Reja: Kirish Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining tashkiliy jihatdan tarkibiy tuzilishi va faoliyati Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari Bankning aktiv
Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari
Download 68.33 Kb.
|
hisobot lobbar
2. Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari
Tijorat banklarini ro‘yxatga olish va litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida”, “Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2002 yil 30 martdagi PF-3047- sonli “Pul massasi usishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish ma’suliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va boshka qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni hro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi xamda shartlari belgilab qo‘yilgan. Tijorat banklarini tashkil qilish bo‘yicha eng asosiy me’yoriy hujjatlardan biri sifatida 15 avgust 2009 yilda qaytadan o‘zgartirishlar kiritilib, qabul kilingan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi 730-sonli Nizom asosida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 18 martdagi PF-794-sonli Farmoniga asosan aholining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ular bilan ichki bozorni to‘ldirish, shuningdek, respublika savdo tarmog‘i faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni ta’minlash maqsadida savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat banki sifatida tashkil etildi hamda 1994 yil 12 mayda 42-sonli bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro‘yxatga olindi. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, “O‘zkooptayyorlovsavdo”, “O‘zbekbirlashuv” va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bankning muassislari bo‘lishdi. 1994-yilda barcha viloyat markazlarida va respublikamizning ayrim tumanlarida jami 19 ta filiali tashkil etildi. Ustav kapitalining miqdori 6 mln.so‘mni tashkil etgan. Savdogarbank va Yengilsanoatbank aksiyadorlarining 1998 yil 18 noyabrdagi qo‘shma yig‘ilishi qaroriga asosan Yengilsanoatbank Savdogarbankka birlashtirildi va Ustav kapitali 1 milliard so‘mga yetkazildi. Yengilasanoatbank qo‘shilishi munosabati bilan filiallar soni 1 taga oshdi va 45 taga yetkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 13 yanvardagi 12-sonli “Mevasabzavotbank ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankini qo‘shib yuborish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bilan savdo tashkilotlari o‘rtasida samarali moliya tizimini yaratish, boshqaruv xarajatlarini qisqartirish hamda tijorat banklari faoliyatini keng rivojlantirish maqsadida Mevasabzavotbank Savdogarbankka qo‘shildi va Ustav kapitali 1,5 milliard so‘mga yetkazildi. Ushbu Qarorga muvofiq “Savdogarbank”ka:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga va savdo tashkilotlariga keng bank xizmatlarini ko‘rsatish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kichik va o‘rta biznes korxonalariga, xususiy tadbirkorlarga kredit ajratish imkoniyatlarini kengaytirish; aholini jalb qiluvchi omonatlar va depozitlarni joriy etish yo‘li bilan aholining, tadbirkorlarning bo‘sh mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etildi. Mevasabzavotbank qo‘shilishi munosabati bilan filiallar soni 10 taga oshdi va 55 taga yetkazildi. 2005 yil Germaniyaning “R&D Express – Ausenhandels” kompaniyasi Savdogarbankning 40 foiz aksiyasini (2 mln. AQSH dollari ) sotib oldi va bank chet el kapitali ishtirokidagi bankka aylandi hamda ustav kapitalini miqdori 8,0 mlrd. so‘m (5 mln. AQSH dollari ekvivalentni)ni tashkil etdi. 2006 yil 22 iyundagi PF 3764-sonli O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning Farmoniga asosan xorijiy investor tomonidan Savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankining ulushi sotib olinishi munosabati bilan O‘zbekiston-Germaniya “Savdogar” ochiq aksiyadorlik tijorat bankiga aylandi. 2010 yil Amerika Qo‘shma Shtatlarining “ALL AMERICAS INTERNATIONAL, INC.” Korporatsiyasi bank ustav kapitaliga 3 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ kiritdi va bankning xorijiy aksiyadorlar soni 2 taga yetdi hamda bank ustav kapitalining miqdori 22.1 mlrd. so‘m (10 mln. evro ekvivalent)ga yetkazildi. 2012 yilda bankning xorijiy aksiyadorlari soni yana bittaga ko‘paydi. Singapurning “Kito investment” kompaniyasi bankning 3 mln. AQSH dollari miqdorida aksiyalarini sotib oldi. Bankda xorijiy investorlar soni oshganligi munosabati bilan bankni nomi Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankiga aylandi va bank ustav kapitalini miqdori 30 mlrd. so‘mga etdi. 2013 yil Bank aksiyadorlari tarkibida yangi xorijiy investor paydo bo‘ldi. Astrata AG (Shveysariya) bankning 25 foiz aksiyasini sotib oldi va bank ustav kapitalining miqdori 42 mlrd. so‘mga etkazildi. Toshkent shahri “Shayxontohur” tumanida bankning Shayxontohur filiali ochildi. Bank litsenziyalari:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2012 yil 8 iyundagi 42-sonli bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2012 yil 8 iyundagi 56-sonli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyasi. 2017 yilda Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki ustaviga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi (5-ilova).Ya’ni, bank o‘z ustav kapitalini oshirish maqsadida oddiy va imtiyozli aksiyalarning qiymati belgilandi. Download 68.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling