Reja Kirish Bob. Jahon psixologiyasida suitsid muammosining organilishi
Jahon psixologiyasida suitsid muammosining organilishi
Download 68.94 Kb.
|
Jahon psixologiyasida suitsid muammosining organilishi
Suitsid lotincha sozdan olingan bolib, oz joniga qasd qilish, ongli ravishda ozini hayotdan mahrum qilish manosini bildiradi. Suitsidal xulq-atvor - suitsiddan kengroq tushuncha bolib, ozida suitsidal xatti-xarakat, oz joniga qasd qilish xodisalarini qamrab oladi. Adabiyotlarda kopincha suitsidal xatti-harakatlar bilan solishtiriladigan, autatravmatizm (oziga jarohat yetkazish), autoagressiv xatti-harakat terminlari uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi oz joniga qasd qilish bolsa, uni suitsidal xatti xarakatlarga boglash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda autodestruktiv (oziga zarar yetkazish bilan bogliq xulq-atvor) ozini- ozi yoq qilish xulq-atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik ruhiy ogriq, ogir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Kongil ogrigiga chiday olmaslik, uni har qanday yol bilan toxtatishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsid oz muammolardan qutilish va hal etish usulidek korinadi. Garb psixologiyasida sitsidal xulq-atvor muammolarini organish boyicha koplab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shu orinda E.Dyurkgeym, Z.Freyd, A.Adler, K.Menninger, G.K.Yung, G.K.Yung, G.S. Salliven, K.Rodjers, E.Shneydman, N.Farberou va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari samarali natijalarni bergan. Biz quyida ular tomonidan amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishlariga qisqacha toxtalib otamiz. E.Dyurkgeym suitsid holatlarini organib, uni keltirib chiqaruvchi omillarni korsatib berishga harakat qilgan. E.Dyurkgeymning oz joniga qasd qilishning ijtimoiy nazariyasiga muvofiq, suitsidal fikrlar avvalo shaxsning ichki shaxsiy aloqalarining uzilishi, ozi taalluqli bolgan ijtimoiy guruxdan begonalashuvi oqibatida paydo boladi. Uning qarashlariga muvofiq, suitsidning uchta asosiy korinishlari mavjud. Birinchi turi, kopgina oz joniga suiqasd harakatlari egoizmni bildiradi va kopgina holatlarda ozini ozi yoq qilish individning ozini jamiyatdan, oilasi va dostlaridan begonalashgan va yakkalangan deb his qilishi bilan shartlangandir. Ikkinchi turi, anomik oz joniga suiqasd qilish bolib, u shaxsning ijtimoiy gurux bilan ozaro aloqasini buzilishiga olib keladigan jamiyatdagi ozgarishlarga moslashishdagi muvaffaqiyatsizliklarni oqibatida yuz beradi. Ular ijtimoiy iqtisodiy inqirozlar vaqtida kopayadi, biroq ijtimoiy yuksalishda ham saqlanib qoladi, chunki farovonlikning tezlik bilan osishi oldingi hayotiy sharoitlardan farq qiluvchi yangilariga moslashishni keltirib chiqaradi. Muallif oz hayotiga suiqasdning oxirgi, uchinchi korinishini altruistik suitsid deb nomlagan. Suitsidning ushbu turida odamning jamiyatning yoki guruxning obroli shaxsi (avtoriteti) tomonidan uning egoidentligini bostirishi oqibatida u jamiyat foydasi, qandaydir ijtimoiy, diniy yoki falsafiy goya uchun ozini qurbon qilishi korsatib otilgan. Atoqli psixiatr Z.Freydning suitsid borasidagi tasavvurlari esa odamdagi mavjud ikkita asosiy mayl konsepsiyasiga asoslanadi: Eros hayot instinkti va tanatos olim instinkti. Olimning fikricha, inson hayoti ular ortasidagi jang maydoni hisoblanadi. Inson nafaqat yashashni, suyukli bolishni va ozini davomini farzandlarida korishni istaydi shunday davrlar yoki ruxiy holatlar boladiki, bunda olim istalgan boladi. Yosh otishi bilan Eros olib boradi, Tanatos kuchli, qatiyatli bolib boradi va odamni olimga olib borib, ozini toliq royobga chiqaradi. Freydga muvofiq suitsid va oldirish tanatosning buzgunchi tasirining namoyon bolishidir, yani agressiyaning. A.Adler suitsid muammosini organib, odam bolish, avvalo, ozining nomukammalligini his etishdan iborat bolishini takidlaydi. Uning fikricha, hayot anglanmasligi mumkin bolgan maqsadga intilishdan iborat, biroq u individning barcha harakatlarini yonaltiradi va yashash uslubini shakllantiradi. Nomukammallik hissi ilk bolalik davrida paydo boladi va turli yetishmovchiliklar bilan ogirlashadigan jismoniy va psixologik zaiflikka asoslanadi. Inson uchun boshqa odamlar bilan umumiylikni his etish ekzistensial (hayotiy) muhimdir. Ekzistensiya lotincha sozdan olingan bolib, existre ajratib turish, paydo bolish, mavjud bolmoq kabi manolarni anglatadi. Shuning uchun inson butun hayoti davomida nomukammallikni yengish yoki ornini toldirish harakatida boladi. Ushbu harakat, qidirish odam xulq atvorining harakatlantiruvchi kuchiga aylanadigan va hayotni mazmunli qiladigan ozini-ozi namoyon qilish, hokimiyatga intilishda amalga oshadi. Biroq bunday qidirish, harakat sezilarli tosiqlarga duch kelishi va suitsidga qochish bilan boshlanadigan inqirozli vaziyatga olib kelishi mumkin. Birlik hissi yoqoladi; qiyinchilikni kotara olmaslikni oqlovchi, odam va atrofdagilar bilan masofa ornatiladi; emotsiya sohasida start oldi qattiq hayajon (talvasa)ni eslatuvchi, affektiv jazava, nafrat va och bilan yogrilgan nimadir paydo boladi. A.Adlerning takidlashicha, odamga kopincha ongsiz ravishda maqsad sari ichki intilish hos ekan, bunda autoagressiv holatidagi xatti harakatlarning ketma ketligini bilgan holda uni oldini olish mumkin. Amerikalik olim K.Menninger suitsidning chuqur motivlarini tadqiq etib, Z.Freydning bu boradagi tasavvurlarini rivojlantiradi. U suitsidal xulq-atvorni uchta tarkibiy qismlarini ajratdi. Uning fikriga kora, oz joniga qasd qilish uchun quydagilar zarur: oldirish xohishi oz joniga qasd qiluvchi kopincha infantil shaxs bolib, oz xohishlarini amalga oshirish yolidagi tosiq va qiyinchiliklardan gazabga keladi; oldirilish istagi agar qotillik agressiyaning oxirgi shakli bolsa, suitsid ozida tobelikning yuqori darajasini korsatadi: odam axloqiy meyorlarni buzilish oqibatidagi vijdon azobi va qiyinchiliklarni kotara olmaydi, shuning uchun ham aybini yuvishni faqatgina oz hayotini tugatishda koradi; olish istagi u oz hayotini asosiz xavfga soluvchi odamlar, shuningdek, olim tana va ruhiy azoblardan qutqaruvchi yagona dori deb hisoblovchi bemorlar orasida keng tarqalgan. Shunday qilib, K. Menninger tomonidan tavsiflangan odamdagi uchala xohish birdaniga paydo bolsa, suitsid oldini olib bolmaydigan haqiqatga (voqeylikka) aylanadi. Ushbu istaklarning vaqt boylab tarqalishi autoagressiv xulq-atvorning yengil korinishda namoyon bolishi bilan shartlanadi. Atoqli olim G.K.Yungning suitsid muammolariga bagishlangan ilmiy izlanishlari alohida etiborga loyiq. Muallif oz joniga qasd qilish muammosiga toxtalib, suitsidning sababi sifatida, odamning manaviy qayta tirilishga ongli intilishini korsatib otgan. Ushbu intilish turli korinishlarni qabul qiluvchi jamoaviy ongsizlik arxetiplarining dolzarblashuvi bilan asoslangan. Ular quyidagilardan iborat: metempsixoz (ruxlarning kochishi) bunda odam hayoti tanaga turli hosliklarni gavdalantirish orqali choziladi. yangi shaklga kirish, shaxsning uzluksizligini saqlab qolishni va inson tanasida yangitdan tugilishni nazarda tutadi. inson hayotining olimdan song «nozik tana» deb ataladigan holatida qayta yaralish tiklanish. individual hayot doirasi oladigan mavjudoddan olmaydiganga aylanishi bilan birgalikdagi qayta tirilish. shaxsdan tashqarida roy beradigan transformatsiya yoli orqali qayta yaralish. K.Xorni esa suitsidal xulq-atvor muammolari bilan shugullanib, bir qator ibratli fikrlarni bayon qilgan. Muallif psixodinamik yonalish va ego psixologiyada suitsid borasida shunday fikrni taxmin etgan, yani odamlar ortasidagi munosabatlar buzilishida bazaviy xavotirdan kelib chiqqan asabiy nizo paydo boladi. U bolalik davridayoq atrofdagi dushmanlikni his etish bilan boshlanadi. Xavotirlikdan tashqari, odam asabiy vaziyatda yolgizlik, ojizlik, tobelik va dushmanlikni his etadi. Ushbu fenomenlar suitsidal xulq-atvorning asosi bolib chiqishi mumkin (masalan, katta odamdagi chuqur nomukammallik hissi va ideal Men obrazi yoki ijtimoiy standartlarga nomuvofiqligi bilan birgalikdagi bolalarcha tobeligi). Dushmanlik nizoda dolzarblashadi, deb hisoblagan K.Xorni. U suitsidal xulq-atvor shakliga kirmasligi ham mumkin, biroq nafrat ijirganish yoki global rad etish korinishlarida namoyon bolishi mumkin. Agar tashqi qiyinchiliklar odamning egotsentrik ustanovkalari yoki illyuziyalari bilan uygunlashsa, ular kuchayadi. Bunda oziga va ozgalarga bolgan nafrat va dushmanlik shunchalik kuchli bolishi mumkinki, ozining olimi qasosning jozibali usuli bolib chiqadi. Bir qator xollarda xohishga kora olim oz Mennini tasdiqlashning yagona usuli bolib chiqadi. Taqdirga tan berish, yani bunda autodestruktivlik ustunlik qiluvchi moyillik bolib chiqishini, K.Xorni, ozini-ozi oldirishning latent (yashirish) shakli sifatida korgan. Amerikalik psixoanalitik Garri Stek Salliven suitsidni ozining shaxslararo muloqot nazariyasi nuqtai nazaridan talqin etgan. Uning fikricha, individning oziga-ozi beradigan bahosi ozgalarning unga bolgan munosabatidan kelib chiqadi. Bunday vaziyatga autoagressiya sodir etish yoli bilan azoblarni toxtatish va yomon menni men emasga aylanishi imkonli yoki yagona alternativ variant bolishi mumkin. Biroq odam ushbu xatti harakat bilan bir vaqtning ozida odamlarga va butun dunyoga ozining dushmanligini namoyon etadi. K.Rodjers va uning tarafdorlari esa suitsidal xulq-atvorning kelib chiqishida xavotirlanish va boshqa emotsional kechinmalarning roli haqida oz qarashlarini ilgari surgan. K.Rodjers uchun xavotir nafaqat belgi (simptom) edi, balki turmushning ekzistensial korinishi va inson hayotidagi muhim konstruktiv kuch hamdir. Olim uni borliq va yoqlik uchrashuvini kechirish va erkinlik va odamning real borligi paradoksi deb hisoblagan. K.Rodjersning takidlashicha, hayotning asosiy yonalishi (goyasi) atrof muhit va boshqa odamlar bilan ozaro munosabatlarda shakllanuvchi, Menning dolzarblashuvi, saqlanishi va kuchayishidan iborat. Agar Menning tuzilishi rigid bolsa (qotib qolgan), shaxs hayotiga xavf sifatida qabul qilinuvchi, unga muvofiq kelmaydigan real tajriba buziladi yoki rad etiladi. Odam uni tan olmasa, goyoki qamoqqa qamaydi. Bunda istalmagan tajriba Mendan uzoqlashadi, voqelik bilan aloqa yoqotiladi. Shu tariqa Men boshida ozining tajribasiga ishonmay oxir oqibatda oziga ishonchni butunlay yoqotadi. Bu esa butunlay yolgizlikni anglashga olib keladi. Oziga ishonch yoqoladi, hayotga nafrat va ijirganish paydo boladi, olim ideallashtiriladi, bunday holat suitsidal moyilliklarni keltirib chiqaradi. Download 68.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling