Reja: kirish I bob. O’quvchilarda
Download 81.59 Kb.
|
O’quvchilarning xavotirlanish darajasi va o’zlashtirmasligi o’rtasidagi aloqadorlikni tadqiq qilish
1. Emotsional blok. Ushbu sohadagi ishning maqsadi shaxsni o‘z kechinmalarini baholashlarsiz qabul qilishga, o‘z hissiyot va emotsional reaksiyalarini boshqara olishga o‘rgatish hamda ishtirokchilarning emotsional etukligini o‘stirishdan iborat. Emotsional blok o‘z ichiga quyidagi vazifalarni qamrab oladi: -emotsiyalar bilan tanishish; -emotsiyalarning namoyon bo‘lishini anglash; -emotsiyalarni ijtimoiy me’yorlarga mos keluvchi shaklda aks ettirish yo‘lini ko‘rsatish. Emotsional sohada olib borilgan ishlarning o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat: 49 1) ish jarayoni ishtirokchilardan ochiq-oydinlikni talab qiladi, chunki emotsiyalar insonning eng muhim va asosiy kechinmalari bilan bog‘liqdir. SHuning uchun qatnashchilarning o‘zlarini erkin his qilishlari va ochiq munosabatga kirisha olishlari uchun qulay muhit yaratishga harakat qilinishi zarur; 2) mashg‘ulot boshqaruvchi-psixologdan ishonch va xavfsizlik hissini hosil qilish va shu holatni saqlab turish uchun maxsus kuch, urinish talab etadi. SHu tufayli guruhiy treningning bir bosqichi sifatida tez-tez agressiya va zo‘riqishni susaytirish uchun qo‘shimcha mashqlar o‘tkazib turiladi; 3) ishtirokchilarning o‘z muammolarini abstraktlashtirishlari va ma’lum psixologik himoya qobig‘ini his qilishlari uchun o‘rgatuvchi treningli, o‘yinli va informatsion shakllardagi ko‘rsatma va usullardan foydalanildi. Vazifalardan kelib chiqib, ushbu blokni uch qismga bo‘lish mumkin: 1) emotsiyalar bilan tanishish. Bu bosqichda emotsiyalar lug‘ati kengaytirilib, emotsiya va vaziyatning muvofiqligi, turli hissiyot va emotsiyalarni baholamasdan qabul qilish mashqlari amalga oshirildi; 2) emotsiyani aniqlash. Bu bosqichni amalga oshirishdan maqsad o‘zi va o‘zgalarning emotsional holatini his qila olish va tushunish malakalarini shakllantirishdan iborat; 3) emotsiyalarni aks ettirish usullari. Ushbu bo‘limda alohida emotsiyalar bilan ishlashga urg‘u berilib, uni ma’qul suratda etkazish usuli izlandi. SHuningdek, shaxs diqqati emotsional holatlar differensiatsiyasiga qaratildi. Masalan, g‘azab engil norozilik sifatida ham, kuchli jahl ko‘rinishida ham aks etishi mumkin. Download 81.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling