Reja: Kirish “Dav


Download 160.51 Kb.
bet5/7
Sana28.02.2023
Hajmi160.51 Kb.
#1236285
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MAVZU. “DAVLAT BYUDJETI” FANIGA KIRISH

3. Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa boginlari bilan o’zaro munosabatlari
Davlat moliyasi davlatning markazlashgan pul daromadlarini shakllantirish va ulardan o’z funksiyalarini to’laqonli bajarish maqsadida turli yo’nalishlarda foydalanish bilan bog’liq munosabatlar yig’indisidir. Bu munosabatlarning turli-tumanligi asosida davlat moliyasining bir qator aniq tashkiliy shakllari shakllanadi. Bular:
davlat byudjeti;
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalari;
davlat krediti;
davlat korxonalari moliyasi.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a‘zolarining ortib borayotgan ijtimoiy- madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta‘minlash bo’yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo’ladigan pul munosabatlari yig’indisidir.
Davlat moliyasi sohasida sodir bo’ladigan pul munosabatlarining subyektlari bo’lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida alohida bo’g’inlarni ajratib ko’rsatish mumkin, ularning har biri o’ziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalari, davlat krediti, davlat korxonalari moliyasi (1.4-rasmga qarang). Har bir bo’g’inning turlicha funksional tayinlanishga ega ekanligidan ko’rish mumkinki, davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi.
Davlat moliyasining bosh va markaziy bo’g’ini davlat byudjetidir. Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo’lib, asosan yuridik va jismoniy shaxslarning soliqlari va majburiy to’lovlari evaziga shakllanadi va davlatning turli vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta‘minlashga yo’naltiriladi.
Davlat byudjeti davlatning qonun kuchiga ega bo’lgan asosiy moliyaviy rejasi hisoblanadi. Davlat byudjeti hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul qilinadi.
Davlat moliyasining ahamiyat jihatdan muhim bo’g’in- laridan yana biri – davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamgarmalari bo’lib, ular jamiyatning ayrim ehtiyojlarini mablag’ bilan ta‘minlash maqsadida davlat tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish shakli hisoblanadi. Bu fondlarning asosiy tayinlanishi maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa qator manbalar hisobidan davlatning aniq maqsadli tadbirlarini moliyalashtirishdan iborat.
Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning turlari, maqsadli tayinlanishi, ularga egalik qilish huquqi, amal qilish davomiyligi turlicha bo’lishi mumkin. U yoki bu fondni tuzish to’g’risida qaror qabul qilishda davlat va jamiyat taraqqiyoti oldida turgan vazifalarning ustuvorligi muhim ahamiyatga ega.
Davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalashgan fondlar davlat maqsadli jamg’armalari deb yuritiladi. Bu fondlarning xususiyati shundaki, davlat byudjetida defitsit yuzaga kelganda ularning ijobiy qoldig’i byudjet defitsitini qoplashga safarbar etilishi mumkin. Shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarning joriy faoliyatida kassaviy uzilishlar bo’lgan hollarda davlat byudjetidan byudjet dotatsiyalari berilishi yoki boshqa shakldagi moliyaviy yordam ko’rsatilishi mumkin.

Download 160.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling