Reja kirish Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari biznes-rejani tayyorlash bosqichlari biznes-reja tuzilmasi xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kirish
Download 45.37 Kb.
|
Reja kirish Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari biznes-rejani
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-jadval. Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi
4-jadval. Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi Keltirilgan variantlardan ko’rinib turibdiki, biznes-rejaning qat’iy tartibga solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo’limlar mavjud bo’lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) kontsepsiyasi, taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o’ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta’minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan har bir biznes-reja tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni nimadan yoki qanday boshlash kerak, ishlab chiqarishni qay tarzda samarali tashkil qilish mumkin, ilk daromad (foyda) qachon olinadi, investorlar va kreditorlar bilan qanchalik tez hisob-kitob qilish mumkin, tavakkalchilik darajasi va uni kamaytirish imkoniyatlari qanday. Biznes-rejaning har bir bo’limi o’z mazmuniga, ko’rsatkichlar tizimi va ularni hisob-kitob qilish usullariga ega bo’ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to’liqligiga putur etkazmaydi. Barcha bo’limlar o’zaro bog’liq bo’lishi hamda korxonaning potensial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning bo’limlarini mazkur qo’llanmaning mos keluvchi boblarida alohida ko’rib chiqamiz. Bozor munosabatlari sharoitlarida biznes-reja qonun maqomiga ega bo’lmasligi hamda bozordagi vaziyatga bog’liq bo’lgan holda turli o’zgarishlarga uchrashi, iste’molchilarning hali qondirilmagan ehtiyojlariga moslashtirilishi lozim. Biroq bunday tarzda qayta ko’rib chiqish har bir holatda jiddiy ravishda yetarlicha asoslab berilishi zarur. Download 45.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling