Lizing xizmatlarining asosiy shartlari:
Lizing loyihasini ko‘rib chiqish uchun talab etiladigan hujjatlar:
Lizing olish uchun ariza;
Lizing obyektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va uning sotuvchisi haqida ma’lumotlar;
Biznes reja va lizing muddati davomida pul oqimi haqida ma’lumot;
So‘ngi hisobot sanasiga soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan buxgalteriya balansi (1 shakl), moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobot (2 shakl), debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari haqidagi ma’lumotnoma (2 a shakl).
Ushbu hujjatlar lizing xizmatlarini amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmagan holda bank tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilish mumkin.
2018 yilda Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan yuqori foizli daromad keltiruvchi “Daromad plyus” muddatli omonat joriy etildi.“Daromad plyus” muddatli omonatiga yillik 20% daromad har oy oldindan to‘lanadi. Bundan tashqari “Savdogarbank”da plastik kartochka ochib mablag‘larni belgilangan miqdorda va muddatda saqlasangiz bank tomonidan yillik 16% gacha daromad to‘lanadi. Bank shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari, hisob-kitob ishlari, mikrokreditlash va kichik biznes subyektlarini kreditlash, valyuta ayirboshlash operatsiyalari va boshqa ko‘plab xizmatlarni taqdim etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |