Reja: Kirish Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni


PEDAGOG TARBIYACHINING IJODKORLIK SIFATLARI


Download 1.24 Mb.
bet3/5
Sana18.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1783447
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarin-fayllar.org

2. PEDAGOG TARBIYACHINING IJODKORLIK SIFATLARI

Pedagog-tarbiyachi o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali hakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.


Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi.
Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Ijodkorlik–muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi. Ijodkor shaxs–ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs.
Kreativ shaxs–jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o’ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs
Ijod –ijtimoiy sub’ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi
Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini
qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g’oya, ularni amalga oshirish ko’nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish
Kasbiy-ijodiy faoliyat–mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati
Ijodiy topshiriqlar–muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yo’naltirilgan masalalar tizimi
Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik;
2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o’zlashtirganlik;
3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi;
4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi
«Tarbiyachi-ustoz bo`lishi uchun boshqalarning aql–idrokini o`stirish, ma`rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatan’arvar, haqiqiy fuqaro etib yetishishi uchun avval, tarbiyachining o`zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatga ega bo`lishi kerak». Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, uning har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgarligini taqozo etadi. Shunga ko`ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotga, o`yinlarga, mashg`ulotlarga, birgalikda mehnat faoliyatiga, ular bilan bo`ladigan muomilada, muloqotda ibrat, namuna bo`lishi, bolani har tomonlama diqqat bilan o`rganish, uning shaxsiy hususiyatlari, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning hulq atvori, ish natijalarini haqqoniy baholash va ularga o`z vaqtida yordam ko`rsata olish hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas`uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun halq hamda jamiyat oldidagi o`z mas`uliyatini anglashiga, ta`lim-tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondoshishi, o`z mahoratini doimo tokamillashtirib borish va ishdagi hamkasblarni o`sishiga ko`maklashishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo bilimli bo`lishi, o`zi yashab turgan o`lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo`lishi, umumiy va Maktabgacha pedagogika, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatilarini bilish kerak. Har bir tarbiyachi o`ziga quyilayotgan zamonaviy talablarni his eta bilish davlatimiz va maktabgacha ta`lim muassasalari olidga qo`yilayotgan vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirishining garovidir.
Tarbiyachi (o`qituvchi-tarbiyachi) faoliyatining tahlili u pedagoglik faoliyatini bajarish jarayonida bajaradigan bir qator vazifalarni ajratib ko`rsatish imkonini beradi. Tarbiyachining vazifalari deganda bajarilishi o`sib kelayotgan avlodga ta`lim-tarbiya berish maqsad hamda vazifalarga muvaffaqiyatli erishini ta`minlaydigan kasbga oid majburiyatlar majmui tushuniladi. Pedagogning vazifalari murakkab, ular bir-biriga singib, bir-biri bilan uzviy aloqada bo`ladi. Ammo kasbga oid majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun o`qituvchi, tarbiyachida shakllantirilish lozim bo`lgan bilim va ko`nikmalar mazmunini aniqlash maqsadlarida ularning farqlash, analitik ko`rib chiqish talab etiladi.
Bolalar bilan muomala qilish pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Buning uchun pedagog so‘zlashishni, muloqot olib borishni doimo o‘rganib borishi lozim. U bolalar bilan faoliyatni samarali olib borishni, so‘zlashishni bilishi, suhbat, hikoya kilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta’lim-tarbiya jarayonida bolalar bilan muloqotni yo`lga qo‘ya olishi lozim.
Pedagogik muloqot - pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab bo’lgan o’zaro tarbiya jarayoni. Bu muloqot jarayonida ishtirokchilarni hamkorlikda ishlashi, bir-birlariga yordam berishi, harakatlarni o’zaro muvofiqligiga erishish kabilar samarali natijalar beradi. Pedagogik muloqotning unumli o’tishi pedagogik-psixologik mahoratga bog’liqdir.
Pedagog bilan bolalar o‘rtasidagi muloqot samarali bo‘lishi uchun unda yetarli darajada qobiliyat bo`lishi kerak hamda o‘z - o‘ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
a) ilm – fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o‘quv predmetini to‘liq o‘zlashtirish;
b) malaka, ko‘nikma va qobiliyatni shakllantirish;
v) O`yin mashg`ulotlarda integratsiya, bog‘liklikni amalga oshirish;
g) o‘quv mazmunini tushunarli tizim asosida qurish
Kimni o‘rgatish:
a) bolalarni ba’zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutqi, fikrlash...) hamda ularni qay darajada o‘qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash;
b)bolalarning bir darajadan ikkinchisiga o‘tishdagi qiyinchiliklarini oldindan aniqlash;
v) o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalarnilarning dalillar keltirishini, fikrlarini xisobga olish;
g) bolalarlardagi turli psixik o‘zgarishlar va rivojlanishni xisobga olib, o‘z pedagogik mehnatini tashkil etish;
d) iqtidorli bolalar bilan ham ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish.
Qanday o‘rgatish:
a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hisobga olgan xolda o‘qitish va tarbiyalashning turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta’sir ko`rsatishning asosiy usullari, bu talab, rag‘batlantirish jamoatchilik fikri.
Rag‘batlantirish va jazolash-bolalarni xulq-atvoriga kuzatish kiritishni, ya’ni foydali xatti-harakatlarni qo‘shimcha rag‘batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning noma’qul xatti-harakatlarini to‘xtatishni ta’minlaydi.
Jamoatchilik fikri – tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy-foydali faoliyatini g‘oyat har tomonlama va muntazam rag‘batlantirib borishni ta’minlaydi.
Talab-pedagogik ta’sir ko`rsatishning boshlang‘ich usuli bo‘lib, tarbiyalanuvchilarda o‘ziga nisbatan mas’uliyat va talabchanlikni rag‘batlantirishda alohida vazifani bajaradi.O‘zaro fikr almashish bilan ta’sir ko‘rsatish vositalari: ishontirish, ta’sir qilish, o‘zaro fikr almashish bilan ta’sir ko‘rsatish.Ishontirish pedagogik ta’sir ko‘rsatish usuli sifatida o`yin masshg`ulotlarda ijodiy suhbatlar, munozaralar shaklida qo‘llaniladi. Tarbiyaviy ishda guruhiy va yakka suhbatlar, munozaralar shaklida qo‘llaniladi.
Ta’sir qildirish kishi psixikasiga nazoratsiz kirib, uning faoliyatida xatti-harakatlar, sabablar, intilishlar bilan amalga oshiriladi. Ta’sir qilish-shunday bir psixik ta’sir ko‘rsatishki, kishi uni ongining etarli nazoratsiz idrok etadi.
a) Pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va umumlashtirish, usullarni qo`yish;
b) Bolalarga yakka individual xolda munosabatda bo‘lish, ularni ijodiy ishlarini tashkil etish.
Pedagog bolalar bilan bo`ladigan muloqotida quyidagi malakalarni egallagan bo`lishi lozim:

  • tashqi qiyofani nazorat qilish nutqni egallashi;

  • pedagogik munosabat madaniyatini egallashi;

  • tashkilotchilik mahorati, o‘quv tarbiya jarayonini boshqarish uslublarini egallashi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling