Reja Kirish Bob. Jahon psixologiyasida suitsid muammosining o‘rganilishi


O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish muammosining psixologik tahlili


Download 68.94 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi68.94 Kb.
#1525804
1   2   3   4   5
2. O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish muammosining psixologik tahlili
Umumjahon muammolardan biri xisoblangan o‘z joniga qasd qilish xodisasini tadqiq qilishda barcha mamlakatlar qatori respublikamizda ham qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ularda suitsid muammosi, shu jumladan suitsidal xulq-atvor moyil ichki ishlar xodimlari suitsidini psixiatrik, psixologik va ijtimoiy jixatdan tahlil qilinadi.
Xususan, 1989 yilda O‘zbekiston xukumati qarori asosida Nizomiy nomli Toshkent davlat Pedagogika instituti “Psixologiya” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “O‘zbek xotin-qizlarining o‘zini-o‘zi yondirishining ijtimoiy psixologik sabablarini o‘rganish” yuzasidan tashkil etilgan ilmiy tadqiqod guruxi va laboratoriyasi xodimlarining olib borgan ilmiy ishlari o‘z joniga qasd qilish hodisasini ijtimoiy psixologik jihatdan taxlil qilishga muhim xissa qo‘shdi. Ilmiy tadqiqot guruxi a’zolari O‘zbekistonda nafaqat xotin-qizlar o‘rtasida o‘zini-o‘zi yondirish sabablarini, balki umuman suitsid muammosi shu jumladan, suitsidal xulq- atvorga moyil ichki ishlar xodimlarini suitsid muammosi yuzasidan xam qimmatli fikr va muloxazalarini ilgari suradilar.
Ilmiy-tadqiqot guruhi tomonidan va professor M.G.Davletshin taxriri ostida chop etilgan “O‘zbekiston sobiq SSRda o‘zbek ayollarining o‘zini yondirishining ijtimoiy psixologik sabablarini o‘rganish” nomli ilmiy metodik tavsiyanoma O‘zbekistonda o‘z joniga qasd qilish ijtimoiy-psixologik jihatdan tadqiq qilishga bag‘ishlangan dastlabki yirik asarlardan biri bo‘ldi.
Asarda mualliflar tomonidan o‘zbek xotin-qizlarining o‘zi-o‘ziga o‘t qo‘yish sabablarini ko‘rsatish bilan bir qatorda ichki ishlar xodimlarida suitsidal xulqning kelib chikish sabablari, yosh xususiyatlari va kattalar suitsidan farqi va o‘ziga xosligi xaqidagi qimmatli fikr va muloxazalarini ilgari suradilar. Jumladan, mualliflar fikriga ko‘ra yosh inqirozi ma’lum bir yoshga to‘g‘ri kelib, suitsidal xulqning kelib chiqishiga bu xususiyat aloxida o‘rin tutadi. Shuningdek, tanglik xolatlari ichki ishlar xodimlarida ijtimoiy psixologik moslashishning izdan chiqishiga sabab bo‘lib, ruxiy jaroxatlanish xolatlarini keltirib chiqaradi.
Ruxiy jaroxatlanish esa suitsidal xulqning kelib chiqishida eng asosiy sabablardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ruxiy tanglik xolatida suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlarida xam xuddi kattalar singari o‘zining “Men” obraziga nisbatan bo‘lgan munosabati izdan chiqib, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, natijada nizoli vaziyatga barxam berishning to‘g‘ri yo‘li o‘rniga noto‘g‘ri, qaltis va suitsid yo‘lini tanlaydilar. Shuningdek, oilaviy munosabatlardagi turli xil nizolar va oilada bolalar tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar xam suitsidal xulq-atvorga moyil ichki ishlar xodimlarida suitsidal xulqning kelib chiqishiga ta’sir qiladi degan fikr mualliflar tomonidan ilgari suriladi.
Ichki ishlar xodimlik shaxs rivojlanishining keskin (kritik) davri sifatida xavf omili tan olinadi. Prof.M.T.Davletshin (1993) tahriri ostida chop ettirilgan "O‘zbekiston SSRda o‘zbek ayollarining o‘zini yondirishining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganish" deb nomlangan ilmiy-uslubiy tavsiyanomada Ichki ishlar xodimlarda suitsidal xulqning kelib chiqish sabablari va kattalar suitsididan farqi, uning o‘ziga xosligi xaqidagi fikr va mulohazalar ilgari surilar ekan, ulardagi yosh tangligi suitsidal xulqning kelib chiqishida alohida o‘rin egallashi ta’kidlangan. Ko‘pchilik Ichki ishlar xodimlarga impulsivlik, emotsional beqarorlik, yuqori ishonuvchanlik xarakterlidir. Ularda o‘zini o‘zi tahlil etish hissi kuchayishi, hayot va o‘lim muammolariga qiziqishning ortishi, falsafiy masalalarga berilib ketish ko‘zatiladi. Ichki ishlar xodimlar “qadriyatlarni qayta baholash”ga moyil bo‘lishib, mashaqqat bilan jamiyatdagi o‘z o‘rinlarini izlashadi, “hayot mazmuni”ni anglashga harakat qilishadi.
Ichki ishlar xodimlik suitsidini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarda, suitsidal urinish sodir etganlar xulqi suitsidoldi holati va belgilarini, somatik o‘zgarishlarni tahlil qilinganliklarini ko‘ramiz. Jumladan B.M.Umarov tadqiqotlarida, pubertat oldi va kichik pubertat yoshida suitsidal xulqning asosiy motivi bo‘lib, asosan ruhiy nosog‘lomlik va ko‘rqinch holatlariga bog‘liq bo‘lgan nizoli kechinmalar (6,9 foiz, 30,7 foiz) bo‘lsa, pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida shaxsiy, oilaviy, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolar, (39,2 foiz, 44,9 foiz) hamda ijtimoiy axloq iormalari bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar tashkil etilishi aniqlangan.
I.Sog‘inov tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, oilaviy munosabatlardagi nizolar, er-xotin bilan bir qatorda oiladagi farzandlarda ham ruhiy tanglik holatini keltirib chiqarib, turli tabiatdagi xulq og‘ishlari, natijasida kelib chiqishi ehtimoli bo‘lgan ijtimoiy- psixologik moslashishni izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Suitsidal xulq-atvor umuminsoniy reaksiyalarning bir ko‘rinishi sifatida suitsidal faollikning barcha bosqichlari, individning shaxsiy harakatlari asosidagi ehtimoliy o‘limning hamma variantlariga munosabatini qamrab olib, ularga kuyidagilar tegishlidir:
- suitsidal fikrlar (passiv - tasavvur, o‘z o‘limi mavzusidagi xayolot (fantaziya), faol - ko‘ngilli tarzdagi o‘lim haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tirof);
- suitsidal niyat - suitsidallik namoyon bo‘lishining faol shakli, ya’ni o‘z joniga qasd qilish tendensiyasi, uning chuqurlashuvi, uni amalga oshirish rejasining ishlab chiqilganlik darajasiga muvofiq namoyon bo‘lib, suitsid usuli, harakat vaqti va joyi o‘ylab ko‘riladi;

Download 68.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling