Reja: kirish I bob. Badiiy detal va uning tafsilotlari II bob. Badiiy detal va badiiy tasvir III bob. Detalning badiiy funksional o‘rni IV bob qahramon xarakterini ochishda detalning o’rni xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 65.43 Kb.
|
1 2
Bog'liqDUSHAMOVA DIYORA
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOB QAHRAMON XARAKTERINI OCHISHDA DETALNING O’RNI…………………………………………………………………………….18 XULOSA…………………………………………………………………………26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….28
REJA: KIRISH.....................................................................................................................3 I BOB. BADIIY DETAL VA UNING TAFSILOTLARI………………………..5 II BOB. BADIIY DETAL VA BADIIY TASVIR……………………………….8 III BOB. DETALNING BADIIY - FUNKSIONAL O‘RNI …………………..12 IV BOB QAHRAMON XARAKTERINI OCHISHDA DETALNING O’RNI…………………………………………………………………………….18 XULOSA…………………………………………………………………………26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….28 KIRISH
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov: “Odamlarda o’zligini anglash, milliy g’urur, oriyat, o’tmishdan faxrlanish, porloq kelajakni o’z qo’limizga olganimizdan g’ururlanish kabi tuyg’ular kamol topmoqda, ularning bugungi va ertangi kuniga ishonchi ortib bormoqda” 1 , -deb aytgan gaplari fikrlarimizning isbotidir. Istiqlol tufayli har bir sohada bo’lganidek, milliy adabiyotimizda ham muhim o’zgarishlar yuz berdi. O’zbek xalqining ma`naviy-axloqiy ideallarining o’sib borishi, umuminsoniy qadriyatlarimizning tiklanishi adabiyotimizda ham o’z aksini topib bormoqda. Agar sho’ro davri adabiyotiga nazar soladigan bo’lsak, bu davr adabiyotida erkin ijod qilish, inson ruhiyatini to’laqonli aks ettirish va o’z zamonasida yuz berayotgan voqea-hodisalarni adabiyotga olib kirish, ya`ni yozuvchilar ko’z o’ngida yuz berayotgan va o’tmishimizni aks ettirish, shuning bilan bir qatorda, millatimizga xos bo’lgan qadriyatlarni o’z asarlariga singdirish ma`lum darajada siqib qo’yilgan bo’lsa, mustaqillik davriga kelib bu masalalar yuzasidan to’laqonli erkinlikka erishildi. Bu bilan sho’ro davri adabiyotida yaxshi asarlar yaratilmagan degan fikrdan yiroqmiz, aksincha, bu davr adabiyotida ham adabiyotimizning buyuk darg’alari yetishib chiqdi va o’zbek xalqining ko’zgusiga aylangan chinakam yaxshi asarlar yaratishdi. Bundan anglashilib turibdiki, muayyan jamiyat va ma`lum tuzum yo’q bo’lib ketishi mumkin, ammo adabiyot yo’q bo’lmaydi. Adabiyot har qanday vaziyatda ham o’zining rivojlanishidan umuman to’xtab qolmaydi. U har tomondan bo’g’iq muhitda ham ma’lum miqdorda rivojlanib, o’zini namoyon qilib boraveradi. Shunday qilib, mustaqillik davriga kelib, o’zbek adabiyoti rivojlanishning yuksak cho’qqisiga chiqdi. Adabiyotimizga yangicha qarashlar, yangicha uslublar kirib kela boshladi. Endilikda yozuvchilarimiz milliy qadriyat va madaniyatimizni o’z asarlarida ochiq-oydin yorita boshladilar, ya`ni bugungi kunga kelib adabiyotimiz millatning ko’zgusiga aylandi. O’zbek adabiyoti ham jahon adabiyotida o’ziga yarasha o’rin egallay boshladi. Zero, birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug’ adib Cho’lpon aytganidek, adabiyot yashasa millat yashaydi”2 XX asr o’zbek adabiyotida katta o’zgarishlar yuz berdi. Yozuvchi va shoirlarimiz ijodida g’arb adabiyoti an`analari asosida inson ruhiyatini va ong oqimini asarlaridagi qahramonlar xarakteriga singdirishga harakat qildilar. Bu urinishlar o’z samarasini berib, yuksak saviyadagi asarlar dunyo yuzini ko’ra boshladi. O’zbek adabiyoti rivojlanib borar ekan, XX asrning 20-yillarida o’zbek adabiyotida realistik qissa janri paydo bo’lgan bo’lsa, 30- yillarida o’zbek realistik adabiyotida qissa janr sifatida shakllandi. O’zbek adabiyoti nasrida epik turning bir bo’lagi bo’lmish qissa janrida ham badiiy saviyasi baland asarlar yaratildi. Bu davrda Abdulla Qodiriy (“Obid ketmon”), G’afur G’ulom (“Shum bola”, “Netay”, “Yodgor”), Sadriddin Ayniy (“Sudxo’rning o’limi”) va ko’plab so’z ustalari qissa janrida ijod qilishdi. Keyinchalik Abdulla Qahhor (“Sinchalak”, “O’tmishdan ertaklar”), Oybek (“Bolalik”), Odil Yoqubov (“Qanot juft bo’ladi”, “Matluba”), Tog’ay Murod (“Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Yulduzlar mangu yonadi”) kabi ko’plab yozuvchilar ham badiiy yetuk qissalar yaratib, adabiyotimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdilar. Bu so’z ustalarining qissalarini yozishda detallarda muvafaqiyatli muvafaqiyatli foydalanganlar. I BOB. BADIIY DETAL VA UNING TAFSILOTLARI Badiiy asar syujetining turli tuman ko’rinishlari bo’lishidan qat’iy nazar bosh muddao asardagi xarakterlarning ravshan va chuqur tahlilidir. Shuning uchun ham «syujet-hayotni tadqiq qilishdir» (V.Shklovskiy). Badiiy asarda sodir bo’ladigan biror ish (fikr, qiliq, kulgu, piching…) yoki voqea-hodisa tasodifiy bo’lmay, balki har birining voqe bo’lish joyi, sabablari aniq bo’lishi va u ma’lum harakterdagi g’oyaviy yukningzarur zarrasini ochishga bo’ysungan bo’lishi shart. Shu bilan u yozuvchi tomonidan o’quvchi ishonadigan tarzda asoslanishi talab qilinadi. Bu asoslash (motivirovka)dir. «…Asarning badiiy ta’sirdorligida asoslashning ahamiyati juda katta. Asoslanmagan qiliq, voqea va fikr (kishi tomonidan aytilgan so’z) tasvirning haqqoniyligini buzadi. «O’tkan kunlar»ning eng kuchli tomonlaridan biri – unda asoslash talabiga qat’iy rioya etilganidir», - deb yozadi Izzat sulton va asoslashning qator namunalarini misol keltiradi: Yozuvchining niyaticha, kumush ota-onasidan uzoqda, yolg’izlikda (ular ishtirokisiz – H.U.), halok bo’lishi kerak. Kumushning fojiasida (binobarin, eski odat va kundoshlikning oqibatlarini) yana ham bo’rttirib tasvirlash uchun muallifning shunday niyat qilgani romanning so’nggi boblarimazmunidan anglashilib turibdi. Ammo, odatga binoan, qizning tug’ishi oldidan ona uning yonida bo’lishi kerak. A.Qodiriy Kumushning yolg’izlikda halok bo’lishini asoslash uchun Oyshabibi (Kumushning buvisi) o’limini xuddi shu paytda bo’lganvoqea qilib tasvirlaydi. Tabiiyki, azali Oftoboyim yaqin orada Marg’ilondan ketolmaydi. Oqibatda, Oftoboyim va Mirzakarim qutidor faqat Kumushning dafn marosimi o’tgandan keyingina Toshkentga yetib keladi. (I.Sulton, 185-bet). Badiiy asar syujetiga aloqador eng kichik aslida eng katta muammolardan biri – badiiy detal va tafsilotlardir. Chunki «Detallarni haqqoniy tasvirlashdan tashqari, tipik xarakterlarni tipik sharoitda tasvirlash – realismdir», degan ta’rifni ko’pchilik yod biladi. Bundan ko’rinadiki, syujet voqealari (tipik sharoit) tipik xarakterlarni namoyon qilarkan, bu vazifani detallarsiz, detallarni haqqoniyligini, aniqligi, ta’sirchanligisaiz to’la ro’yobga chiqara olmaydi. Demak, asar detalsiz (uni «zarra» deb atasak), tafsilotsiz yashay olmaydi. Badiiy zarra va tafsilot «ko’z ilg’amaydigan har bir mayda narsani» (A.Pushkin) barchaga bo’rttirib ko’rsatadi, shu sabab «romanistning san’ati hamma detallarni haqqoniyligi»ga bog’liq (Balzak). Darvoqe, unda (eng mayda zarrada) butun bir koinot (xuddi tomchida quyosh aks etganidek) joylashadi. «Detal – san’atning miniatyura modeli» ekan, demak, «hamma gap tafsilotlarda» (I.Turgenev)dir. «O’tkan kunlar»ga bir nigoh tashlaylik: « – Nega qochasiz? Nega qaramaysiz? – dedi bek. Kumushbibi shu choqqacha qaramagan va qarashni ham tilamagan edi. Majburiyat ostida, yov qarashi bilan sekingina dushmaniga qaradi… shu qarashda bi muncha vaqt qotib qoldi. Shundan keyin bir necha qadam bosib Otabekning betiga yaqin keldi va esankiragan, hayajonlangan bir tovush bilan so’radi: Siz o’shami? Men o’sha, - dedi bek…» (60-bet). Mana shu parchada biz ta’kidlagan («Majburiyat ostida, yov qarashi bilan sekingina dushmaniga qaradi». «Siz o’shami?») ikkita holat va nutqiy detalning o’ziyoq Kumush holatini va muhabbatinin tarixini shunchalik yaqqol ko’rsatadiki, uni o’nlab sahifalardagi tasviri bu ishni bajara olmagan bo’lardi. Chunki bu ikki «zarra» nishonga to’g’ri urgan: Dushmanga qarashni istamaslik, majburiyat-la qaragach, sevganini – baxtini ko’rish va «Siz o’shami?» so’zlariga butun borlig’ini (orzularini, qiynalishlarini, zoriqishlarini, sevgisini, ibosini, samimiyligini, qalbini…) baxshida etish… Qisqa va soda, Ravshan va ta’sirdor (Birinchi bo’lib ko’zga tashlanadi va kitobxonni lol qoldiradi). Tipik va o’ziga xos. «Ba’zilar asarga chiroyli detla kiritishga o’ch bo’ladi. O’sha detal chiroyli bo’lsa border. Ammo asarning bosh maqsadiga xizmat qilmaganidan keyin tegirmonchining maxsisiga o’xshab qolaveradi, oyoqni bir qoqsangiz yopishgan un gardi tushib ketadi-yu, burishgan mahsi ko’rinib qoladi. Detal pardoz emas, husn bo’lib asarni ochishi kerak» (A.Qahhor). Ana shundagina detal va tafsilotlar kitobxonda xarakter holati, sharoit xususiyati haqida asosli tasavvur uyg’otadi. «O’tkan kunlar»dagi O’tapboy qushbegi portretini aniq ko’rish uchun, uni bo’laklarga ajrataylik: «Toradagi kichkina eshik ochilib Download 65.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling