishini ta’minlash; korporativ faoliyatning amaldagi qonunchilik, ishonchli bank faoliyatiga muvofiqligini ta’minlash; bank muassasasini boshqaruv tizimi haqidagi bozor ishtirokchilari o‘z fikrlarini shakllantirishlariga imkon beruvchi banklar faoliyati haqidagi ma’lumotni oshkoralik darajasiga muvofiqligiga amal qilish; korporativ boshqaruv, shu jumladan, xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini etakchi xorijiy banklar hamda moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida yanada takomillashtirish; banklar aktivlari va kredit portfeli sifatini yaxshilash, bank faoliyati bilan bog‘liq xatarlarni (kredit, valyuta, operatsion, foiz va boshqalar) baholash tizimini yanada rivojlantirish; tavakkalchiliklarga qarshi barqarorlikni oshirish, banklar faoliyatida nazorat sifatini va samarasini yanada oshirish; banklar faoliyatiga sog‘lom va xavfsiz bo‘lgan bank amaliyotini amalga oshirishni o‘z ichiga olgan bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tahrirdagi «Korporativ boshqaruvning samarali omillari»ni joriy etish, malaka etikasi andozalarini o‘rnatish, banklar faoliyatining shaffofligini ta’minlash. Qayd etish joizki, aksiyadorlik jamiyatining barqaror rivojlanishi va yuqori daromad keltirishi uning moliyaviy ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Natijada aksiyadorlarga dividendlar to‘lash, korxonani modernizatsiya qilish uchun o‘z mablag‘ini ajratish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa korporativ boshqaruv organlari, jumladan, kuzatuv kengashi hamda ijroiya organi ma’suliyatlarini yanada oshiradi. Download 150.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling