Reja kirish I bob. Eronda feodal jamiyat munosabatlari. Eron Somoniylar, Shaddodiylar va Ziyoriylar davrida
Eronda Shaddodiylar va Ziyoriylar hukumronligi
Download 73.57 Kb.
|
Eron tarixi
1.2 Eronda Shaddodiylar va Ziyoriylar hukumronligi
Shaddodiylar (951-1174) Shimoliy Eronda Daylamdagi xalqdarning siyosiy faolligi juda kuchaygan davrda maydonga chiqqan sulolalardan biridir. Shaddodiylar ham kurd bo‘lsalar kerak. Eron dunyosining shimoli-g‘arbiy burchagi va unga qo‘shni bo‘lgan Kavkaz hududlari bitilgan tarixning ko‘p qismida etnik va lingvistik jihatdan haddan tashqari ola-qura manzarani tashkil qiladi. Shaddodiylar shajarasida daylamiy ismlarning (Lashkariyga o‘xshash) yoki armaniy ismlarning (Ashotga o‘xshash) mavjudligi, shubhasiz, Shaddodiylar ham Ozarbayjonning Daylamiylari, ham nasroniy armanlar va gruzinlar orasidan o‘zlariga joy izlashga majbur bo‘lganlaridan dalolat beradi11. Shaddodiylar — oʻrta asrlarda Arron (Kura va Arake daryolari oraligʻidagi hudud) va Armanistondagi musulmon kurd sulolasi (taxminan 951—1199). Asoschisi — Muhammad ibn Shaddod. U Daysam ibn Ibroxim alKurdiy qoʻl ostidagi Dvin shahrini egallab olgan. shahrining asosiy tarmogi Ganjada 10-asrning 70y.laridan 1075-yildagi saljuqiylar bosqinigacha hukmronlik qilgan, shu yili shahridan Fazlun 111 asir olingan. Dvinlik shahridan biri 1072-yil saljuqiylar sultoni Alp Arslondan Ani shahrini sotib olib, uni oʻgʻli Manuchaga bergan. Manucha shahrining Ani tarmogʻi sulolasi (1072— 1199) asoschisi boʻlgan. Shaddodiylar sulolasi, 1199-yil Ani shahrini Gruziyaga (unga vassal Zaxariylar knyazligiga) qoʻshib olinishi bilan tugatilgan Kurd qallobi Muhammad ibn Shaddod X asr o‘rtasida Dvinda (hozirgi Yerevan shaharidan 35 chaqirim janubroqda) o‘rnashib oldi. Bu kezlarda Dvin Musofiriylarning qo‘lida edi. Muhammad Vizantiyadan ko‘mak olishga harchand urinmasin, Daylamiylarga Dvinni qaytarib olishlariga to‘sqinlik qila olmadi. Ammo 360/971 yilda uning o‘g‘illari Musofiriylarni Arrondagi (Sharqiy Kavkazortida Kuro va Araks daryolari oralig‘idagi viloyat) Ganjadan quvib chiqarishdi. Shundan boshlab butun asr mobaynida Ganja Shaddodiylar urug‘ining poytaxti bo‘ldi. Shaddodiylar islomni bu hududda zo‘r shijoat bilan himoya qildilar va gruzin Bafatiylari, turli-tuman arman knyazlari vizantiyaliklar bilan kurashdilar, shuningdek, alanlarga (osetinlarga) va Kavkazning narigi tomonidagi ruslarga qarshi jang qildilar. Xususan, eng mashhur shaddodiy Abulasvar Shovur I zamondoshlari orasida din uchun kurashchi sifatida shuhrat qozongan. To‘g‘rul va Saljuqiylar Kavkazda paydo bo‘lganida Shaddodiylar ularga bo‘ysunishdi, ammo 468/1075 yilda qullardan chiqqan Saljuqiy amir Sav Tegin Arronga bostirib kirdi va Fazl (Fazlun) III ni o‘z mulklaridan voz kechishga majbur qildi. Ammo arman Bagratiylarning poytaxti Oniyni 465/1072 yilda Sulton Alp Arslon egallagandan so‘ng Shaddodiylarning boshqa urug‘i u yerda o‘rnashib oldi va ko‘pgina ko‘rguliklarni boshdan kechirib, to XII asrning ikkinchi yarmida gruzin saltanati tiklangunga qadar hukmronlik qilishda davom etdi. Oniydagi Shaddodiylar avlodining biri haqidagi so‘nggi ma’lumot 595/1199 yilga taalluqlidir. Arron va Sharqiy Armaniston 1. Ganja va Dvindagi ulug‘ urug‘ taxm. 340/951 Muhammad ibn Shaddod (Dvinda) 360/971 Ali Lashkariy I ibn Muhammad (Ganjada) 368/978 Marzubon ibn Muhammad 375/985 Fazl 1 ibn Muhammad 422/1031 Abulfath Muso 425/1034 Ali Lashkariy II 440/1049 Anushirvon ibn Lashkariy 441/1049 Abu-l-Asvar Shovur I ibn Fazl (413/1022 yildan Dvinda 441/1049 yiddan Ganjada hukmronlik qilgan) 459/1067 Fazl II ibn Shovur 466-468/1073-1075 Fazl III (Fazlun) ibn Fazl Arronni Saljuqiylar lashkarboshisi Sav tegin bosib oldi 2. Oniydagi urug‘ taxm. 465/1072 Manuchehr ibn Shovur I taxm. 512/1118 Abulasvar Shovur 11 518/1124 Gruzinlar egallagan taxm. 519/1125 Fazl IV (Fazlun) ibn Shovur II ? Mahmud taxm. 525/1131 Xushchehr ? Shaddod 550/1155 Fazl V 556/1161 Gruzinlar egallagan 559-571/1164-1174 Shohanshoh Onniyni gruzinlar egallashdi Download 73.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling