Reja: Kirish ”Hamkorbank” atb ning tashkil etilish tarixi va unina tashkiliy tuzilmasi


Download 0.83 Mb.
bet1/16
Sana04.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1327841
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Sayfiddin hisobot

№__ __ __ 2021y


______________
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rtaMaxsus Ta’lim Vazirligi
Toshkent Moliya Instituti
Iqtisodiyot Fakulteti
Iqtisodiyot Kafedrasi
Iqtisodiyot (Tarmoqlar va sohalar bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha “Hamkorbank” ATB Toshkent tanishuv amaliyoti
HISOBOTI

Bajardi: 1-kurs I 80 guruhi


Talabasi:________________
Rahbar:_________________


Toshkent-2021

Reja:
Kirish
1.”Hamkorbank” ATB ning tashkil etilish tarixi va unina tashkiliy tuzilmasi.
2.”Hamkorbank” ATB ning statistik ko’rsatkichlari va iqtisodiy ko’rsatkichlari.
3.”Hamkorbank” ATB da yuritiladigan operatsiya turlari, kredit, omonat va to’lov turlari.
4.Bankning ma’yoriy huquqiy hujjatlari va xodimlarga belgilangan talablar.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Respublikamizda ta`lim tizimi sifatini oshirish, uni zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda shakllantirib borishga chuqur ahamiyat qaratilmoqda. Bunda har bir sohada mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta`lim berish tizimini amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uzviy bog`liq bo`lishi talab etilmoqda.
Malakaviy amaliyotda bank tizimining barcha yo`nalishlari bilan tanishish kelajakda respublikamizda banklarning yanada rivojlanishi va ularning muhim o`rni borligini ko`rsatib beradi. Respublikamizning banklarini yanada rivojlantirish yo`lidagi qadamlardan biri bu - 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari”da ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish kabi vazifalar belgilab qo`yilgan.1
Bu vazifalarni amalga oshirishda esa malakali mutaxasislarning o`rni beqiyos.
Malakali mutaxasislarni tayyorlashda esa hozirgi kunda respublikamiz oliy ta`lim tizimini isloh qilish, uni zamon talablari bilan uyg`unlashtirishga kata ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta`lim va bilim berish tizimi amaliyotda amalga oshirilyotgan islohotlar bilan chambarchas bog`liq bo`lishi kerak.
Ayni paytda, bank tizimi barqarorligini mustahkamlash, bank faoliyati, xususan, u bilan bog‘liq risklarni boshqarishni takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Respublikamiz moliya-bank tizimi barqarorligini ta’minlash, bank aktivlari sifatini oshirish, bank faoliyatidagi risklarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag‘batlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlash asosiy maqsad etib belgilandi. Shuningdek xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo‘yilayotgan me’yoriy talablarni yanada takomillashtirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo‘li bilan aholi va xo‘jalik sub’yektlarining bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng ko‘lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan risklarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish, ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirishni ko’zda tutiladi.2 Bundan tashqari, ushbu qarorda bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo‘yiladigan me’yoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan, kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi standartlar va tavsiyalar (Bazel-III standartlari) ishlab chiqilganligi va bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining standart va tavsiyalarini (Bazel-III standartlari) 2019- yilgacha bosqichma-bosqich joriy etilishini, banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini, keyingi yillarda inflyatsiya darajasi izchil pasayishini, shuningdek boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini hisobga olgan holda tijorat banklari jalb qilayotgan depozitlar foiz stavkalarini belgilash mexanizmini ishlab chiqish”\ kabi vazifalar belgilab berilgan.
O‘zbekiston bank tizimi qat’iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biridir va ayni paytda belgilangan qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha mustahkam pozitsiyalarga ega.
Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil bo‘ldi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling