Reja: Kirish Bob Pedagogik tadqiqotlarning nazariy asoslari


Download 48.25 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1414578
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING NAZARIY ASOSLARI



Reja:


Kirish


1.Bob Pedagogik tadqiqotlarning nazariy asoslari
1.1 Pedagogik tadqiqotlarning mazmun va mohiyati.

1.2 Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.




2.bob Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va samarador-ligini baholash

2.1 Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazish bosqichlari.


2.2 Pedagogik ilmiy-tadqiqot samaradorligini aniqlash mezonlari.




Umumiy xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. “O`zbekiston Respublikasining ustuvor siyosati, ta’lim tizimi ish mazmunini demokratlashtirish, XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk, dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli, barkamol shaxslarni jahon ta’lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir”.1 Barkamol shaxs hamisha o`z Vatani kamolotini rivojlantiradi, uning ravnaqi yo`lida umrini baxshida etishni o`z burchi deb biladi. Barkamol avlod tushunchasi tarixiy ahamiyatga ega bo`lib, o`z davrining komil insoni hisoblanadi. Demak, sog`lom yoshlar har qachon, har yerda o`z fikriga, sog`lom mulohazasiga ega bo`ladi, xalq va davlat manfaatini himoya qiladi. Uning aql-zakovati, intellekti, teran dunyoqarashi orqali o`z maqsadiga erishish yo`llarini qidirib topadi. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimiga ko`plab tushuncha va atamalar, yangicha qarashlar kirib keldi. Bugungi kunda ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkillashtirish va takomillashtirish masalalari dolzarb bo`lib qolmoqda. Bizga ma’lumki, pedagogik texnologiyalarning asosini interfaol metodlarga asoslangan yondashuvlar tashkil etadi. Ta’lim tizimida, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish – ta’lim samaradorligini oshiradigan innovatson usuldir. Yoshlarni yangicha ishlashga va tafakkur yuritishga o`rgatish davr talabi ekanligi birinchi Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan edi.
So`nggi yillarda barcha ta’lim muassasalarida o`qitish jarayonida interfaol usullardan foydalanish masalasi dolzarb etib ko`rsatilmoqda. Bu esa interfaol ta’lim asosida tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarni mazmun-mohiyatini to`liq tushunib yetishga va ularni samarali, qiziqarli, sifatli bo`lishini ta’minlashga olib keladi. Ushbu metodik tavsiyanomada pedagogik texnologiyalarning ta’rifi, tarkibiy tuzilishlari, interfaol ta’limning tasnifi, uslub, metod, mashq, o`yin tushunchalari va ularning mohiyati yoritib beriladi.
Interfaol usullardagi darslar o`quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Bunday yondoshuvlar tarix fanlari o`qituvchilari uchun muximdir.Yurtboshimizning asarlarida barkamol avlod tarbiyasi hamda yurt kelajagi uchun juda muhim soha hisoblangan maorif tizimini takomillashtirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida o`qituvchilarimiz tajribasini oshirish hamda yetuk pedagoglar faoliyati masalasiga qaratgan e`tibori zamirida ustoz va murabbiylarimizga yordam berish masalasiga e`tibor qaratilgandir.” pedagoglar va professor-o`qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta`lim olish, ma`naviy-ma`rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga ko`mak beradigan muhitni yaratish zarur”
Yurtboshimizning yuqoridagi fikrlari orqali yoshlar tarbiyasi hamda kamolotini ta`minlashda asosiy ishtirokchi hisoblangan o`qituvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini oshirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sifatida ko`rilayotgani ham ustoz va murabbiylar jamiyatimiz bunyodkorlari vazifasini bajarib berishini anglab yetishimiz mumkin.
Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Oliy ta`lim tizimini rivojlantirsh orqali Vatanimiz kelajagi, yoshlarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2909 sonli Qarorida ham ustuvor vazifalardan birinchisi sifatida e`tibor qaratilgani diqqatga sazovordir. Jumladan, “Har bir oliy ta`lim muassasi jahonning yetakchi ilmiy-ta`lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o`rnatish, oquv jarayoniga xalqaro ta`lim standartlariga asoslangan ilg`or pedagogik texnologiyalar, o`quv dasturlari va o`quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o`quv pedagogik faoliyatiga, master-klasslar o`tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta`lim muassasalaridan yuqori malakali o`qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta`lim muassasalari magistrant, yosh o`qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o`tashlarini, professor-o`qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish” . 
Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki, Oliy ta`lim tizimini takomillashtirishda professor-o`qituvchilarning malakasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan ushbu kasb egalari tomonidan Vatan, millat, milliy qadriyat, milliy mafkura kabi hayotimiz davomida o`zining mustahkam o`rniga ega bo`lgan tushunchalarning mohiyati ustozlarimiz tomonidan yosh avlod ongiga singdirib boriladi. Hozirgi globallashuv jarayonida yurtimizda tinchlikni saqlash, iqtisodiy, siyosiy va madaniy o`shishni ta`minlash nafaqat hukumatimiz, balki yoshlarning ham asosiy vazifalari hisoblanadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari–shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo'lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi tamoyillari, ob'ektiv va sub'ektiv omillari aniqlanadi. Ayni vaqtda pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta'minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e'tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi;
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob'ektiv yondashuv;
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashoratlash;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling