Reja: kirish gen muhandisligi haqida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Mikroorganizmlarning gen muhandisligida qoʻllanishi
Mavzu:Mikroorganizmlarning gen muhandisligida qo ʻllanishi. REJA: KIRISH 1. Gen muhandisligi haqida 2. Mikroorganizmlar gen muhandisligi 3. Trombolitiklar va antikoagulyantlar 4. Plazminogenni urokinaza tipidagi aktivatorlari. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Biotexnologiya (bio va yun. techne — mahorat, san ʼat, logos — soʻz, taʼlimot) — qishloq xo ʻjaligi, sanoat va tibbiyotning turli sohalarida tirik organizm va biologik jarayonlardan foydalanadigan sanoat usullari majmui. Biol. va texnika imkoniyatlarini birlashtiradigan ilmiy yo ʻnalish. "Biotexnologiya" terminining vujudga kelishiga Stenford universiteti (AQSH; 1973) bir guruh olimlarining har xil xossaga ega irsiy molekulalarini biriktirib rekombinant DNK (istalgan organizmdan ajratilgan DNKning ikki yoki undan ortiq qismlarini in vitro sharoitida birikishidan vujudga kelgan hosila) olishi sabab bo ʻldi. Shundan keyin biol. fani yutukdaridan kelib chiquvchi, ya ʼni tirik organizmlar hayot faoliyatida ishtirok etadigan barcha kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarni o ʻrganish natijalari tatbiq etilgan texnologik jarayonlarni ifodalashda "Biotexnologiya" terminidan foydalanila boshlandi. Mikrobiologik Biotexnologiya mikroorganizmlar hayot faoliyatidagi jarayonlarga asoslangan bo ʻlib, bu sohada fermentli preparatlar, antibiotiklar, aminokislotalar, gormonlar, oqsil moddalari va xalq xo ʻjaligining turli tarmoklari uchun zarur metabolitlar sintez qilinadi.Mas,O ʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida mikrobiologik Biotexnologiya asosida o ʻsimlik chiqindilari (g ʻoʻzapoya, changʻaloq, somon va chiqindilar)dan chorva mollari uchun ozuqa tayyorlashga erishildi; ayrim mamlakatlar (Braziliya)da maxsus mikroblar vositasida sellyulozadan qand yoki spirt olish, mol go ʻngidan metan gazi olish B.si (ayniqsa, Xitoy, Braziliya va Yevropa mamlakatlarida) juda yuqori iqtisodiy samara bermoqda. Membranalar va immobillashgan fermentlar biotexnologiyasi vositasida xilmaxil jarayonlarni o ʻlchash va nazorat qilish uskunalari ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek, fermentlar imobillashganda (biror bir sathga kimyoviy biriktirilganda) ularning aktivligi ortib, funksional holati bir qadar muddatga uzayadi.Bundan foydalanib biotexnologik jarayonlar (mas, membranalar o ʻtkazuvchanligini boshqarish usuli, fermentlarni mobillash va boshqalar) yaratilgan. Bu sohada O ʻzbekiston milliy universiteti biol. va kimyo fakulteti (B. O. Toshmuhamedov, O. K. Toshmuhamedova, A. I. Gagelgans, M. M. Rahimov va boshqalar)ning hissasi katta. 1.Gen muhandisligi haqida O’tgan asrning 70 – yillarida biotexnologiyada yangi tajriba texnologiyasi – genetik (gen) muxandislik yaratildi. Bu usulning asosida hujayradan tashqarida rekombinant DNK yaratish yotadi. Bu texnologiyadan foydalanish oqibatida genlarni sof holda ajratish, ularni modifikasiya qilish, birini ikkinchisiga ulash, “genlar majmuasi” yaratish, oqibatida butunlay yangi xususiyatiga ega bo’lgan oqsil sintez qilish imkoniyati yaratildi va uni oqsillar muhandisligi deb ataladi Vektor gen bilan ligaza fermenti yordamida birikkandan keyin rekombinant DNK hosil bo’ladi. Keyin, bu birikma (vektor gen) mikroorganizm hujayrasiga yuboriladi (transformasiya) va u erda amplifikasiya (ko’payish) amalga oshadi. Natijada bir genning bir necha nusxasi – klon paydo bo’ladi. SHuning uchun ham bu yo’lni klonlash deb ataladi. Agar klonlash maqsadida hamma genlar saqlovchi odam DNK si ishlatilsa, odamning gen kutubxonasi (klonoteka) hosil bo’ladi. Bu usulda bakteriyalarga klonlashtirilgan inson, hayvon yoki o’simliklar genlari to’g’ridanto’g’ri bakteriyada faoliyat ko’rsata olmaydi. Ishlash uchun esa, ularni bakteriyadan ajratish, bakteriya genini boshqaruvchisi (regulyatori) bilan jihozlash va qaytadan bakteriyaga kiritish zarur. Bugungi kunda har xil genlar saqlovchi va kerakli maxsulot sintez qiluvchi bir qator transgen bakteriyalar yaratilgan va muvaffaqiyat bilan ishlatilib kelinmoqda. Shu sababli ham tabiiy shtammlar yordamida olinadigan maxsulotlar (birinchi avlod maxsulotlari) bilan bir qatorda transgen shtammlar yordamida rekombinant oqsillar (ikkinchi avlod maxsulotlari)ni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Biologik maxsulotlarni uchunchi avlodi – tabiiy oqsillarning vazifalarini to’liq bajara oladigan, ammo tabiiy bo’lmagan maxsulotlarni sintez qilish natijasida paydo bo’ladi. Gen–muxandisligi usullari (rekombinant DNK texnologiyasi) tibbiyot uchun zarur bo’lgan, qimmatbaho oqsil moddalari ishlab chiqarish yoki ko’p tonnalik oqsil moddalari ishlab chiqarish jarayonlarida keng qo’llanib kelinmoqda. Eng avvalo inson organizmida sintez bo’ladigan va dorivor modda sifatida ishlatiladigan oqsil va peptidlarni sintez qilishni yo’lga qo’yish katta ahamiyat kasb etadi. Gen muxandisligi muammolari bilan shug’ilanadigan omillarni asosiy vazifalaridan biri ham shunday birikmalarni etarlicha sintez qila oladigan bakteriyalar shtammlarini yaratishga bag’ishlangan. Bu jarayonni asosiy qiyinchiliklari, shtamm yaratish bilan bog’liq emas, balki, yaratilgan shtammda sintez qilingan oqsil moddalarini kerakli me’yorda ushlab turish, ularni modifikasiyaga uchrab, mikroorganizm hujayrasida parchalanib ketmasligi uchun sharoit yaratish bilan ham uzviy bog’liqdir. Antibiotiklar - mikroorganizmlar sintez qiluvchi eng yirik sinov farmasevtik preparatlar hisoblanadi. Ulardan ba’zi-birlari qishloq xo’jaligida xilma-xil zararkunandalarga qarshi (masalan, polioksin, baridamisin, kosgalisin va x.k.) ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda (penisillin, tetrasiklin, sefolasporin S va x.k.) keng qo’llaniladi. Atigi 6 avlodga mansub zamburug’larni 1000 dan ortiq xilma-xil antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Ko’pgina antibiotiklarni aktinomisetlar sintez qiladilar. Birgina Streptovyces griscus 50 dan ortiq antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Mikroorganizmlar sintez qiladigan antibiotiklardan atigi bir qismigina amaliyotda keng ishlatiladi. Eng avvalo bular penisillinlar va sefolasporinlardir. Bu antibiotiklarni sintez qiluvchi zamburug’lar Penicillum va Ctpholosporum avlodiga mansub. Streptomisin, gentamisin, tetrasiklin kabi antibiotik Streptomyces avlodiga mansub aktinomisetlar hamda Micromonospora va Bacillus avlodlariga mansub bakteriyalar tomonlaridan sintez qilinadilar.. Gen muxandisligi “davri”gacha antibiotik sintez qiluvchi mikroorganizmlar shtammlarini asosan mutagenez va seleksiya yo’llari orqali olingan. Masalan: seleksiya hamda fermentasiya sharoitlarini tanlash oqibatida sanoat sharoitida penisillin ishlab chiqaradigan shtammni hosildorligi 1 litr oziqa muhitida 40 grammgacha ko’tarildi. Bu ko’rsatkich, dastlabki, Penecillum chrysogenum shtammiga nisbatan 20 ming marotaba ko’proqdir. Shuningdek, modifikasiya qilingan antibiotiklarni ishlab-chiqarish imkoniyatini beradigan mutasintez usuli ham yaratildi. Bu usul - antibiotiklar sintezining ma’lum qismida o’zgarish kiritilgan mutant shtammlardan foydalanishga asoslangan. Funksional faol bo’lgan antibiotik sintez qiluvchi oziqa muhitiga o’zgartirilgan qismni anologlari qo’shiladi va oqibatda o’sha qo’shilgan modda saqlagan, antibiotikni modifikasiyalari hosil bo’ladi. Bu usul ayniqsa patogen bakteriyalarni antibiotiklarga moslashib borayotgan jarayonlarda juda qo’l keladi. Ma’lum bir qismi o’zgargan, ammo funksional faolligi saqlanib qolgan antibiotiklarga moslashish qiyinlashib boradi. Hozirgi paytda ampisillin, sefoleksin, metisillin kabi yarim sintetik antibiotiklardan keng foydalanilmoqda. 2.Mikroorganizmlar gen muhandisligi. Mikroorganizmlar tabiatda ko`p mikdorda tarkalganligi, tezlik bilan ko`payishi va har xil yuqori molekulali organik modda sintez qilishini inobatga olingan xolda, ular biotexnologiya fanining asosiy ob’ekti xisoblanadi. Mikroorganizmlar ma’lum maqsad uchun tabiatdan ajratib olinadi va ular maxsus asboblarda (fermentyorlarda) ko`paytiriladi. Mikroorganizmlarning o`sib, rivojlanishi uchun kerakli optimal sharoit yaratiladi va ularning biomassasi ajratib olinadi. Mikroorganizmlar ko`p moddalarni o`z hujayrasida sintez qiladi. Bunday moddalarga: Alkaloidlar Nuklein kislotalar Aminokislotalar Organik kislotalar Antibiotiklar pigmentlar Oksillar Polisaharidlar Vitaminlar Erituvchi moddalar Gerbitsidlar Fermentlar Kofermentlar Uglevodlar Yog`lar Oksidlovchi moddalar va boshqalar Mikroorganizmlarning birlamchi metabolitlari, pastmolekulali birikmalar (molekulyar ogirligi 1500 daltondan kam bo`lgan), ularning o`sishi uchun zarur bo`lganlardan birisi makromolekulani qurishda ishtirok qilsa, boshqalari kofermentlarning sintezida ishtirok qiladi.Ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan metabolitlardan: aminokislotalar, organik kislotalar, purin va pirimidin nukleotidlari, erituvchilar va vitaminlar. Mikroblar hujayrasi boshka tirik organizmlar hujayralari qatori, ortiqcha birlamchi metabolitlarni sintez qilmaydi.Lekin mikroorganizmlarning birlamchi metabolitlar mikrobiologik ishlab chiqarishda foydalaniladi.Fermentativ jaraenlar natijasida mikroorganizmlar hujayralarida aminokislotalarni va nukleotidlarni sintez qilib olinadi.Inson organizmidagi 20 aminokislotadan 8 tasi organizmda sintez qilinmaydi. Ular organizmga oziq-ovqat orqali o`tishi kerak.Almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalardan metionin va lizin sintetik yo`l bilan olinmoqda.1980 yilda fermentatsiya yo`li bilan 40000t lizin ishlab chiqarilgan. Gulitamin kislota ham mikroorganizmlar yordamida sintez qilib olinadi.1980 yillarda Janubiy Koreya va Yaponiyada 100000 t glutamat va 20000 t lizin ishlab chiqarilgan. Bunday mikdordagi aminokislotalarni ishlab chiqarishda, ya’ni fermentatsiya jarayonida asosiy substrat glyukoza hisoblangan. Keyinchalik esa p-parafindan foydalanilgan. Mikrobiologik ishlab chiqarishda uksus kislotani sintez qilish muxim ahamiyatga ega. Uksus kislota rezina ishlab chiqarishda plasmassalar, atsetat tolasi, formatsevtik preparatlar, insektitsidlar va boshqalar ishlab chiqarishda foydalaniladi.Yaponiyada uksus kislota fermentativ yo`l bilan aminokislotalar olishda, substrat sifatida ishlatiladi. Organik kislotalardan birinchi bulib, sut kislotasi bijgish jaraenida ajratib olingan. Mikroorganizmlarning ikkilamchi metabolitlari pastmolekulali birikmalar bulib, toza hujayralarning o`sishi uchun talab qilinmaydi. Ikqilamchi metabolitlar ma’lum bir toksonlar tomonidan, ma’lum guruxga mos bo`lgan kimyoviy moddalar sintez qilinadi.Ularga antibiotiklar, alkonoidlar, garmonlar va toksinlar. Mikroorganizmlar hujayralari tomonidan sintez qilinayotgan antibiotiklar farmatsevtik birikmalar ichida eng katta klass hisoblanadi. Eng ko`p ishlab chiqariladigan va iqtisod jihatli foydali hisoblangan 4 ta antibiotiklar-pensillin, sefalosporinov, tetratsiklinlar va eritromitsinlar. 1978 yilda bularning bahosi 4 mlrd. dollordan ortiq bo`lgan. Oltita oilaga mansub bo`lgan filamentoz zamburug`lardan 1000 ga yaqin har xil antibiotiklar ishlab chiqarilgan.Filamentoz bo`lmagan bakteriyalardan 500 antibiotik sintez qilingan. Aktinomitsetlarning 3 ta oilasidan 3000 yaqin antibiotiklar sintez qilingan. Mikroorganizmlarning o`sib, rivojlanish jarayonida xosil bulayotgan birlamchi va ikkilamchi metabolitlar mikrobiologik ishlab chiqarishda (sanoat mikrobiologiyasida) muxim ahamiyatga ega. Bu moddalardan tashqari gen injeneriyasi yordamida mikroorganizmlar hujayralarida har xil garmonlar sintez qilib olinmoqda. Bularga insulin, samototropin, interferonlar va boshkqalar kiradi. 1979 yilda Yer yuzasi bo`yicha 60 mln diabet kasali bilan kasallangan insonlardan 4 mln insulin olishgan.amerikada 1979 yilda 1,8 mln odam insulinga muxtoj bo`lgan (shulardan 100 mingi bolalar).Bu rakam har yiliga 6 foizga oshadi.Usha vaktda Fransiyada 1 mln diabet kasalligi bilan kasallngan kishilar bo`lgan.SHulardan 150 000 insulinga muxtoj bo`lgan. 1922 yilda hayvonlarda ajratilgan insulin 9 eshlik diabet kasali bilan kasallangan yuborilgan.Bir yildan keyin Amerika kompaniyasi "Eli Lilli" hayvonlardan olingan insulinni ishlab chiqardi. Qora mollardagi oshqozon osti bezi 200-250 g keladi.100g kristall xolatdagi insulinni olish uchun 800-1000 kg oshqozon osti bezi kerak bo`ladi. 1955 yilda Senger insulinning tarkibini urganib, u ikkita A va B polipeptid zanjiridan iboratligini isbotladi.Insulinning A zanjirida 20 ta aminokislota, B zanjirida esa 30 ta aminokislotalar ketma-ket joylashgan. Insulinning 2 ta zanjiri disulfid boglari bilan boglangan. 1980 yillarda cho`chqa insulini odam insuliniga aylantirilgan, ya’ni insulinning B zanjiridagi 30 aminokislota alanin qoldigi, trionin qoldig`iga almashtirilgan. Bunday muvaffaqiyatga fermentlar yordamida aminokislotalarni almashtirishda erishilgan. Kalamushlar oshqozon osti bezidan insulinning mRNK ajratib olinib, E.coli (ichak tayoqchasi) hujayrasiga o`tkazilganda , u insulinni sintez qilgan. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlardan insulinni sintez qilib olish yo`lga qo`yilgan. Insulindan tashqari gipofiz bezining oldingi qismidan ajralib chiqadigan somotropin garmoni ham mikroorganizmlardan sintez qilib olinmoqda. Hozirgi davrga kelib rekombinant DNK texnologiyasi yordamida (asosank DNK sifatida) 400 dan ortiq odamning har xil genlari dori vositasi sifatida klonlashtirilgan. JSST mutaxassislarining xisob kitoblariga ko‘ra har yili jahon bozorida odam oqsillari asosida DP sotilish hajmi 150 mlrd. dollarni tashkil qilib va bu ko‘rsatgich har yili oshib bormoqda. N- va L-zanjirlari o‘zgaruvchan (V H i V L ) va o‘zgarmas (C L , S N| , S n2 i S nz ) domenlardan iborat. O‘zgaruvchandomenlaresa CDR- qismlarni (CDR1, CDR2 i CDR3) o‘z ichiga oladi. Dorivor moddalarni ta`sir etishi kerak bo‘lgan joyga olib borish uchun bir necha usullardan foydalaniladi: • Liposomalarga kiritish; bunda lipasomalarni lipid qatlami kerakli organlarni hujayralari bilan yuqori darajada o‘xshagan bo‘lishi kerak; • Maxsus toksinlarni genlarini shishini yo‘qotadigan limfotsitlarga joylashtiriladi, oqibatda ular toksinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ridan shishni ichiga kiritib, chiqaradilar; • Dorivor moddalar monoklonal antitelalarga yoki aniq hujayralarni sirtidagi oqsillarga nisbatan spetsifik bo‘lgan monoklonal antitelalarni F v – fragmentlariga bog‘lanadi, masalan, shish hujayralari (rasm A). Dorivor moddalarni faol bo‘lmagan shaklidan foydalaniladi va ularni tegishli fermentlar yordamida faollashtiriladi. Antigenni intakt antitela bilan bog‘langanidan keyin immun javob ishga tushadi: • Kompliment tizimi (sistemasi) faollashadi; bu tizimni kompanentlari hujayra membranalarini parchalaydilar, fagotsitlarni faollashtirib, immun javob sistemasini boshqa kompanentlarini ishga solib, signallarni tiklaydilar (generatsiya qiladilar). • Antitelani Fc-uchastkasini effektor hujayrani Fc-retseptori bilan bog‘lanishi natijasida, hujayra sitotoksinligi orqali o‘tadigan reaksiya ishga tushadi. Faolashgan effektor hujayra, begona hujayrani lizis qiladigan moddalarni bo‘shatadi. Bu moddalar bilan antitela molekulasini Fab-uchastkasi bog‘g‘lanadigan bo‘ladi. • Eriydigan antigen bilan Fab-uchastka bog‘langandan keyin, antiteloni Fc -uchastkasi fagotsitlarni retseptorlariga bog‘lanishi mumkin, ular esa, antigen- antiteloni ushlab olib, bu kompleksni parchalab yuboradi. Fab – fragment antigen binding (bog‘lovchifragment) Fc – fragment crystallizable (kristallovchifragment) 3.Trombolitiklar va antikoagulyantlar Qonni ivitish sistemasi trombotsitlardan va ulardagi plastinkali faktorlar (adenozindifosfat, to‘qima trombaplastini, serotonin, antiplazmin, fibropektin, trombospondin va boshqalar), jigar hujayralarida sintez bo‘ladigan plazma oqsillari (protrombin, prokonvertin, antigemofil, globulinlar, trombotrofin, fibrinogen va boshqalar)dan iborat. Ivishga qarshi (antisvertыvayuщaya) sistema qonda nofaol holatda uchraydigan (plazminogen) plazmin (fibrinolizin)- proteolitik ferment, qon plazmasini oqsillari (protein S, S fibrin hosil bo‘lish jarayonini tormozlovchi antirombin III va endotelial hujayralar sintez qiladigan (prostatsiklin, trombomodulin va h.k.) yoki fiksatsiya qiladigan (geparin) moddalardan iborat bo‘ladi. To‘qima tipdagi plazminogen aktivatori (TAPg). Tabiiy TAPgni hujayralarni o‘stirish metodi yordamida olinadi. Preparat olishni asosiy manbai-odam melanomasi hujayralari hisoblanadi; bunday ferment-mTAPgni molekulyar massasi 72 kDa va o‘stirish va tozalash sharoitlariga qarab bir yoki ikki zanjirli shaklda olinishi mumkin. Melanoma to‘qimalaridan olinadigan TAPgni tozalash uchun affin xromatografiya usulidan foydalaniladi. Rekombinant TAPgni ishlab chiqarishda (uni alteplaza deb nomlangan) karvonboshi AQSHning “Genentech” firmasi va “Boehringer Jngelheim”( bu firma alteplazani “activase” va “actilyse” nomlari bilan ishlab chiqariladi) firmalari hisoblanadilar. 4.Plazminogenni urokinaza tipidagi aktivatorlari. Urokinaza- plazminogenni aktivatori, insonni siydigida uchraydi, 2 ta polipeptid zanjirdan (A va B) iborat bo‘lib, bir-birlari bilan disulfid ko‘priklar orqali bog‘langanlar. Yuqori va past molekulyar massaga ega bo‘lgan urokinazalar ma’lum: 55 kDa va 34 kDa. Preparatni inson buyragini embrion hujayralaridan olinadi. Urokinaza plazminogenni faollashtirib, uni plazminga aylantiradi. Urokinazani fibrinolitik xususiyati streptokinazadan balandroq. Streptokinaza- to‘g‘ri trombalitik ta’sirga ega bo‘lib, plazminogenni aktivatori hisoblanadi, 1-avlod trombolitiklariga kiradi. Streptokinaza tozalangan holatda oq rangli, hidsiz poroshok bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Molekulyar massasi 40- 50 kDa atrofida. Streptokinaza preparati trombni ichiga kiraoladi va uni ichiga fibrinolizni faollashtiradi. Ayni mana shu xususiyati bilan plazmindan farq qiladi. Dunyo bozorida mikrob streptokinazalari: kabikaza (“Kabi vitrum” firmasi), srteptaza (“Hoechest” firmasi), streptokinaza (“Smith kline” firmasi) nomi bilan savdoga chiqarilgan. Streptodekaza- streptokinazani uzoq vaqt davomida ta’sir etadigan (prolongiravannыy) preparati, immobillangan fermentlar guruhiga kiradi. O‘rtacha terapevtik dozasini bir marotaba kiritilishi qonni fibrinolitik faolligini 48-72 soat ko‘taradi. Antikoagulyantlar.Eng xavfsiz preparatlarga geparin va uning xosilalari kiradilar. Geparin qonni suyuq holatda ushlab turuvchi gumoral faktorlarga kirib, u kaogulyasiya tizimining deyarli barcha faktorlari bilan yuqori darajada bog‘lanish xususiyati ega. Geparin, serin proteazalarni va fibrin tizimini ta’sirini neytralizatsiya qiladi. Neytralizatsiya jarayoni antitrombin III-geparin (AT- III-geparin) komleksi hosil bo‘lishi hisobidan amalga oshadi. Geparin preparati geterogen bo‘lib, AT- III bilan yuqori va past darajada bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lgan fraksiyalardan tashqil topgan. AT- III-plazminogen aktivatorlarini ingibitorlari hisoblanadi. Tibbiyotda past molekulali yoki fraksiyalarga ajratilgan geparin preparatlari-logiparin, fraksiparin, dalteparin, klivarin nomlari bilan ishlatiladi. Girudin- tibbiyot zulugining (Hirudo medicinalis) so‘lak bezlaridan ajraladigan oqsil modda, to‘g‘ri va tez ta’sir qiladigan antikoagulyant. Uzoq yillardan beri kichik qon tomirlarini tromboemboliyasini davolash maqsadida ishlatilib kelinadi. Girudin trombinni kuchli va spetsifik ingibitori hisoblanadi va tez ta’sir etuvchi qonni ivishiga qarshi ishlatiladigan (protivasvertыvayuщiy) preparatlar guruhiga kiradi, girudin fibrin iplarini hosil bo‘lishi va to‘planishiga qarshi ta’sirga ega. S va S oqsillar- antikoagulyant sistemaning muhim faktorlaridan hisoblanadi. S oqsili ivitish sistemasining vitamin Kga bog‘liq bo‘lgan ingibitori hisoblanadi. Qonda s oqsili miqdorini kamayib ketishi, trombozga olib kelishi mumkin. Bu oqsilni etishmasligi irsiy va keyin qabul qilib olingan bo‘lishi ham mumkin: masalan, s oqsili etishmaganda tromboflobit rivojlanishi mumkin. S- oqsilini defitsiti, jigar kasallanganda seziladi. S oqsili, S oqsilini kofaktori hisoblanadi va u bilan trombotsitlarni, endoteliyal va boshqa hujayralarni fosfolipidli membranalari sifatida faollangan kompleks hosil qiladi. Oqibatda S oqsilini katalitik xususiyati ortadi. S oqsili ham vitamin Kga bog‘liq hisoblanadi va manfiy zaryadlangan fosfolipidlarga nisbatan yuqori darajada bog‘lanish (srodstvo) xususiyatiga ega. XULOSA Mikroorganizmlar biotexnologiyasi yoki biologik jarayonlar texnologiyasi- biologik agentlar yoki ularning majmualaridan (mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvon hujayralari, ularning komponentlaridan) kerakli maxsulotlar ishlab chiqarish maqsadida sanoatda foydalanish degan ma’noni beradi. Mikroorganizmlar biotexnologiyasi jarayonlaridan mikroorganizmlar, o’simlik va hayvon hujayralari, ulardan ajratilgan fermentlar, hujayra organnellalari, ularni o’rab turgan membranalar sof yoki immobillashgan holatda oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, fermentlar, garmonlar va boshqa moddalar ishlab chiqarishda yoki ba’zi bir organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish, sof holda metall ajratish, oqova suvlarni va qishloq xo’jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlashda keng foydalaniladi. Fan sifatida o’tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan biotexnologiyaning tarixiga chuqurroq nazar tashlasak mikroorganizmlar yordamida “bijg’itish”, “achitish” jarayonlari insoniyat tomonidan qadimdan keng ishlatilib kelinayotganligini guvohi bo’lamiz. Sutdan- qatiq, uzumdan- vino va sirka, achitqilar yordamida -non va boshqa bir qancha biotexnologik jarayonlarning qachon ixtiro qilinganligi hozircha noma’lum. Umuman, yuqorida zikr etilgan mikroorganizmlar yordamida amalga oshiriladigan biotexnologik jarayonlar hozirgacha insoniyatning ro’zg’or yuritishida keng qo’llab kelinmoqda. Mikroorganizmlar biotexnologiyasining mohiyatini tushunish uchun misollarga murojaat qilaylik. Bakteriya hujayrasi har 20-60 minutda, achitqi zamburug’lari 1,5- 2,0 soatda ikkiga bo’linib ko’paysa, sut emizuvchilar hujayralarining ikkiga bo’linishi uchun 24 soat kerak bo’ladi. Bir kecha-kunduzda 500 kilogrammli qoramol 500 gramm oqsil moddasi to’plasa, 500 kilogramm achitqi zamburug’i 500000 kilogramm yoki undan 1000 marotaba ko’proq oqsil to’playdi. Yana bir misol: 1 kub metr oziqa muhitida achitqi zamburug’lari 24 soatda 30 kilogramm oqsil to’playdi, shuncha miqdorda oqsil to’plash uchun 18 gektar erga no’xat ekib, uch oy parvarish qilish lozim bo’ladi. qolaversa, mikrob etishtirish na ob-havoga va na faslga bog’liq.Ularni eng arzon oziqa muhitida- har xil chiqindilar, kletchatkada, metanol, metan gazi va vodorodda o’stirish mumkin. Mikroorganizmlar nafaqat oqsil, balki turli fermentlar, yog’lar, vitaminlar, polisaxaridlar va boshqa bir qator foydali maxsulotlar sintez qiladi. Bugunga kelib, zamonaviy biotexnologik usullar gen muhandisligi yordamida farmasevtika uchun interferonlar, insulin, somatotropin, gepatitga qarshi vaksina, fermentlar, klinik tadqiqotlar uchun diagnostik ashyolar (narkomaniya, gepatit va boshqa bir qator yuqumli kasalliklarni aniqlash uchun test tizimlar, biokimyoviy tekshirishlar uchun reaktivlar, egiluvchan biologik plastmassalar, antibiotiklar, bioaralashmali boshqa ko’plab maxsulotlar) ishlab chiqariladi. Pivo, spirt, kir yuvish vositalari, to’qimachilik va teri oshlash kabi jaryonlarda ishlatiladigan ferment preparatlari ishlab chiqarish va qo’llash ham keng yo’lga qo’yilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. .“ Биотехнология ” Принципы и примение Москва “Мир”, 1998-yil; 2. “ Биотехнология ”, Moskva “Высшая школа”, 1987-yil; 3. Yo.X. To’raqulov “Молекуляр биология” Toshkent, “O’qituvchi” 1993-yil; 4. K.G. Gazoryan, V.Z. Tarontul, “Биотехнология зарубежом”, Moskva,“Знание” 1990-yil; 5. “Umumiy biologiya” darsligi “Sharq” NMK. 1995-yil; 6. X.Xoliqov va boshqalar “Биотехнология”, “Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti”, Toshkent, 1996-yil; 7. Yu. P. Laptev, “Биологик инженерия”, Toshkent, “Mehnat”, 1990-yil; Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling