Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari


Download 151.21 Kb.
bet9/31
Sana09.06.2023
Hajmi151.21 Kb.
#1471575
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Sovchilik. O‘zbek mentalitetida oila sovchilikdan boshlanadi. Yigitning oilasi nomidan qizning - bo‘lajak kelinning uyiga kamida ikki yoki uch – to‘rt kishi uning qo‘lini so‘rab borishadi. Qizning uyi darvozasi yonida uy egalarini chaqirar ekanlar, odatda, shunday so‘zlardan foydalanadilar:
“Eshingizni supurgani keldik”, “Qulchilikka keldik”. “Sizning bog’ingizda bor gul bor ekan, bizning bog’da bir bulbul. Ha, shu ikki yoshning boshini bir qilgani keldik.” “Ikki yoshni qovushtirgani keldik”.
Bu iboralardan ko‘rinadiki, bo‘lajak kuyov taraf o‘zlarini kamtar tutadilar, qiz tarafga yuksak hurmat ko‘rsatadilar. Sovchilar xushmuomalalik bilan o‘z maqsadlarini ifodalab, kuyov va uning oila a’zolarini ta’riflaydilar. Qizning onasi ularni tinglab, odatda shunday deydi: “Qizimizning dadasi, akasi,qarindosh –urug’lar bilan bir maslahat qilaylik, qani,ular nima deyisharkin. Agar taqdir bo‘lsa, men nima ham derdim”. Shu bilan kuyov nomidan kelgan sovchilar o‘zlarining ilk vazifalarini bajargan bo‘ladilar. Oradan bir necha kun o‘tgach, sovchilar yana keladilar. O‘zbekistonning turli hududlardida bu safar kuyov xonadonidan qizning uyiga ikki yoki uchta gapga chechan va tajribali erkaklar ham tashrif buyuradilar. Qizning uyidagilar ularni hurmat – ehtirom bilan kutib oladilar va ziyofat berib mehmon qiladilar. Sovchilar kuyov va uning ota –onasini maqtab, qizning otasini to‘y qilishga rozi bo‘lishini iltimos qiladilar. Shu tariqa qizning ota- onasi qat’iy ravishda “ha” yoki “yo‘q” demagunlaricha sovchilar kelaveradilar. Agar qiz taraf to‘yga rozi bo‘lsa “ Falon kuni kelinglar, bir maslahat qilamiz” deyishaladi. Bu gap rozilik alomati hisoblanadi. O‘sha kun kelgach, sovchilar yana tashrif buyurib, “ Nima deysizlar, mana ixtiyor sizlarning qo‘lingizda. Har kuni shunday cho‘zilib yuravermaylik, axir biz ham ishli odamlar” deb javob kutadilar. Mezbonlar: “ Endi, nima ham derdik taqdir bo‘lsa. Ota rozi – Xudo rozi” deydi. Shundan so‘ng yigit va qiz fotiha qilinadi, ba’zi joylarda bu “unashtirish” deyiladi.

Download 151.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling