Reja: Kirish I bob. O‘rta umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish metodikasi


II.2.BESHINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING


Download 64.32 Kb.
bet11/14
Sana02.05.2023
Hajmi64.32 Kb.
#1421972
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-SINFDA MUSIQA KURS ISHI

II.2.BESHINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING
MAZMUNI VA METODIKASI
Beshinchi sinfda o‘rta ta'lim etapi boshlanadi. 5 - sinf o‘quvchilari psixologik – fiziologik jihatdan ancha o'zgargan bo‘ladilar. Vokal -xor ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi. Sof unisonda kuylashga, ikki ovozli mashqlami kuylashga, ansamblda kuylash malakalariga ega bo‘ladi.
Qo‘shiq haqida, tinglangan asar haqida mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ham ega bo‘ladilar.
Ovoz diapazoni (Dot - Fa,) ma’lum miqdorda rivojlangan boiadi, ular hayotiy tajribaga boy bo‘ladilar. Fanlarga qiziquvchan va o‘zlarining sevgan mashg‘ulotlariga astoyidii mehr bilan qaraydilar. Bolalarning diqqat - e’tibor ancha turg‘unlashgan bo‘ladi. Hajm jixatdan kattaroq musiqani tinglashga va kuylashga qodir bo‘ladi. Musiqa darsida ko‘rgazmaiilik asosiy o‘rinni egallaydi. O ‘qituvchi o‘zi qo‘shiqni ifodali qilib kuylab berish va o‘quvchilarga qo‘shiqni quyidagi
metodlarga asosan o‘rgaiishi lozim:
1. Sof unisonga erishishi
2. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to’la idrok etishi.
3. Notaga qarab kuylash qobiliyatiga ega bo‘ lishi kerak.
Musiqa savodidan asar tahlili, notalarni joylanishi o‘lchovlar, ansambl, xor, orkestr haqidagi bilimlarga ega bo'lishi inaqsadga muvofiqdir, musiqa darslarida iloji boricha, o‘qituvchi ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalardan ko‘proq foydalanishi kerak. O ‘quvchilar musiqa fanini boshqa fanlar bilan borliq ekanligini ongli ravishda anglashi kerak. Beshinchi sinf o‘quvchilarini qiziqishi, qobiliyatiga qarab to‘garaklarga jalb etilishi lozim. Beshinchi sinfda bir
ovozda qo‘shiq kuylash ustida ish otib borish davridayoq o ‘quvchilami ikki ovozda kuylashga asta - sekin tayyorlab borish lozim. O ‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nihoyatda oddiy mashqlardan, qo'shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qulay bo‘lgan ladlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham, asosan solfedjio qilish yo’li bilan o‘rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda notalarni nomlari va balandligi holatini
ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko'rsatib notalar nomini va tovushining balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab so‘ng, kuylash zarur. Bunday savollar o‘quvchilarni garmonik o'quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o'zlashtirisn tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Ikki ovozlik qo‘shiqlarni
avvalo (aks sado) shaklidan boshlab kuylash kerak so‘ng kichik kanonlardan boshlab kattaroq hajmdagi jo ‘rsiz (akapella) asarlarga o‘tish, o‘quvchilami bir - birini diqqat bilan eshitib,kuylash qobiliyatlarini o‘stiradi. Ikki ovozli qo‘shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor,kichik xajmdagi asarlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Beshinchi sinf o ‘quvchilarini qiz bolalar o‘g‘il bolalar ovozlar o‘rtasida deyarli farq bo‘lmaydi. Har qaysi ovozning ohangi aniq
ravshan, mustaqil bo‘lishi kerak. Pastgi ovoz shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo‘lishi ayniqsa muqimdir. Ovoz partivalarining diapazoni seksta, septima, oktavalar hajmidan oshmaydigan qo‘shiqlar aytishga ayniqsa qulaydir.
Qo’shiqiar o‘rtacha tempda yozilgan bo‘lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki ovozli qo‘shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatdan shakli yengil va oson bo‘lishi kerak. O'zbek xalq qo'shiqlarini o‘qituvchi ikki ovozlik qilib, qayta ishlab o‘rgatishi o‘quvchilami talaffuzi intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho'zib, ikkinchi ovoz harakatlashishi ham, bolalarni eshitish qobiliyatlarini o’stiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni parallel bir
tomonga yo‘nalishi, ovozlarni qarama - qarshi yo‘nalishi va har xil murakkabroq holatida ham kuylash mumkin bo'ladi. Musiqa darsi jarayonida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo‘lish shart emas, balki taxminiy bo‘lishi ham mumkin. Chunki ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o‘quvi ko‘proq o'sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal
almashtirib kuylatish lozim. Buning uchun albatta dastlab, sof unisonga erishiladi. So‘ngra, ikki ovozli asarlarga o‘tiladi. Beshinchi sinf bolalarining ovozlari yangroq ovoz apparatlari shakllangan qo‘shiq kuylash, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lganligi sababli ikki ovozli qo‘shiqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Beshinchi sinfda quyidagi qo‘shiqlar o‘rgatiladi: «O’zbekiston Davlat madhiyasi», A.Oripov sh’eri, M.Burxonov musiqasi. «Bolalarning ko‘zlari», Qambar Ota she‘ri, M.Otajonov musiqasi. «Parvozdagi qushchalar», M.Mirzayev she‘ri, R.Abdullayev musiqasi. «Sumalak», T.Bahramov she‘ri, Sh.Yormatov musiqasi.
Beshinchi sinfda quyidagi asarlar tinglaniladi; «Boychechak», Sh. Yormatov xor uchun qayta ishlangan. «Terimchilar qo‘shig‘i», vokai simfonik syuita G’.G ‘ulom she‘ri, S.Yudakov musiqasi. «Maysaraning ishi» operasidan parcha, S.Yudakov musiqasi. «Figoroning to‘yi»,V.A.Motsart musiqasi. «Otmagay tong», «Tohir va Zuxra» musiqali drammasidan parcha,T.Jalilov musiqasi.
Beshinchi sinfda musiqa darslarini yil mavzusi:

Download 64.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling