Reja kirish I bob Fel haqida tushuncha
Download 69.27 Kb.
|
Fellarda zamon ko\'chishi haqida malumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’lda so’zshaklning turlari.
Tafakkur fe’llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog’liq o’ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, tafakkur qilmoq, o’yga botmoq, ko’z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi.
Munosabat fe’llari qatori [erkalamoq], [suymoq], [yaxshi ko’rmoq], [parvona bo’lmoq], [rahmi kelmoq], [xushomad qilmoq], [yon bosmoq], [maftun bo’lmoq], [e’zozlamoq] kabi ijobiy xarakterdagi munosabat fe’llari, [beti qursin], [xudo olsin], [qorasi o’chsin], [baloga giriftor bo’lsin], [juvonmarg bo’lgur] kabi salbiy xarakterdagi munosabat fe’llaridan tashkil topadi. Fe’l ma’noviy guruhlarida ham markaz va qurshov leksemalari farqlanadi. Masalan, ma’nodosh fe’llarda bosh (dominanta) so’z, uyadoshlik paradigmasida uya (giperonim) markaz leksemasi hisoblansa, boshqa ma’nodosh va uyadosh (giponimlar) qurshov leksemaci deyiladi. [Kulmoq] fe’li dominanta sifatida bunga ma’nodosh boshqa leksemalarni, [buzmoq] esa buzishning turli ko’rinishini ifodalaydigan giponim leksemani uyushtirib turadi. So’zlar yirikroq butunliklarga birlashtirilganda, markaz leksemasigina bu butunlikdan joy oladi. Qurshov leksemalari esa uning «soyasi» sifatida quyida qolaveradi. Masalan, [kulmoq], [yig’lamoq], [xursand bo’lmoq] leksemalari o’z atrofida ko’plab fe’llarni birlashtirgan. Lekin ular bu uch leksema mansub tizimga kira olmaydi, quyi bosqichda qoladi. Fe’lda so’zshaklning turlari. Fe’lda ham, boshqa turkumda bo’lgani kabi, so’zshakllar nol shaklli, sintetik, sintetik-analitik, takroriy ko’rinishda bo’ladi. Nutqda fe’lning moddiy (nol ko’rsatkichdan boshqa) grammatik shakldan xoli qilingan qismi har doim kelasi zamon, buyruq mayli, aniq nisbat, ikkinchi shaxs, birlik ma’nosini ifodalaydi: (bor), (kel), (o’qi), (yoz), (sev), (ayt), (ishon) kabi. Bunday so’zshakllar nol shaklli deyiladi. Yuqorida aytilganidek, nol shakl masalasi o’zbek tilshunosligida o’z echimini kutayotgan muammolardan. Grammatik shakli qo’shimcha tusida bo’lgan fe’l sintetik shaklli so’zshakl deyiladi: (o’qiyman), (bordim), (kelyapman), (yozayotirman), (shoshib), (kelgach), (kelgan) kabi. Bunda grammatik shakl fe’l o’zak-negiziga «yopishgan» holda bo’ladi. Fe’llar nomustaqil fe’l bilan shakllanganda, albatta, sintetik-analitik ko’rinishda bo’ladi. Masalan, (o’qib chiqdi), (ayta boshladi), (borgan ekan) kabi. Bunda ham «yopishgan», ham «ajralgan» grammatik shakl yaxlitlikni tashkil qilganligi uchun u sintetik-analitik shakl atamasi bilan yuritiladi. Takroriy shakllarni faqat takroriy deyish unchalik to’g’ri emas. Chunki bunda takrorlanayotgan fe’l avval sintetik shakl qiyofasiga kiradi, so’ngra takroriy shaklga aylanadi. Masalan, (aytdi-aytdi), (o’qidi-o’qidi), (bordi-bordi) kabi. Misol: aytib-aytib charchadi, chopib-chopib o’ynadi va h. Bunda takrorlanuvchi fe’l nisbat, o’zgalovchi, kesimlik shaklini olgan va undan keyin takrorlangan. Ayrim manbalarda fe’lning juft so’zshakl turi ham ajratilib, unga (aytdi-qo’ydi), (topshirdi-qo’ydi) tipidagi misol kiritiladi. Bunga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki juftlanayotgan fe’lning ikkalasi ham mustaqil bo’lsa va ularning juftlanishidan yangi grammatik ma’no uqilsagina, uni so’zshakllarning juftligi deyishga asos bo’lur edi. Bunda esa juftlikning ikkinchi qismi ko’makchi fe’l sifatida grammatik ma’no ifodalash uchungina xizmat qilmoqda. Download 69.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling