Reja: Kirish I bob. Ta'Lim menejmentini o'qitishda texnologiyalardan foydalanish


Ta'lim menejmentini o'qitishda matn tuzish texnologiyasidan foydalanish


Download 21.89 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi21.89 Kb.
#1598634
1   2   3
Bog'liq
tmom1

1.2. Ta'lim menejmentini o'qitishda matn tuzish texnologiyasidan foydalanish.
Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi.
„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
Tilshunoslikda „matn“ atamasi keng doirada, jumladan, og‘zaki nutq namunalarida ham qo‘llaniladi. Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o‘rganiladi. I. R. Galperin matn xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tar ekan, unga quyidagicha taʼrif beradi: „Matn bu yozma hujjat shaklida ob’ektivlashtirilgan, turli xil leksik, grammatik va mantiqiy bog‘lanishlar bilan birlashtirilgan bir qator bayonotlardan tashkil topgan, axloqiy xarakter, pragmatik munosabat va shunga mos ravishda adabiy qayta ishlangan maʼlum bir xususiyatga ega bo‘lgan yozma xabardir“.
Matn, o‘ziga xos tarzda, bir nechta jumlalardan tarkib topadi. Keng yoritilgan, murakkab hajmga ega bo‘lgan bir jumladan iborat yozuvni matn deb atash mumkin emas. Chunki matn bir nechta mustaqil gapga ajralishi mumkin, bunda gap bo‘laklari matnga emas, balki murakkab gapning sintaksis qonunlariga ko‘ra birikadi.
Asosiy qoida ­ matn ikki yoki undan ortiq jumladan iborat bo‘ladi.
Matnning semantik yaxlitligi mavjud voqelikdagi bog‘lanish va bog‘liqliklar (ijtimoiy hodisalar, tabiat hodisalari, inson, uning tashqi ko‘rinishi va ichki dunyosi, jonsiz tabiat ob’ektlari va boshqalar)ni aks ettiradi.
Nutq predmetining birligi gapning mavzusidir. Mavzu esa matnning semantik o‘zagi, uning ixchamlashtirilgan va umumlashtirilgan mazmunidir.
„Matn mazmuni“ tushunchasi nutqning axborot mazmuni kategoriyasi bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, faqat matnga xosdir. U o‘quvchiga hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni, ularning barcha sohalardagi ahamiyatini muallifning individual munosabati orqali xabardor qiladi, unga semantik yaxlitlik beradi.
Katta matnda yetakchi mavzu bir qator kichik tarkibiy mavzularga, kichik mavzular esa o‘z navbatida paragraflar (mikro-mavzular)ga bo‘linadi.
Matnda bayon qilinayotgan fikrning to‘liqligi matnning semantik yaxlitligi bilan bog‘liq bo‘lib, to‘liq tugallangan, yaxlit tugal mazmunga ega matn mazmunni to‘liq aks ettiruvchi sarlavhani tanlash orqali amalga oshiriladi.
Shu tariqa matnning semantik yaxlitligidan uning quyidagi xususiyatlari kelib chiqadi:
Matn — bu maʼlum bir mavzudagi bayonot;
Matn so‘zlovchining niyatini, asosiy g‘oyasini ifodalab beradi;
Har qanday hajmdagi matn nisbatan avtonom (to‘liq) bayonotdir;
Matnda gaplar mantiqiy jihatdan bog‘langan bo‘ladi;
Matn uchun uning mazmuniga mos sarlavha tanlash mumkin;
To‘liq matn odatda boshlanish va yakunga ega bo‘ladi.
Mantiqiy boʻlgan minimal matn yozuv deb ataladi. Bundan tashqari, bunday matnni eslatma deb atash mumkin.
Funktsional uslublar
Tahrirlash
ilmiy uslub
So‘zlashuv uslubi
Badiiy uslub
Ommabop (publitsistik) uslub
Rasmiy-idoraviy uslub
Turi
Tahrirlash
Hikoya
Tasviriy
Tavsifiy matnlarga bo‘linadi.
Uzluksiz ta'lim tizimida taʼlim jarayonini axborotlashtirish, masofaviy taʼlimping audiovizual vositalarini yaragish va uni pedagogik jarayonda qoʼllash sohasida Yu.N.Аbdullaev, А.Аbduqodirov, M.N.Аlekseev, А.Аhmedov, P. Bidaybekop, S.S.Gʼulomov, L.X.Zaynutdinova, S.V.Panyukova, А.Satgorov, U.K.Tolipon, U.Yu.Yuldashev va boshqalar samarali tadqiqotlar olib borishgan. Til va adabiyot taʼlimida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasini yaratishda oʼzbek metodist olimlaridan M.Ch.Аliev, I.R.Аhmedov R.X.Niyozmetova, M.Yu.Toʼxtamirzaev, J.Hasanov, F.O.Egamberdieva, T.Oʼrinov, N. Mirzaev va boshqalarning ilmiy izlanishlari muhim ahamiyat kasb etdi. Taʼlim —tarbiya jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ustida ilmiy izlanishlar olib borgan А.N.Muxammatov kompьyuterdan foydalangan holda musiqa darslarini modellashtirish asosida bir qancha elektron dasturlar yaratib, musiqa darslarida elektron oʼquv vositalaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslarini ishlab chiqdi.
S.Аdilovaning ilmiy tadqiqot ishi esa oʼzbek tili darslarini kompyuter texnalogiyasi asosida tashkil qilish masalalariga bagʼishlangan. U oʼzbek tili mashgʼulotlari samaradorligini kompьyuter vositasida oshirishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi. Shuningdek, N.Mirzaev, T.Oʼrinov kabi megodist olimlar oʼzbek tilidan dasturlashtirilgan topshiriqlar tizimi ustida ishlashdi va oʼquvchilar bilimini test asosida nazorat qiluvchi maxsus qurilmalardan foydalanish metodikasini yaratib berishdi. Bu sohada Sh.Yusuiovaning ona tili taʼlimida kompьyuterdan foydalanish, F.O.Egamberdieva R.X.Niyozmetovalarning adabiy taʼlimda axborot texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan ilmiy izlanishlari muhim, rivojlantiruvchi ahamiyata ega boʼldi.
Taʼlimning rivojlanuvchi va takomillashib boruvchi texnologiyasi boshqa fanlar qatori ona tili taʼlimida ham keng miqyosdagi umumpedagogik vazifani bajaradi. Oʼquvchi nutqiy mahoratining yuksalib borishi— ona tili taʼlimi mazmuni, oʼquv jarayoni va uning toʼgʼri shakllantirilipshga bogʼliqligi isbot talab qilmaydigan haqiqat boʼlsa, nutq tilning ifoda vositalaridan foydalangan holda voqelikka aylangan fikrdir .U nutq aʼzolarining ongli harakati jarayonida paydo boʼladi. Ruhiy hodisa boʼlgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga oʼtgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutqning vazifasi-ong, xotira va tafakkurning uygʼunlikdagi faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli, adabiy meʼyoriy shaklga kiritish, uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga yetkazishdan iborat.
Shu bilan bir qatorda ona tili oʼqitish metodikasi lingvodidaktik asoslarga ham egaki, bunda til birliklarini nafaqat grammatik xususiyatlariga balki lugʼaviy maʼnolariga ham asoslangan holda oʼrganish, umumiy va xususiy hodisalarni farqlash, soʼz boyligini oshirish, ogʼzaki nutq, mustaqil matn yaragish koʼnikmalarini shakllantirish, uning rang —barangligi va uslubiy ravonligiga erishish koʼzda tutiladi.
Hozirgi oʼzbek adabiy tili tarkibiga oʼzbek tilshunosligining keyingi yutuqlaridan hisoblangan uyadosh soʼzlar guruhi tushunchasini kiritishni nihoyasiga yechkazish, uni til oʼqitish metodikasida oʼquvchi soʼz boyligini oshirish va boyshish maqsadlarida qoʼllash — gilning lugʼaviy vositalaridan foydalanish uchun oʼquvchiga qulay sharoitlar yaratadi, mustaqil fikr ifodalash imkomiyatlarini kengaytiradi, shu paytgacha anʼanaviy ona tili darsliklarida berilmagan, uyadosh soʼzlar ustida ishlash amaliyoti oʼquvchining lugʼat zaxirasini kengaytirish va matn mazmunini mukammal shakllantirish BKMlarini egallashga xizmat qiladi.
Uyadosh soʼzlar ustida ishlash —ona tili oʼqitish metodikasi (didaktikasi) uchun yangi, oʼquvchining mustaqil matn yaratish faoliyati uchun maxsuldor texnologiya (keng qamrovli ijodiy tafakkur, boy lugʼaviy va sintaktik manba, nugqiy rang — baranglik, atamalar roʼyxatining belgi, miqdor, harakat va holat tushunchasiga koʼra kengayishi) hisoblanadi.
Berilgan mavzuga oid uyadosh soʼzlar topish, yaratilajak matnning asosiy lug'aviy manbasini taʼminlash bilan bir qatorda oʼquvchiga matn mazmuni, uning tarkibiy qismlari, xatboshilarni toʼgʼri shakllantirish koʼnikmalarini egallash, milliy lugʼat xazinasiga toʼrt tarafdan erkin kirib borish va maqsadli harakatlanish (yaʼni, ijodiy fikr ifodalash uchun eng maqbul soʼzni tanlash) imkoniyatini beradi va u, oʼquvchi uchun boʼlgʼusi matn asosini yaratishning ishonchli vositasidir.
Umumiy oʼrta taʼlim maktablari yuqori siif oʼquvchilari, kasb —hunar kollejlari oʼquvchilarining lugʼat xazinasini uyadosh soʼzlar bilan boyigish, berilgan umumiy maʼnoli soʼzning xususiylarini topish, yoki, aksincha, soʼzlarni muayyan uya (mas., daraxt, davlat, shaxs) asosida gu'ruhlash, berilgan matndan uyadosh soʼzlarni ajratish, ular ishtirokida soʼz birikmalari(SB) hosil hilish, uyadosh soʼzlar va SBlar ishtirokida gap tuzitsh, maʼlum bir mavzuda matn yaratish kabi ijodiy — amaliy topshirihlarni muntazam ravishda bajarib borish oʼquvchilarni matn yaratishga, tafakkur operatsiyalarining sintetik jihatini faollashtirishga oʼrgatishda muhim, rivojlanshruvchi omil boʼlib xizmat qiladi.
Matnshunoslikda matn tuzishning bir necha shakllari qabul qilingan:
1. Ilmiy-tanqidiy matn.
2. Yig’ma-qiyosiy matn.
3. Ilmiy-ommaviy matn.
Odatda qo’lyozma asarlarning matni quyidagi shakllarda bo’ladi: 1.Devon. 2. Bayoz. 3. Kashkul. 4. Tarixiy asar. 5. Ilmiy asar. 6. Masnaviy-doston.7. Kulliyot.
Ilmiy-tanqidiy matn badiiy asarning nusxalari ko’p bolganda amalga oashiriladi. Bu matn tarixini o’rganish asnosida muallif matniga yaqin variantini tuzishdir. Manbashunos-matnchiga qo’yiladigan talablar: 1) asarning fanga ma’lum barcha nusxalarini ko’rib chiqishi kerak; 2) nusxalarni saralashi kerak; 3) muallif nusxasi bo’lmasa, asarning qadimiy, nuqsonlardan xoli, ishonchli nusxasi tayanch matn sifatida olinib, boshqa nusxalardan yordamchi nusxa sifatida foydalaniladi. Masalan, adabiyotshunos R. Zohidov So’fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asari ilmiy – tanqidiy matnini tuzishda 150 dan ortiq nusxaning umumiy va farqli jihatlarini matnshunoslik nuqtayi nazaridan izchil tekshirgan va 25 (15 qo’lyozma, 10 toshbosma) nusxani qiyosiy tahlil obyekti sifatida olgan. Nuqsonlardan xoli nusxa har doim ham tayanch manba bo’la olmaydi. U tajribali xattotning mahorati tufayli a’lo darajadagi nusxa holiga keltirilgan bo’lishi mumkin. Qadimiy nusxa ham muallif variantini aks ettirmasligi mumkin. Ba’zan ancha keyin yaratilgani asl, muallif variantidan ko’chirilgan nusxa bo’lib chiqishi mumkin.
Matnshunos ishga jalb qilingan nusxalarni qiyosiy o’rganib, tayanch nusxaga solishtirgan holda barcha matniy o’zgarishlarni ilmiy apparatda qayd etib boradi. Tuzilgan ilmiy – tanqidiy matn shakli yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilinishi bunday shakldagi matn tuzishning asosiy prinsiplaridandir.

U asosan o‘z ichiga quyidagilarni oladi.


• ta’limda umumiy maqsadning qo‘yilishi;
• tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o‘tish;
• pedagoglarning bilim darajalarini dastlabki baholash;
• bajariladigan o‘quv ishlarni majmuasi;
• natijani baholash.
Bugungi milliy pedagogikaga «interfaol metodlar» nomi bilan kirib kelayotgan metodlar talaba-o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni talabaga etkazish, unda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil qilish, shu bilan birga ularni nazorat qilish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlikni talab qiladi. Bugungi kunda qator rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan “Aqliy hujum”, “6x6x6”, “Klaster”, “Qarorlar shajarasi” singari metodlarning ayrimlaridan ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdagi badiiy asar tahlilida ham foydalanish mumkin. Aslini olganda, bu metodlarning ta’limdagi mantiqiy metodlardan farqi uncha katta emas. Masalan: O‘qitishning to‘rt pog‘onali usuli bu usul AQSh da paydo bo‘lib sanoat korxonalarida konveerli ishlab chiqarish ko‘paygan sari shunday o‘rgatish usullari zarur bo‘lib qoldiki, ishchilar bir xilda qaytariladigan qo‘l ko‘nikmalarini iloji boricha tez va mukammal ravishda o‘rganib olishlari kerak edi.
Bu usulda amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni to‘rt pog‘ona doirasida kechadi. Bu pog‘onalarning nomi: “Tushuntirish”, “Nima qilish kerakligini ko‘rsatib berish”, “Ko‘rsatilgan tarzda qaytarish”, “Mashq qilish”. Ya’ni amaliyot o‘qituvchisi talabalarga avval kichikroq bir ish bosqichini tushuntirib beradi, keyin nima qilish kerakligini qilib ko‘rsatadi. So‘ng talaba shu ish bosqichini ko‘rsatilgan tarzda qaytarishi (imitatsiya qilishi) kerak.

Download 21.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling