Reja: Kirish I bob. Lingvokulturologiya fanining nazariy asoslari


Throwing the bouquet (Gul uloqtirish)


Download 151.21 Kb.
bet19/31
Sana09.06.2023
Hajmi151.21 Kb.
#1471575
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
Magistrlik dissertatsiyasi Zarnigor

Throwing the bouquet (Gul uloqtirish). XVasrda Britaniyada to‘y so‘nggida bir g‘ayrioddiy odat o‘tkazilardi. To‘yga tashrif buyurgan mehmonlar kelinning libosi, gullari va hatto sochlaridan yulib olishga harakat qilardilar. Bu orqali kelinning baxti va omadi ularga ham yuqadi deb hisoblashgan.137 Keyinchalik bu an’ana madaniylashdi. Bunda kelin –kuyov asal oyiga jo‘nab ketish uchun to‘yxonani tark etar chog‘i kelin mehmonlarga orqa o‘girib qo‘lidagi guldastasini ularga qarata otadi, bu gulni chaqqonlik bilan ilib olgan mehmonga esa ( ular odatda hali turmushga chiqmagan qizlar yoki yolg‘iz ayollar bo‘lishadi) albatta baxt kulib boqadi deya ishonishadi. Lauren Goodman bugungi kunda kelin- kuyov to‘yning oxirigacha o‘tirib, bir yoki ikki kundan so‘ng asal oyiga ketishlarini , biroq gul uloqtirish an’anasi hamon saqlanib qolganini ta’kidlaydi.138 Eddie Zaratsian Lifestyle & Design kompaniyasi egasi hamda to‘y va tadbirlar sanoati bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega tadbirkor Zaratsianning fikricha, gul uloqtirish xushchaqchaq an’ana bo‘lib, to‘yda sodir bo‘ladigan so‘nggi odatlardandir’’.139 Bu an’anadan qolgan shunday ibora bor:
Whoever catches the bouquet will be the next to get married- which usually leaves the men sweating in a corner!140
O‘zbek tilida tarjimasi:
Kimki bu guldastani ilib olsa, burchakda terlab o‘tirgan erkaklarni tashlab turmushga chiqib ketadigan o‘sha bo‘ladi!
Ingliz xalq og‘zaki ijodida turmush qurishga oid naqllar:
1.Monday for health,
Tuesday for wealth,
Wednesday best of all,
Thursday for losses,
Friday for crosses,
Saturday for no luck at all,141
O‘zbek tilida tarjimasi:
Sog‘lik uchun dushanba,
Boylik uchun seshanba,
Eng yaxshisi – chorshanba,
Judolik-chun payshanba,
G‘azab uchun juma,
Omadsizlik uchun shanba.
2.Wednesday is the luckiest day to marry and Saturday is the unluckiest. 142
O‘zbek tilida tarjimasi: Turmush qurish uchun chorshanba- eng omadli kun, eng omadsiz kun esa - shanba.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ingliz xalqida nikoh to‘yini qilishda hafta kunlarining ahamiyati katta. Ularni taqdir bilan bog‘lab, hayotlaridagi eng muhim kunni ma’lum vaqtga ko‘ra o‘tkazish odatga aylangan. Shuningdek, to‘yni mavsumga qarab ham o‘tkazish an’ana sanaladi. Hosilni yig‘ish pallasi va Rojdestvo bayrami o‘rtasida qilinga to‘ylar yaxshi va farovon hayotga ishora bo‘ladi. Chunonchi, xalq orasida hanuzgacha saqlangan quyidagi ibora fikrimzni tasdiqlaydi:
Marry in September’s shine,
Your living will be rich and fine.143
O‘zbek tilida tarjimasi:
Sentabr shu’lasida turmush qur,
Hayoting to‘kin-u yaxshi bo‘lur.



Download 151.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling